Buxoro davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti tuproqshunoslik va geografiya kafedrasi



Yüklə 0,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/14
tarix31.12.2021
ölçüsü0,52 Mb.
#81166
növüReferat
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
aholi manzilgohlari va ularning shakllanishi

infratuzilmasini

 

yaxshilashga  katta  e’tibor  qaratilmoqda.  Bu  borada    ta’lim  va  sog‘liqni  saqlash 



tizimini  to‘g‘ri  hududiy  tashkil  etish  va  rivojlantirish,  qishloq    aholisini    toza 

ichimlik  suvi  va    tabiiy  gaz  bilan    ta’minlash    kabilar  geografik    jihatdan 

o‘rganilishi lozim. 

Ijtimoiy geografik holat ko‘p jihatdan joylarning 



ekologik   

xususiyatlariga 

bog‘liq.  Geoekologik  vaziyat    esa  aholi    salomatligiga    ta’sir    etuvchi  muhim 

omillardan hisoblanadi. SHu nuqtai  nazardan  ichimlik suvi, uning fizik-kimyoviy 

tarkibi,  sifati,  atmosfera  havosi,  shamol,  ovqatlanish  rejimi  va  ratsioni,  joylarning 

sanitar-gigienik holatlari ham tahlil va tadqiq qilinadi. 

Qishloq  hududlari  ekologiyasi  turli  ichki  va  tashqi  omillar  ta’sirida 

shakllanadi. Ichki omil asosan, qishloq xo‘jaligida har xil  ximikatlar, gerbitsid va  

pestitsidlardan  foydalanish,  tuproq  erroziyasi  va    sho‘rlanishi,  chiqindilar,  chorva  

fermalari, tovuq fabrikalari va boshqa  mahalliy  xususiyatlar  bilan bog‘lik. Tashqi 

omil  esa  chetdan  keluvchi    iflos    havo,  suv,  transchegaraviy  holatlar  negizida 

yuzaga keladi. 

Qishloq,  odatda,  ijtimoiy-iqtisodiy  taraqqiyotda  shaharga  nisbatan  passiv, 

zaifroq  aholi  punkti  hisoblanadi.  SHaharlarning  ko‘p  funksiyaligi,  kattaligi, 

innovatsiya,  investitsiya  va  infratuzilma  salohiyatining  kuchliligi,  iqtisodiyotining 

ko‘p  tarmoqliligi  va  yuqori  darajada  rivojlanganligi,  aholi  yashashi,  o‘qishi, 

davolanishi, ishlashi uchun imkoniyatlarning keng ekanligi, ularning ta’sirchanlagi 

hududiy ijtimoiy-iqtisodiy tizim yoki majmualarda etakchi rol o‘ynashini ta’minlab 

beradi. 

3.

 Shahar va qishloq aholisi tafovutlari – har qanday mamlakat yoki rayonning 

iqtisodiy  geografik  jihatdan  ta’riflashning  asosidir.  O’tmishda  shahar  aholisi  ham 

qishloq  xo’jaligi  bilan  bevosita  shug’ullangan.  Lekin  bizning  zamonamizda 




aholining  shahar  va  qishloq  o’rtasida  taqsimlanishi  turli  darajada  rivojlangan 

davlatlarda industrial yoki agrar rivojlanish xususiyatini baholashda ahamiyat kasb 

etadi.  

Shaharlar sonining o’sishi, shahar aholisi salmog’ining ortishi, shahar turmush 

tarzining keng joriy etilishi mamlakatning urbanizatsiyalashuvi deyiladi va ijtimoiy 

demografik jarayonlarga, birinchi navbatda aholi takror barpo bo’lishi, yosh va jins 

tarkibi, migratsiya xarakteriga va h.k larga bevosita ta’sir ko’rsatadi. Urbanizatsiya 

darajasini  aniqlashda  “shahar”  tushunchasi  mamlakatda  qay  tarzda  qabul 

qilinishiga e’tibor berish kerak bo’ladi.  


Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə