Buxoro davlat universiteti Agranomiya va biotexnologiya



Yüklə 39,46 Kb.
səhifə6/7
tarix18.03.2022
ölçüsü39,46 Kb.
#84558
1   2   3   4   5   6   7
FARHOD BFF 3

SUDAN O’TI

 O’ZBEKISTONDA SUDAN O’TI  ASOSAN SUG’ORILADIGAN YERLARDA YEM-XASHAK EKINI SIFATIDA EKILADI. YEM-XASHAK YETISHTIRISHDA BIR YILLIK O’TSIMON O’SIMLIK SUDAN O’TINING AHAMIYATI KATTA. U QURG’OQCHILIKKA CHIDAMLIGI, BIR NECHA O’RIB OLISH MUMKINLIGI, XUSHXO’RLIGI BILAN AJRALIB TURADI.



U yashil massa, pichan, senaj, urug’i uchun o’stiriladi. Sug’oriladigan yerlarda yashil massa hosili 600-800 s/ga, urug’ hosili 25 s/ga yetadi. 100 kg pichanida 52-56 o.b. va 4-5 kg hazmlanadigan protein saqlanadi. Qoramollar va qo’ylar sudan o’ti yashil massasi va pichanini xush ko’rib yeyishadi. Bir yillik yem-xashak o’simliklari orasida mollarni o’tlatib boqilishiga chidamli.

Vatani – Afrika, Sudan. Dastlab AQSH ning cho’l mintaqalarida ekilgan. O’zbekistonda 1920 yildan boshlab ekilgan. U Afrika, Hindiston, Amerika, Avstraliyaning tropik va subtropik mintaqalarida keng tarqalgan.

Botanik tavsifi. Sudan o’ti qo’ng’irboshlar (Roaseae) oilasiga, sorgum (Sorgum L. ) avlodiga kiradi. Sudan o’ti – Sorgum sudanense.

Ildiz tizimi yaxshi rivojlangan, popuk, 1,5-2 m chuqurlikka va 75 sm atrofga tarqalgan. Poyaning tuproq yuzasiga yaqin bo’g’inlaridan havo ildizlari hosil bo’ladi.

Poyasi  silindrsimon, silliq, ichi uzak (parenxima) bilan to’la, och-yashil mum qatlami bilan qoplangan. Bo’yi 150-350 sm, poyasining diametri 5-8 mm va undan ortiq. Bo’g’in oraliqlari 5-15 va undan ham ko’proq bo’lishi mumkin. Tuplanish tuguni tuproq yuzasiga yaqin joylashgan. Beshinchi bargning hosil bo’lishi bilan tuplanish boshlanadi. Bitta o’simlikda 3-25 poya hosil bo’lishi mumkin. Sudan o’ti o’rib olingandan keyin qaytadan tez o’sib boshlaydi. Serbarg, barglar massasi umumiy hosilning 1/3-1/2 qismini tashkil qiladi. Barglari oddiy, silliq, yalong’och, liniyali-lansetsimon. Barg yaprog’ining uzunligi 40-60, eni 4-4,5 sm. Bu ko’rsatkichlar o’zgaruvchan. Rangi yashil, havo rang - yashil, antosianli. O’rtacha bitta o’simlikda 7-8 barglar bo’ladi.

To’pguli - ro’vak, to’g’ri, tarqoq, ovalsimon. Ro’vak uzunligi 25-40 sm va undan ko’proq. Boshoqcha qipiqlari antosian pigmenti borligi tufayli qizg’ish. Boshoqchalar ro’vak oxirida joylashgan. Uchta boshoqchadan bittasi don hosil qiladi.

Mevasi - don, boshoqcha qipiqlari bilan zich o’ralgan. Jo’xoridan farqli ravishda doni gul qipig’idan tashqariga chiqib turmaydi. Har bir ro’vakdan 4-5 g urug’ olinadi, 1000 urug’ vazni 10-15 g va undan ham ko’proq.

Biologik xususiyatlari. Haroratga talabi. Urug’larning ko’karishi uchun optimal harorat 25-30 0S, minimal 8-10 0S, maksimal 35-42 0S. Juda issiqsevar o’simlik. Urug’lar 8-10 0S haroratda sekin una boshlaydi. Harorat 40 0S oshganda urug’larni unishi sekinlashadi, 50 0S oshsa nobud bo’ladi. O’simlikning pishib yetilishi uchun faol harorat yig’indisi 1500-3000 0S. Odatda 3-4 0S sovuq o’simlikning to’la nobud bo’lishiga olib keladi. Sutkalik harorat 10 0S oshganda o’simlik jadal o’sadi.

Namlikka talabi – sudan o’ti qurg’oqchilikka bardoshli. Kuchli ildiz tizimi tuproqning chuqur qatlamlaridagi namlikdan ham foydalanadi. Sudan o’ti sug’orishlarga juda ta’sirchan. Urug’larni ko’karishi uchun tuproqdagi namlik CHDNS ning 50-80 % teng bo’lishi kerak. Namlik ortiqcha bo’lsa o’simlik yaxshi rivojlanmaydi.

YOrug’likka talabi – sudan o’ti O’zbekiston sharoitida bo’z, bo’z-o’tloq, o’tloq, kashtan tuproqlarda yaxshi o’sadi. Tuproq mexanik tarkibi o’rtacha qumoq bo’lishi ma’qul. Sudan o’ti tuproq kislotaligi sal yuqori yoki sho’r bo’lishiga chidaydi.

U 1 t quruq modda shakllantirish uchun 22-30 kg azot, 7-10 kg fosfor, 17-20 kg kaliy o’zlashtiradi.

Rivojlanish fazalari. Urug’lari bitta murtak ildizi hosil qilib ko’karadi. Tuproqda optimal harorat va namlik bo’lganda, ekilgandan 4-5 kun o’tgach unib chiqadi. Tez tomir otadi.

Vegetasiya davrining boshlarida (5-6 hafta) sudan o’ti sekin rivojlanadi. Ba’zan birinchi beshta bargning hosil bo’lishi uchun 35-40 kun kerak bo’ladi. Tuplanish fazasida o’simlik 182 sm yetadi. Beshinchi bargning hosil bo’lishi bilan poyaning yuqorigi bo’g’inidan tuplanish boshlanadi. O’simlikning tuplanishiga tuproq unumdoligi, oziqlanish maydoni, yorug’lik, issiqlik rejimi, optimal namlik ta’sir qiladi. Bitta o’simlikda naychalash fazasida poyalar soni 7,5, ro’vaklashda 8,4, gullashda 9,1, pishishda 10 yetadi.

O’rishdan keyin o’sish tuplanish tugunining kurtaklaridan yangi poyalarni hosil bo’lishi, poyani birinchi bo’g’inidagi barg qo’ltiqlaridan poyani hosil bo’lishi va o’rish paytida o’sish nuqtasi kesilmagan poyalar hisobidan sodir bo’ladi.

Maysalashdan 6 hafta o’tgach ro’vaklash boshlanadi va 2-3 hafta davom etadi.

Gullash ro’vak hosil bo’lgandan keyin 3-4 kun o’tgach boshlanadi va 7-9 kun har bir ro’vakda davom etadi. Gullar ertalab ochiladi va 3-4 soat ochilib turadi.

Sudan o’ti anemofil o’simlik, ammo o’zidan changlanish ham kuzatiladi. Urug’larni pishib yetilishi ham chuziladi.

Vegetasiya davri o’rtacha 100-120 kun.

Tuproqni ishlash, o’g’itlash. Sudan o’ti uchun tuproq bahori don ekinlariniki singari tayyorlanadi. yerni kuzgi shudgor qilishdan oldin organik va ma’danli o’g’itlar solinadi. CHirigan go’ngni qo’llash (18 –20 t/ga) pichan hosilini 23 –26% oshiradi.

Sudan o’ti o’g’itlarga ayniqsa azotli o’g’itlarga juda ta’sirchan. Ma’danli o’g’itlarni o’rtacha yillik me’yori quyidagicha: azot –150 –200 kg, kaliy 20 –40 kg, fosfor 50 –100 kg/ga. Fosforli, kaliyli o’g’itlarning yillik me’yori haydash oldidan, azotli o’g’itlarning 100 –120 kg ekishdan oldin, 50 –70 kg birinchi o’rimdan keyin beriladi. SHo’r tuproqli yerlarda, sho’r yuvilgandan keyin fosforli, kaliyli va organik o’g’itlar solinadi.

Ekish muddati. Sudan o’ti morfologik belgi va xususiyatlariga, mahsuldorligiga, rivojlanishiga ekish muddatlari sezilarli ta’sir ko’rsatadi. O’simlikning bo’yi va barglar soni erta ekilishdan kech ekilishiga tomon 50 –100 sm kamayishi mumkin. Urug’larni ekish unib chiqish davri 5 –19 kunga, unib chiqish, tuplanish davri 14 –20 kunga, ro’vaklashi 29 –31 kunga, gullashi 4 –15 kunga o’zgarishi mumkin. Haroratni ko’tarilishi bilan fazalarni o’tishi tezlashadi. Kech ekilganda ham rivojlanish fazalarini o’tishi tezlashadi.

Erta ekilganda tuproqning 10 sm chuqurlikdagi harorat 10 –12 0S qiziganda ekishga kirishiladi.

Ekish me’yori. Hosil miqdori va sifati ekish me’yoriga bog’liq holda o’zgaradi. ToshDAUda o’tkazilgan tajribalarda sudan o’ti 1 o’simligini optimal oziqlanish maydoni 64 sm2, tup qalinligi 1,49 mln/ga bo’lganda eng yuqori hosili olingan.

Ekish me’yori 2,5 mln urug’/ga yoki 25 kg/ga urug’. Bunday oziqlanish maydoni o’simlik bo’yini 170 sm, barglar miqdorini 26%, pichan hosilini 315 s/ga, yashil massa hosilini 2000 s/ga, oziqa birligi chiqishini 170 s/ga, oqsilni 1300 kg/ga bo’lishini ta’minlagan. ekish me’yori 30 kg/ga oshirilganda hosildorlik oshmagan.

Nam yetishmaydigan sharoitda sudan o’tini gektariga 8 –14 kg/ga ekish yaxshi natija beradi. ekish me’yori oshirilganda tegishli sug’orish va oziqlanish rejimi yaratilishi lozim.


Yüklə 39,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə