Buxoro davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti tuproqshunoslik va geografiya kafedrasi



Yüklə 0,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/14
tarix31.12.2021
ölçüsü0,52 Mb.
#81166
növüReferat
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
aholi manzilgohlari va ularning shakllanishi

Masalan:

  Shahar  maqomini  olish  uchun  Rossiyada  aholi  punktida 

yashovchilar  soni  12  ming  kishidan  oshgan  holda  ularning  85%  i  ishchi  va 

xizmatchilar  bo’lishi  kerak.  Daniya,  SHvetsiya,  Finlandiyada  200  kishilik  aholi 

punkti shahar maqomini oladi.  

Hindistonda  aholisi  5000  ming  kishidan  ortiq,  zichligi  1  mil

ga  ming  kishi 



bo’lgan va erkak aholining 15% i qishloq xo’jaligida band bo’lmagan aholi punkti 

shahar deb ataladi.  

SHahar  va  qishloq  aholisining  turli  ko’rsatkichlr  bo’yicha  tafovutlari 

mamlakatlarning  ijtimoiy  madaniy  va  iqtisodiy  munosabatlarining  tarixiy 

shakllanishi bilan bog’liqdir. 

4. SHaharlar mamlakat va iqtsodiy rayonlar geografiyasida o‘rganilishi bilan 

bir qatorda ular alohida tadqiqot ob’ekti bo‘lib ham xizmat qiladi. Bu borada, ya’ni 

shaharlarni iqtisodiy geografik o‘rganish tartibi haqida ilmiy-uslubiy adabiyotlarda 

ko‘pgina taniqli olimlarning ko‘rsatmalari mavjud. Albatta, shaharlarni o‘rgshanish 

avvalombor  ularning  tarixi,  kelib  chiqishi,  genetik  xususiyatlarini  tahlil  qilishdan 

boshlanadi.  Natijada,    asosan  tarixiy  manbalarga  tayangan  holda,  o‘rganilayotgan 

shahar  yoki shaharlarning nima uchun aynan shu joyda  va  o‘tmishning aynan shu 

bosqichida vujudga kelganligi yoritilib beriladi. 



SHaharlar  ma’lum  sabab,  omil  asosida  vujudga  keladi.  Ularning  paydo 

bo‘lishi qulay geografik o‘rin Bilan bir qatorda turli xil qazilma boyliklarni qazib 

olish,  ilmu-fan,  rekraetsiya,  savdo-sotiq  tarmoqlari,  transport  kabilarning 

rivojlanishi  bilan  bog‘liq.  SHahar  hosil  qiluvchi  tarmoqlarning  eng  muhim 

xususiyati shundaki, ularning ahamiyati, ta’sir doirasi mazkur aholi manzilgohidan 

chetga chiqadi. 

Qadimda  shaharlar  savdo-sotiq  va  hunarmandchilik  negizida  paydo 

bo‘lishgan.  Keyinchalik  bunga  eng  ko‘p  sanoat  va  transport  sababchi  bo‘lgan. 

Qazilma  boyliklar  asosida  shakllangan  shaharlarni  ilmiy  adabiyotlarga  «resurs 

shaharlar»  deb  yuritishadi.  Bunday  shaharlar,  odatda,  o‘z  atrofii,  qishloq  joylar 

Bilan kam bog‘langan bo‘ladi. 

SHaharlarning  aksariyati  bizning  sharoitimizda,  ya’ni  dehqonchilik 

rivojlangan  mamlakatlarda,  qishloqlar  asosida  tashkil  etiladi,  ular  muayyan  talab 

darajasiga  etganlaridan  so‘ng  qonuniy  ravishda  bu  rasmiy  maqomni  olishadi. 

SHaharlarning  bunday  genetik  xususiyatlari  urbanizatsiya  jarayonining,  ayniqsa, 

qishloq urbanizatsiyasining «sharqona» rivojlanishidan darak beradi. 

SHaharlar  kelib  chiqishiga  qarab,  «yangi»  va  «eski»  shahar  bo‘lishi 

mumkin.  Biroq  bu  tushunchalar  nisbiydir.  Sababi  yaqingacha  biz  sobiq  sho‘rolar 

davrida vujudga kelgan shaharlarning barchasini «yangi shaharlar» guruhiga kiritar 

edik. Hozir esa yangi shaharlarni mustaqillik davri bilan belgilash tug‘riroqdir. 

Biroq, aholi manzilgohining yuridik ravishda shahar maqomiga  ega bo‘lishi 

uning  haqiqiy  yangiligini  ifodalamaydi.  CHunki  bunday  aholi  yashaydigan  joylar 

qadim-qadimdan  mavjud.  Masalan,  CHust  shahri  so‘nggi  marta  shahar  unvonini 

rasmiy  ravishda  70-yillarda  oldi,  vaholanki  uning  real  tarixi  bir  necha  yuz 

yilliklarnio‘z ichiga oladi. Huddi shunday, G‘ijduvon, Pskent, Nurota, Rishton va 

hokazolar ko‘p yillik tarixga ega. 

Aslida olganda, yangi shahar deyarli «bo‘sh» joyda, yaqinda barpo bo‘lgan, 

arxitektura  qurilish,  obodonchiligi  bilan  ajralib  turadi.  SHu  bilan  birga  echki 

qishloqning  yangi  yirik  qurilish  tufayli  o‘z  qiyofasini  tubdan  o‘zgartirish,  aholi 



sonini bir necha marta ko‘paytirishi ham uning YAngi shahar deb atalalishiga asos 

bo‘ladi oladi.  

SHaxarlarning  qaysi  sohaga  ixtisoslashuvi,  ularning  bajaradigan  vazifasini 

aniqlash  funksional  tipologiya  doirasida  amalga  oshiriladi.  Bunda  bosh  mezon 

qilib  shahar  aholisining  bandlik  tarkibi  olinadi,  ya’ni  qaysi  sohada  mehnat 

resurslari  ko‘proq  (mamlakat  bo‘yicha  o‘rtacha  ko‘rsatkichdan  yuqori)  bo‘lsa,  

o‘sha yo‘nalish mazkur shaharlarning funksional tipini ifodalab beradi. 

Odatda shaharlar quyidagi funksional tiplarga bo‘linadi. 

1. Ko‘p funksiyali siyosiy-ma’muriy markazlar, poytaxt shaharlar. 

2. Ko‘p funksiyali shaharlar – viloyat markazlari. 

3. Ko‘p tarmoqli yirik sanoat markazlari. 

4. Asosan bir yoki ikki sanoat tarmog‘iga ixtisoslashgan shaharlar. 

5. Transport markazlari. 

6. Agroindustrial shaxarlar. 

7. Tuman markazlari. 

8. Rekreatsiya shaxarlari. 

9. Ilmu-fan markazlari, universitet shaharlari va h.k. 

Ishlab  chiqarish  kuchlarining  rivojlanishi  va  joylashishi,  xususan 

mujassamlashuv natijada turli funksional tip va yiriklikdagi shaharlarning bir joyda 

g‘uj  holda  o‘rnashgan  shakli  vujudga  keladiki,  ularni  ilmiy  adabiyotlarda  shahar 

aglomeratsiyasi 

deb 


ta’riflashadi.  «Aglomeratsiya»  so‘zi  geologiyadagi 

«aglomerat»  ni  eslatadi,  ya’ni  bir  hududda  to‘p  bo‘lib  joylashganlikni  anglatadi, 

iqtisodiyot  va  ayniqsa  G‘arbda  shakllangan  mintaqaviy  iqtisodda  esa  sanoat 

aglomeratsiya-sanoat  korxonalarini  bir  nuqtada  to‘planganligini  bildiruvchi 

tushuncha  mavjud.  SHunga  mos  ravishda  aglomeratsion  omil  va  aglomeratsion 

effekt (samaradorlik) ibarasi ham bor. 

Aglomeratsiyaning  vujudga  kelishi  taxminan  quyidagi  sxemada  (tartibda) 

amalga  oshadi.  Qulay  iqtisodiy  geografik  o‘rniga  ega  bo‘lgan  shahar  asta-sekin 

yiriklashib boraveradi. Sababi –u o‘ziga barcha YAngi –yangi sanoat  korxonalari, 



xizmat  ko‘rsatish  muassasalari,  oliy  o‘quv  yurtlari,  moliya-bank  tashkilotlari  va 

boshqalarni  tortaveradi.  Bu  paytda  shaharning  tortish  kuchi,  markazga  intiluvchi 

harakat avjda bo‘ladi. 

SHaharlarning  yoyilib  ketishi,  qimmatni  qishloq  xo‘jalik  erlari  hisobidan 

kengayishi  ma’lum  darajagacha  davom  etib  boraveradi.  Keyinchalik  shahar 

hududining  cheksiz  kengayishi  to‘xtab  «qoladi»,  u  tog‘  yoki  daryo,  davlat 

chegarasi  yoki  dengiz  kabi  to‘siqlarga  duch  keladi,  shahar  ichida  esa  uy-joy, 

transport,  ekologiya  muammolari  keskinlashadi.  Natijada  o‘ziga  xos  «revolyusion 

vaziyat»  vujudga  keladi:  yirik  shahar  muhiti,  uning  fan-texnika,  infrastruktura 

salohiyati  o‘ziga  YAngi-yangi  korxonalarni  jalb  qiladi,  biroq  yuqoridagi 

qiyinchiliklar  buni  cheklab  qo‘yadi.  Ana  shunday  tartibda,  yirik  shaharga  yaqin 

joyda  uni  to‘ldiruvchi,  ixtisoslashgan  shahar  va  shaharchalar  vujudga  keladi. 

Bunday  «yo‘ldosh» shaharlarda markaziy shahar ehtiyojini qondiruvchi yoki unga 

xizmat  qiluvchi  ob’ektlar  o‘rnashadi.  SHunday  qilib,  yirik  shaar  o‘z  rasmiy 

chegarachidan  chiqadi,  miqdor  o‘zgarishi  sifat  o‘zgarishiga  o‘tadi,  hududiy 

mujassamlashuv o‘z shaklini o‘zgartiradi va shaharlarning hududiy to‘plami paydo 

bo‘ladi. 


Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə