Buxoro davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti tuproqshunoslik va geografiya kafedrasi


 Ko’chmanchi halqlarning yashash formalari



Yüklə 0,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/14
tarix31.12.2021
ölçüsü0,52 Mb.
#81166
növüReferat
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
aholi manzilgohlari va ularning shakllanishi

6. Ko’chmanchi halqlarning yashash formalari. 

Ko’chmanchi halqlarda  odatda, doimiy  aholi manzilgohlari bo’lmaydi, ular 

vaqtincha  turish  uchun  alohida  joylarda  yashaydilar.  Ko’chmanchlik  qadim 

davirlarda  keng  tarqalgan  edi.  Hozir  esa  juda  kam  uchraydi.  Turli  –  xil  aholi 

manzilgohlaribir  –  biri  bilan  aloqada  bo’lib,  turli  hududiy  tuzilmalarni  vujudga 

keltiradi. 




Shuning  uchun  ham  aholi  manzilgohlarini  geografik  jihatdan  o’rganganda 

ularni doimiy aloqada bo’lgan bir butun tizim deb qarash, ularning hududiy mehnat 

taqsimotidagi o’ninish taxlil qilish maqsadga muvofiqdir. 

Qishloq  joylar  shahar  va  shaharchalardan  tashqaridagi  hududlar  bo‘lib, 

ularda  qishloq  xo‘jaligida  muntazam  foydalanadigan  erlar  hamda  doimiy  aholi 

manzilgohlari  (punktlari)  mavjud  bo‘lishi  kerak.  Demak,  qishloq  joylar  geografik 

kartada  areal,  maydon  ko‘rinishida,  qishloq  aholi    punktlari  esa  ular  ichidagi 

nuqtasimon  shakldagi  jamiyatning  ijtimoiy-hududiy  tashkil  etish  birligi 

hisoblanadi. 

Qishloqlar  shaharlarga  qaraganda  aholi  yashash  joyining  qadimiyroq 

shaklidir. To‘g‘ri, qadimda dastlabki aholi manzilgohlari shahar  yoki qishloq deb 

atalmagan.  Qishloqlarning  vujudga  kelishi  ijtimoiy  mehnat  taqsimotida  sug‘orma 

dehqonchilik madaniyati rivojlanishi bilan bog‘liq bo‘lgan. Sug‘orma dehqonchilik 

avvallari  tabiiy  suv  oqimidan  foydalangan  holda  olib  borilgan,    keyinchalik 

sug‘orish    inshootlari  (to‘g‘on,  kanal  va  b.)  va  vositalari  (chig‘iriq)  asosida 

rivojlangan.  Albatta,  bunday  inshootlar  yoki  hozirgi  zamon  tili  bilan  aytganda, 

irrigatsiya  infratuzilmalarini  yaratish,  qo‘riqlash  va  ulardan  foydalanish  keng 

jamoatchilik  mehnatini,  aholini  bir  joyda  va  birgalikda  yashashini    taqozo  etgan. 

SHunday  qilib,  jamoa  (sotsium),  kishilarning  hududiy  birligi,  turg‘un  aholi 

manzilgohlari  paydo  bo‘lgan.  Sug‘orma  dehqonchilikning  chorvachilikdan  ajralib 

chiqishi,  shu  asosda  hunarmandchilik  va  savdoning  rivojlanib    borishi  natijasida 

ijtimoiy  va  hududiy  mehnat  taqsimotining  navbatdagi    muhim  bosqichi 

boshlangan.  Jamiyat  hayotdagi  bunday  o‘zgarishlar  qishloqlardan  shaharlarning 

ajralib  chiqishiga  va  rivojlanib  borishiga  sabab  bo‘lgan.  Aynan  shu  davrdan  

boshlab  ijtimoiy hayotni hududiy tashkil etilishining ikki shakli, ya’ni  qishloqlar 

va shaharlar  vujudga kelgan. 

E’tirof etish joizki, shaharlar qishloqlardan ajralib chiqqan, aksincha emas.  

Binobarin, aytish mumkinki, dastlabki shaharlarning kelib chiqishi qishloqlar bilan 




bog‘liq bo‘lgan. SHu bois, Er yuzasining eng qadimiy shaharlari ham aynan YAqin 

SHarq, hozirgi Isroil, Iordaniya, Suriya mamlakatlari hududida shakllangan. 

Qishloq 

joylar 


yoki 

qishloqlar 

asosan 

qishloq 


xo‘jaligi  bilan 

shug‘ullanuvchi  aholining  hududiy  tashkil  etish  shakli  ekan,  u  mohiyatan 

geografiya,  xususan  iqtisodiy  va  ijtimoiy  geografiyaning  muhim  tadqiqot  ob’ekti 

hisoblanadi.  Ammo  e’tirof  etish  zarurki,  qishloqlar  bu  fan  doirasida  “omadi 

kelmagan” yo‘nalish bo‘lib, ular shaharlarga qaraganda  juda oz o‘rganilgan. Hatto 

bunday  holat  milliy  iqtisodiyoti  qishloq    xo‘jaligi  bilan  bog‘liq,  aholining  deyarli 

yarmi qishloqlarda yashovchi O‘zbekiston Respublikasiga ham taalluqlidir. Buning 

sababi  bir  nechta  bo‘lishi  mumkin.  Jumladan,  shaharlarning  jamiyat  hayotida 

etakchi  o‘rin    tutishi,  yaqin  o‘tmishda  qishloqlarga  ikkinchi  darajali  munosabat, 

qishloqlarni  asta-sekin  shaharlarga  aylantirish  siyosati,  qishloqlarning    ko‘p 

sonliligi  va  ular  bo‘yicha  statistik  ma’lumotlarning  kamligi  kabilar  qishloq 

geografiyasiga nisbatan e’tiborsizlikni keltirib chiqargan. 

Qishloq joylar qator funksiyalarni (vazifalarni) bajaradi. Masalan, ularning 

iqtisodiy,  ijtimoiy,  demografik,  ekologik  va  boshqa  funksiyalari  mavjud.  O‘z 

navbatida,  qishloq  xo‘jaligi  yoki  iqtisodiyoti  ham  turlicha.  Odatda,  qishloq 

xo‘jaligini qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini etishtiruvchi tarmoq sifatida qarashadi. 

Aslida esa, u ham ancha murakkab tizim bo‘lib, bevosita “tor” ma’nodagi qishloq 

xo‘jaligidan  tashqari  qator  sohalarni  qamrab  oladi.  SHu  nuqtai  nazardan  qishloq 

xo‘jaligini  jahon  xo‘jaligi,  xalq  (milliy)  xo‘jaligi,  shahar  xo‘jaligi  kabi  umuman 

xo‘jalikning (iqtisodiyotning) hududiy tashkil etilishini alohida taksonomik birligi 

yoki bo‘g‘ini sifatida, keng ma’noda talqin qilish ham zarur.  

Qishloq 


aholi 

punktlari 

o‘rganilganda 

ular, 


eng 

avvalo, 


klassifikatsiyalashtiriladi.  Bu  jihatdan  qishloqlar  uch  asosiy  sinfga  bo‘linadi: 

kichik    qishloqlar  (aholi    soni    1000  kishigacha),  o‘rta  (1000-3000  kishi)  va  katta 

(3000 kishi va  undan ortiq) qishloqlar. 



Maxsus  tadqiqotlarda  bu  guruhlashtirish  yanada    aniqroq    darajada 

bajariladi.  Bunda,  masalan,  qishloqlarning  katta-kichikligi    bo‘yicha    quyidagi  

sinflarga  ajratish mumkin: 

 Mayda qishloqlar-aholi soni 500 kishigacha; 



 Kichik qishloqlar-500-1000 kishi; 

 O‘rta qishloqlar-1000-3000 kishi; 



 Katta qishloqlar-3000-5000 kishi; 

 Yirik qishloqlar-5000 kishidan  ziyod. 



Qishloq    aholi    punktlarining  yuqoridagi  guruhlarga  ajratilishi  tasodifiy 

emas,  albatta.  Turli  bosqichdagi  qishloqlar  xo‘jaligining    ixtisoslashuvi  va  

mujassamlashuvi, ularda ta’lim, savdo, sog‘liqni saqlash, moliya  tizimiga tegishli 

muassasalar,  ishlab  chiqarish  va  ijtimoiy  infratuzilma  shahobchalari    har  xil  

bo‘ladi. 

Qishloqlarning  katta-kichikligi,    avval  ta’kidlanganidek,  ularning  qaysi  

sohaga ixtisoslashuviga  bog‘liq. O‘z navbatida, qishloqlarda aholi   sonining ko‘p 

yoki kamligi xizmat ko‘rsatish va servis sohasini  joylashtirishga ta’sir  ko‘rsatadi. 

Qishloq 

aholi 


punktlarini 

o‘rganish  ularni 

kartalashtirish 

va 


rayonlashtirishni    taqozo    etadi.  Relefi    murakkab    bo‘lgan    hududlarda  

qishloqlarni  balandlik    mintaqalari    bo‘yicha      o‘rganish    muhim    ahamiyat    kasb  

etadi.  SHuningdek,  ularni    daryo  havzalari,  cho‘l,  voha  va  vodiy,  shahar  atrofi  

darajasida tadqiq qilish ham katta  geografik  ma’noga  ega. 

Geografik  tahlil  qishloqlar  va  qishloq  aholisi    zichligi,  qishloqlar 

o‘rtasidagi  o‘rtacha    masofa  va  boshqa    ko‘rsatkichlarni    aniqlashni    ham  talab 

qiladi. SHu o‘rinda ta’kidlash joizki, qishloq  tumanlari miqyosida aholi  zichligini 

hisoblash katta aniqlikka  ega emas. Bu “brutto” ko‘rsatkich ma’muriy tumanning 

barcha  hududlariga  taalluqli  (aholi  yashash  yoki    yashamasligidan    qat’iy  nazar, 

cho‘l yoki  tog‘ hududlarni ham qamrab oladi). Binobarin, aholi zichligini qishloq  

fuqarolar    yig‘inlari  darajasida  aniqlash  yaxshi  natijalar  beradi.  Bunda  zichlik, 



ayniqsa,  qishloq    xo‘jaligida  foydalanadigan  erlarga  nisbatan  hisoblansa,  tahlil 

yanada  chuqurroq  va to‘g‘riroq bo‘ladi. 

Hozirgi  vaqtda  respublikamizda,  xususan  qishloq  joylar 


Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə