Buxoro davlat universiteti Agranomiya va biotexnologiya



Yüklə 39,46 Kb.
səhifə7/7
tarix18.03.2022
ölçüsü39,46 Kb.
#84558
1   2   3   4   5   6   7
FARHOD BFF 3

Mog’or (Vengriya qo’nog’i) - sudan o’tiga nisbatan qurg’oqchilikka, issiqlikka, tuproqqa talabchanligi kam, ammo tezpisharligi, yaxshi hosil berishi uni O’zbekiston sharoitida yashil massasi va urug’i uchun yetishtirishga imkon beradi. U asosan sug’oriladigan yerlarda yetishtiriladi.

Mog’or pichanida 7,8 %, oqsil 26,8 %, kletchatka 51,3 %, azotsiz ekstraktli moddalar, 6,7 % kul elementlari saqlaydi. Doni parrandalar uchun juda to’yimli oziqa. Uning donida 14-15 % protein, 4-5 % yog’ saqlanadi.

Botanik tavsifi. Mog’or (Setaria italisa mocharium ssp. Alef.) bo’yi 100-160 sm, bir yillik o’tsimon o’simlik. Ildiz tizimi - popuk. Ildizlarining asosiy massasi tuproqning haydalma qatlamida joylashgan.

Poyasi tuqli, silindrsimon, bo’g’in oraliqlarining soni 4-18 bo’ladi. Kechpishar navlarida poyasidagi bo’g’in oraliqlarining soni ko’p, aksincha tezapishar navlarda kam bo’ladi. YAxshi tuplanadi. Tuproqda oziqa moddalar suv bo’lishi hamda tup qalinligiga bog’liq holda bitta o’simlikda poyalar soni 2-10. Barglarning uzunligi 20-50 sm. Ro’vaklarining uzunligi 6-25 sm. Ro’vagi silindrsimon shaklda. Ro’vaklash fazasida barglar umumiy hosilning 45-55 % tashkil qiladi. Ro’vakda boshoqchalar bir gulli. Mevasi don, gul qipiqlari bilan o’ralgan, 1000 urug’ vazni 1,5-3,4 g.

Biologik xususiyatlari. Urug’lari 10 0S haroratda ko’karib boshlaydi. Urug’larni ko’karishi uchun muqobil harorat 20 0S. O’zbekiston sharoitida mog’or maysalari havo qurg’oqchiligidan kuchli zararlanadi. yer muzlasa maysalar nobud bo’ladi.

Bu o’simlik qurg’oqchilikka chidamli. Tuproqda namlik yetishmasa bo’g’in ildizlari hosil qilmaydi va o’simlik anabioz holatiga o’tganday bo’ladi. Sug’orilishi yoki yomg’ir yog’ishi bilan o’simlikda o’sish davom etadi. O’simlikning me’yorida o’sib rivojlanishi uchun tuproqdagi namlik CHDNS 60-70 % kam bo’lmasligi talab qilinadi. Transpiratsiya koyeffitsiyenti 250-300.

Tuproqqa talabchanligi kam. Qumli, qumoq, og’ir tuproqlarda ham o’saveradi. Dastlabki rivojlanish fazalarida sekin rivojlanganligi sababli u begona o’tlardan zararlanishi mumkin. Mog’or ham unumdor, organik moddalarga boy, begona o’tlardan toza tuproqlarda yaxshi o’sadi.

U oziqa elementlariga talabchan, ayniqsa azotli o’g’itlarga. O’rtacha 1 t pichan hosilini shakllantirishi uchun tuproqdan 17-20 kg azot, 5-6 kg fosfor. 15-20 kg kaliy o’zlashtiradi.

Unib chiqish fazasidan keyin 17-25 kun o’tgach tuplanish fazasi boshlanadi. Quruq moddani eng jadal to’planishi ro’vaklashdan gullashgacha davom etadi. O’sish davri 90-130 kun.


Yüklə 39,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə