Каримов И.А. Жаҳон молиявий-иқтисодий инқирози, Ўзбекистон шароитида уни бартараф этишнинг
Ta’kidlash joizki, garchi aynan 2009 yil-“Qishloq taraqqiyoti va farovonligi
yili” deb atalgan bo‘lsada, mohiyatan u faqat shu yil uchun emas, balki o‘rta va
uzoq muddatga mo‘ljallangan chora-tadbirlarni qamrab oladi. SHu munosabat bilan
mamlakatimizda, jumladan Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda maxsus
dastur ishlab chiqilgan va unda ko‘zga tutilgan barcha tashkiliy-huquqiy, ijtimoiy-
iqtisodiy yo‘nalishlar o‘z aksini topgan. SHular negizida bugungi kundagi
zamonaviy shaharlarimiz shakllanib rivojlanib bormoqda. Ana shularni inobatga
olib, aholining xo‘jalik faoliyati bevosita uning joylashgan o‘rni bilan bog‘liqligiga
ahamiyat bergan holda ta’lim tarbiyani tashkil etmog‘imiz lozim.
1. Ma’lum bir shaklga ega bo’lgan, aholining hududiy joylanishi aholi
manzilgohlari deyiladi. Aholi manzilgohlari aholi geografiyasi fanining muhim
kotegoriyasi bo’lib, aholining yashayotgan joylarigina bo’lib qolmay, balki moddiy
va ma’naviy boyliklari ishlab chiqariladigan va iste’mol etiladigan butun ijtimoiy
hayotning asosiy markazlari hisoblanadi. Aholi punktlarini geografik jihatdan
o’rganishda va xarakterlashda har bir aholi manzilgohlarida yashaydigan aholining
sonini bilish muhim ahamiyatga ega. Chunki aholi manzilgohlari, birinchi
navbatda, aholining soniga qarab (bir necha kishi yashaydigan mayday
qishloqlarda tortib, to bir necha million kishilik aholi bo’lgan eng yirik
shaharlargacha) klassifikatsiyaga ajratiladi.
Aholi manzilgohlarini geografik jihatdan o’rganishda unda yashaydigan
aholining umumiy soniga emas, balki uning tartibini, xalq xo’jaligi tarmoqlari
bo’yicha taqsimlanishini, shuningdek har bir aholi manzilgohining bajaradigan
funktsiyasini, mamlakat iqtisodiy va madaniy hayotida tutgan o’rni va ahamiyati,
uning boshqa aholi manzilgohlari bilan aloqasi, tabiiy geografik o’rnini analiz
qilish muhimdir. Shunday qilib, aholi punktlari aholi yashaydigan joy sifatidagina
qiziqtirmasdan, balki ishlab chqarish, markazlari, xo’jalik markazlari, madaniy –
siyosiy markazlar, iqtisodiy aloqalarning asosiy tugunlari sifatida ham qiziqtiradi.
Dostları ilə paylaş: