Buxoro davlat universiteti psixologiya kafedrasi



Yüklə 129,08 Kb.
səhifə1/7
tarix03.06.2022
ölçüsü129,08 Kb.
#88632
  1   2   3   4   5   6   7
Sezgilar klassifikatsiyasi va sezgilarning ozgaruvchan shakllari


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI
PSIXOLOGIYA KAFEDRASI
5210204 – OILA PSIXOLOGIYA TA’LIM YO’NALISHI
UMUMIY PSIXOLOGIYA FANIDAN
Sezgilar klassifikatsiyasi va sezgilarning ozgaruvchan shakllari” MAVZUSIDAGI


Bajaruvchi: 2-bosqich talabasi Axmedova Salima
Tekshirdi: Shodiyev F. J.
Kurs ishi psixologiya kafedrasida bajarildi

Kafedra mudiri:

A. M. Nazarov.

Kurs ishi himoya qilingan sana ___________ Kurs ishi bahosi ____________







Komissiya raisi:

_______________________________________________________'>_________________________

A’zolari:

_________________________




_________________________




_________________________

Buxoro 2022
Buxoro 2021

Kirish
I-bob Sezgi haqida umumiy tushuncha.


1.1-Sezgilarning nerv-fiziologik aosi.
1.2-Sezgilar tasnifi va turları.
II-bob. Sezgi tasavvurlari va ilmiy qarashlar.
2.1- Sezgilarning umumiy qonuniyatlari.
2.2-Sezgi tushunchasining nazariy tahlili
Xulosa
Foydalanilgan Adabiyotlar

Kirish
Jahon psixologiyasi fani ma`lumotlarining ko`rsatishicha, sezish oddiy psixik bilish jarayoni hisoblanib, moddiy qo`zg`atuvchilarning muayyan retseptorlarga bevosita ta`sir etishi orqali mavjud olamdagi narsa va hodisalarning ayrim xususiyatlarini, shuningdek, inson organizmining ichki holatlarini aks ettirishdan iborat bilishning dastlabki bosqichidir. Sezgi biosfera va neosferada harakatlanuvchi jamiki narsalarning, xoh mikro, xoh makro tuzilishidan qat`iy nazar, sezgi organlariga ta`sir qilish natijasining sodda obrazlar, timsollarning ayrim tarkibiy xususiyatlar sifatida aks etishidir. Inson atrof-muhitdagi moddalar shaklini, harakatlar ko`rinishini, ularning xossalarini olziga xos xususiyatlarini sezgi organlari yordamida biladi.


Sezgilar to`g`risidagi ilmiy ta`limotlarga ko`ra narsa va ularning xossalari, tarkibiy qismlari, xususiyatlari, shakllari, harakati birlamchi hisoblanib, sezgilarning o`zi esa tashqi va ichki qo`zg`atuvchilarning sezgi a`zolariga ta`sir ko`rsatishining mahsulidir. Ma`lumotlarga qaraganda, sezgilar moddiy borliqning, voqelikning haqqoniy tasvirini in`ikos qiladi, binobarin, moddiy olam qanday ko`rinishga, shaklga, xususiyatga ega bo`lsa, ular xuddi shundayligicha o`zgarishsiz aks ettiradi.
Psixologiyada sezgilarning fiziologik asosini va mexanizmlarini qo`zg`atuvchining o`ziga mutlaq mos bo`lgan analizatorlar ta`siri natijasida yuzaga keluvchi asab jarayoni, uning tizimi, tuzilishi tashkil qiladi.

I-bob Sezgi haqida umumiy tushuncha.


Sezgi deb atrofimizdagi narsa va hodisalarning sezgi a’zolarimizga bevosita ta’sir etishi natijasida ularning ayrim belgi va xususiyatlarining miyamizda aks ettirilishiga aytamiz. Odamning tashqi dunyoni idrok qilishi sezgidan boshlanadi. Shuning uchun sezgilar o’z mohiyati jihatidan shaxsning barcha bilimlari uchun asos va manba hisoblanadi. Odam sezgilarisiz tashqi dunyo pridmetlari va voqealarini bilish imkoniyatlaridan maxrum bo’lgan bo’lur edi. Chunki idrok, xotira, tasavvur, tafakkur va hayol kabi ruhiy jarayonlar sezgilar tufayligina hosil bo’ladi.
Sezgi eng oddiy, birok shu bilan birga, juda muxim psixik jarayondir. Bu barcha bilimlarimizning dastlabki manbaidir. Atrofdagi dunyoni bilish sezgidan boshlanadi.
Sezish – oddiy psixik jarayon bo’lib, moddiy qo’zg’atuvchilarning tegishli repseptorlarga bevosita ta’sir etishi yuli bilan moddiy dunyodagi narsa va xodisalarning aloxida xususiyatlarini va va shuning bilan birga, organizm ichki xolatining aks ettirilishidan iboratdir. «Sezgi – materiyaning sezgi organlarimizga ta’sir etishi natijasidir».
Sezgilar uz moxiyati jixatidan bir muncha soda psixik jarayon bulishiga qaramay barcha bilimlarimizning asosi va manbayi xisoblanadi. Chunki narsa va xodisalarni aks ettirishning kupchilik kismi sezishdan boshlanadi. Agar sezgilarimiz bo’lmagan tevarak-atrofni narsa va xodisalarni aks ettirishdan ularni bilishdan maxrum bo’lgan bulardik. Sezgi organiga ta’sir etib, sezgini vujudga keltiradigan xar bir narsa qo’zg’ovchi deb ataladi. Uning ta’siri esa qo’zg’alish deb yuritiladi.
Sezgilarning nerv – fiziologik asoslari
Sezgilarning hosil bolishi uchun faqat tashqi qozgatuvchining tasiri emas, balki organizmning ozi ham faoliyatda bolishi kerak. Sezgi retseptorga tasir qilib turgan qozgatuvchining maxsus quvvatini nerv jarayonining quvvatiga aylanishidan hosil boladi. Sezgi faqat hissiy organning komponentigina emas, balki faoliyat tarkibidir. Sezgi psixik hodisa bolib, agar javob reaktsiya bolmasa yoki javob reaktsiyasi “mos” bolmasa hosil bolmaydi. Sezgi azolari harakat azolari bilan bogliq. Bu azolar bajaradigan vazifa qolda joylashgan. Sezgi psixik hodisalar kabi reflektor tabiatga egadir. Sezgilarning fiziologik asosini qozgatuvchining oziga adekvat bolgan analizatorga tasir natijasida yuzaga kelgan nerv jarayoni tashqil etadi. Analizator deb, I.P.Pavlov tevarak - atrof vokeligini tahlil qilish uchun organizmning murakkab suratda moslanganiga aytadi. Analizator uch qismdan iborat:
1) Periferik (retseptor) - u tashqi tasirini nerv jarayoniga aylantiradi.
2) Analizatorning periferiya qismini markaziy qism bilan boglovchi afferent (markazga intiluvchi) va efferent (markazdan qochuvchi) nervlar, otkazuvchi nerv yollari.
3) Nerv impluslari qayta ishlanadigan analizatorlarning miya po’stidagi qismlar.
Sezgilar tasnifi va turlari.
Tasniflash xilma xil boladi. Turli - tuman sezgini qaysi sezgi azolari yordami bilan hosil qilsak, ularni osha azolarga qarab quyidagi turlarga, yani korish, eshitish, hid bilish, tam bilish, teri, muskul harakat, organik sezgilarga ajratiladi. Sezgi azolari qaerda joylashganligiga qarab uchga tasniflanadi.Sezgilar qaysi a'zolar yordamida hosil qilinishiga qarab, quyidagi turlarga, ya'ni ko’rish, eshitish, hid bilish, ta'm bilish, teri, muskul-harakat, organik sezgilarga ajratiladi. Ular sezgi a'zolari qaerda joylashganligiga qarab tavsiflanadi.
Jahon psixologiyasi fanining so’nggi yutuqlari hamda atamalariga binoan sezgilar quyidagicha klassifikasiya qilinadi. Ushbu tasniflanishning dastlabki ko’rinishi ingliz olimi Ch.Sherringtonga taalluqlidir. U reseptorning qaerda joylashganligiga qarab, sezgilarni uch turga bo’ladi.
Tashqi muhitdagi narsa va hodisalarning xususiyatlarini aks ettirishgamoslashgan hamda reseptorlari tananing sirtqi qismida joylashgan sezgilar, ya'ni ekstroreseptiv sezgilar;
Ichki tana a'zolari holatlarini aks ettiruvchi hamda reseptorlari ichki tana a'zolarida, to’qimalarda joylashgan sezgilar, ya'ni interoreseptiv sezgilar.
Tanamiz va gavdamizning holati hamda harakatlari haqida ma'lumot (axborot, xabar) beruvchi muskullarda, bog’lovchi paylarda, mushaklarda joylashgan sezgilar, ya'ni proprioreseptiv sezgilar.
Sezgilarning tasnifi va bu boradagi tadqiqotlarni tahlil qilamiz. Dastlabki mulohazalar interoreseptiv sezgilar u borasida rus psixologi A.R.Luriya tadqiqot ishini olib borgan. Uning fikricha, interoreseptiv sezgilar asl, tub, ma'nodagi sezgilar emas, balki emosiyalar bilan sezgilar o’rtasidagi oraliq sezgilar sifatida namoyon bo’ladi. Psixologiya fanida mazkur sezgilar to’la o’rganilmaganligi sababli uni "noma'lum hislar" deb atalgan. Bu asosan ichki organlarning xastaliklarida vujudga keluvchi holatlarni diagnostika qilishda alohida ahamiyat kasb etadi.
Sezgi turlari.
Ko’rish sezgilari. Inson tomonidan rang va yorug‟likni sezish ko‟rish sezgilari
tarkibiga kirib, uning organi - ko‟z hisoblanib, u ko‟z soqqasi va undan chiqib keladigan ko‟ruv nervlaridan tashkil topgan. Insonning hayoti va faoliyatida kurish sezgilarining roli benihoya katta. Ko‟rish hodisasini vujudga keltiruvchi fizik sabab har xil uzunlikda bo‟lgan elektromagnit tulqinlaridir. Odamning ko‟zi 390 millimikrondan 800 millimikrongacha uzun elektromagnit tulqinlari taassurotini seza oladi. Ko‟z murakkab tuzilgan sezgi a‟zosi bo‟lib, u ko‟z kosasida joylashgan va maxsus ko‟z mushaklari yordami bilan har tomonga burila oladi. Ko‟zimizga ko‟rinadigan har bir narsaning o‟ziga xos rangi bor. Faqat juda tiniq narsalarning rangi yo‟q, shuning uchun ham ular ko‟zga ko‟rinmaydi. Eshitish sezgilari tovushlarni eshitishdan iborat bo‟lib, musiqaviy va shovqinli tovushlarni aks ettiradi. Odatda tovushlar oddiy va murakkab turlarga ajratiladi, ularning birinchisi bir tondan ikkinchisi esa bir necha tonlardan tashkil topadi. Insonlar uchun eshitish sezgilari katta ahamiyatga ega, chunki nutqni o‟zlashtirish tovushlarni yaxshi eshitish va ularni ajratishga bog‟liq. Ona tilimizda ishlatiladigan tovushlarni kichik yoshdan eshitib, ularga odatlanib qolam iz, shuning uchun ularni bir-biridan ajrata bilamiz va tug‟ri talaffuz qilamiz. Ammo chet tilidagi tovushlarni tez ajrata olmaymiz, ularni talaffuz etishda qiynalamiz, chunki ularga qulog‟imiz o‟rganmagan. Hid bilish sezgilari har qanday narsalarning hidini ongimizda aks ettirish demakdir. Odam to‟rt yuz mingga yaqin turli hidni seza oladi. Hid bilish sezgilariga hidlarni his qilish kiradi. Ta’m bilish (maza) sezgilari - shirin, achchiq, nordon, sho‟r singari mazalarni his qilish bilan tavsiflanadi. Ular muayyan turkumga kiritilgan va kiritilmagan xilma-xil turlarga ega bo‟lib, narsalarning, moddalarning nomlari bilan yuritiladi: nonning mazasi, qovunning mazasi kabilar. Maza va hid sezgilari bir-biriga chambarchas bog‟langan bo‟lib, bir-biriga ta‟sir ko‟rsatadi. Qattiq tumov vaqtida ovqatning hidi sezilmagani uchun uning mazasi ham yo‟qday ko‟rinadi. Teri sezgilari tarkibi tuyish va xarorat turlaridan iborat bo‟lib, ularning bunday nomlanishining bosh omili - bu retseptorlarning teri va organizmning tashqi shilliq pardalarida joylashganligidir. Tekkanni sezish yoki taktil sezgilar, terimizga tegib turgan narsani uning silliqligini yoki g‟adur-budurligini his etishdir. Harorat sezgisi issiq-sovuqni his etish demakdir. Harorat sezgisi harorati har xil darajali buyumlarning terimizga bevosita urilib turishidan paydo bo‟ladi. Terimizga tegib turgan buyumning harorati, terimizga nisbatan pastroq bo‟lsa - sovuqni, balandroq bo‟lsa - issiqni sezamiz. Og’riq sezgilari ichki va tashqi a‟zolarimizda bironta o‟zgarishga bog‟liq bo‟lgan xavfli xolatlarni ongimizda aks ettirish demakdir.
Organik sezgilar.
Ko'rish sezgisini analizatori ko'zdir.Bu sezgining qo'zg'ovchisi esa yorug'lik hisoblanadi. Ko'rish jarayonining yuzaga kelishi uchun ta'sirlovchi, ya'ni yorug'lik ko'zning to'r pardasidagi retseptorlarga ta'sir etish va ko'rish markaziga borgandagina biz ko'ramiz. Eshitish sezgisini analizatori quloq bo'lib, vazifasi tovushlarni sezishdir. Tovush chiqaruvchi jismdan har tomonga tarqaluvchi to'lqinlari eshitish sezgilarining qo'zg'atuvchisi hisoblanadi, ovoz to'lqinlarining tebrangan havo zarralari orqali quloqka kirishi natijasida eshitish sezgisi vujudga keladi. Ichki quloqda joylashgan eshitish nervining uchidagi reseptorlardan tovush to'lqinlari eshitish orqali bosh miya katta yarim sharlari sohalariga borishi natijasida eshitish sezgisi bo'ladi. Hid bilish sezgisining analizatori bug'in bo'lib, bo'rinbo'shlig'ining yuqori qismida joylashgan hid bilish nervning reseptorlari qabul hid bilish nerv orqali bosh miyadagi hid bilish markazga borgandagina hidni sezamiz. Ta'm yoki ma'za tilda joylashgan reseptorlar orqali seziladi. Teri sezgilari yerdamida oraginzmga biron narsaning tegishi, harorat va og'riq seziladi. Muskullar, pay va bo'g'inlardagi proprioreseptorlar deb ataladigan uchlarining tana harakati vaqtidagi qo'zg'alishi natijasida muskul harakat sezgilari paydo bo'ladi. Bu sezgilar odamga o'z organizmidagi barcha qismlarning holati va harakatlarini bilishga imkon beradi. Buning natijasida odam gavdasidagi har bir harakatni bilishga imkoni beradi. Organik sezgilarga ochlikni, chanqashni, ko'ngil aynishini, ortiqcha to'qligini va shu kabilarni sezish kiradi, ya'ni organizmlarining ichki holatini aks ettiradi. Organik sezgilarining sezuvchi nervlari ichki a'zolarining devorlari ham boshqa to'qimalarda joylashgan reseptorlari orqali taa'ssuroti seziladi. Barcha sezgi turlarida adaptasiya hodisasi mavjud bo'lib, organizmning har qanday sharoitda ham tashqi muhitning o'zgarishlariga va taa'ssurotlariga moslashish, ko'nikish imkoniyatlarini beradi. Sezgilar doimo ta'sirning kuchiga bog'liq bo'ladi, shuning uchun sezgilar ma'lum chegara ichida hosil bo'ladi.Sezgilar doimo bir-biriga ta'sir etadi va o'zaro munosabatda bo'ladi. Analizatorlarning sezgilari insonning mehnat faoliyati jarayonida shakllanadi va takomillashadi.
1.1 Sezgilarning nerv-fiziologik aosi
Sezgilar qaysi a'zolar yordamida hosil qilinishiga qarab, quyidagi turlarga, ya'ni ko’rish, eshitish, hid bilish, ta'm bilish, teri, muskul-harakat, organik sezgilargaajratiladi. Ular sezgi a'zolari qaerda joylashganligiga qarab tavsiflanadi.
Jahon psixologiyasi fanining so’nggi yutuqlari hamda atamalariga binoan sezgilar quyidagicha klassifikasiya qilinadi. Ushbu tasniflanishning dastlabki ko’rinishi ingliz olimi Ch.Sherringtonga taalluqlidir. U reseptorning qaerda joylashganligiga qarab, sezgilarni uch turga bo’ladi.
Tashqi muhitdagi narsa va hodisalarning xususiyatlarini aks ettirishgamoslashgan hamda reseptorlari tananing sirtqi qismida joylashgan sezgilar, ya'ni ekstroreseptiv sezgilar;
Ichki tana a'zolari holatlarini aks ettiruvchi hamda reseptorlari ichki tana a'zolarida, to’qimalarda joylashgan sezgilar, ya'ni interoreseptiv sezgilar.
Tanamiz va gavdamizning holati hamda harakatlari haqida ma'lumot (axborot, xabar) beruvchi muskullarda, bog’lovchi paylarda, mushaklarda joylashgan sezgilar, ya'ni proprioreseptiv sezgilar.Sezgilarning tasnifi va bu boradagi tadqiqotlarni tahlil qilamiz. Dastlabki mulohazalar interoreseptiv sezgilar u borasida rus psixologi A.R.Luriya tadqiqot ishini olib borgan. Uning fikricha, interoreseptiv sezgilar asl, tub, ma'nodagi sezgilar emas, balki emosiyalar bilan sezgilar o’rtasidagi oraliq sezgilar sifatida namoyon bo’ladi. Psixologiya fanida mazkur sezgilar to’la o’rganilmaganligi sababli uni "noma'lum hislar" deb atalgan. Bu asosan ichki organlarning xastaliklarida vujudga keluvchi holatlarni diagnostika qilishda alohida ahamiyat kasb etadi. Interoreseptiv sezgilar insonning kayfiyatida, emosional reaksiyalari o’zgarishida ko’zga tashlanadi, bolada esa xatti-harakatning keskin o’zgarishiga sabab bo’ladi. Chunki bola tana a'zolaridagi ichki holatini anglash, his qilish imkoniyatiga ega emas. Shuning uchun undagi xatti-harakatning umumiy o’zgarishi belgilardan buni sezish mumkin.
Interoreseptiv sezgilar organizmdagi ichki jarayonlarni o’zaro o’rin almashtirish muvozanatini ta'minlab turishning asosi hisoblanadi. Bu jarayonni bir so’z bilan aytganda, organizmdagi jarayonlarni o’zaro o’rin almashib turishning gemostazi (barqarorligi) deb ataladi. Shuningdek, mazkur sezgilar insonda yuzaga keladigan puls, zo’riqish, affekt holatlarini yo’qotish, tug’ilib kelayotgan mayllarni qondirish bilan bog’liq vazifani bajaradi. Natijada ichki tana a'zolarining faoliyatini izdan chiqarish holati yuz berishi mumkin.
Interoreseptiv sezgilarning fiziologik mexanizmlari intero-sepsiya bilan birgalikda K.M.Bikov, V.N. Chernigovkiylar tomonidan atroflicha o’rganilgan. Ularning fikriga ko’ra, bu narsalarning barchasi shartli reflektor faoliyati mexanizmlaridan kelib chiqadi
Proprioseptiv sezgilar gavdaning fazodagi holati to’g’risida signallar bilan ta'minlab turadi. Ular inson harakatining boshqaruvchisi hisoblanib va afferent asosini tashkil qiladi. Pereferik reseptorlar muskullar, pay va bo’g’imlarda joylashgan bo’lib, maxsus tanachalar shakliga ega va ular Puchchini tanachalari deb ataladi.Tanachalarda vujudga keluvchi qo’zg’atuvchilar muskullarning harakatlashuvi natijasida va bo’g’imlar holatining o’zgarishi, nerv tolalari yordamida, orqa miyaning orqa ustunidagi oq suyuqligiga etkaziladi. qo’zg’ovchilar Burdax va Goll yadrosining quyi bo’limlariga yetib keladi va undan po’stosti tugunchalaridan o’tib, bosh miya katta yarim sharining qoronqulashgan zonasida harakatlarini yakunlaydilar.
Proprioreseptorlar harakatning afferent asosi ekanligini A.Orbeli tomonidan,
hayvonlarda P.K.Anoxin, odamlarda esa N.A.Bernshteynlar tomonidan o’rganilgan.
Psixologik ma'lumotlarga ko’ra, gavdaning fazodagi holati, sezgirligi statik sezgilarda o’z ifodasini topadi. Uning markazi ichki quloq kanallarida joylashgan bo’lib, ular o’zaro bir-biriga perpendikulyar bo’shliqda tutash holatda yotadi. Masalan, bosh holatining o’zgarishi quyidagi sxemada ko’rish mumkin:

Yüklə 129,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə