Buxoro davlat universiteti turobova hulkar rustamovna agrobiznesni tashkil etish va boshqarish


  2.3. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni O’zbekiston



Yüklə 2,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/93
tarix11.08.2023
ölçüsü2,5 Mb.
#120506
növüУчебник
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   93
agrobiznes

 


30 
2.3. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni O’zbekiston 
iqtisodiyotida tutgan o’rni. 
Jahon iqtisodiyoti rivojlanishi shuni ko’rsatmoqdaki, mamlakat 
iqtisodiyotida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasi iqtisodiyot va 
ijtimoiy hayotda mavjud bo’lgan juda ko’p muammolarni hal etmoqda. 
Chunki kichik biznes va xususiy tadbirkorlik bozor iqtisodiyotining 
ajralmas qismidir. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik uchun 
iqtisodiyotdagi o’zgarishlarga tez moslashuvchanlik va safarbarlik 
hamda yuqori samaradorlik, eng muhimi bu faoliyatni iqtisodiyotning 
barcha sohalarida tashkil etish mumkinligi kabi belgilar xosdir. Kichik 
biznes va xususiy tadbirkorlikning keltirilgan ustunliklari milliy 
iqtisodiyot rivojlanishini rag’batlantiruvchi omil hisoblanadi. Shuning 
uchun har bir davlat ushbu sohani rivojlantirishni izchil qo’llab-
quvvatlashi shartdir. 
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning iqtisodiyotdagi roli va 
ahamiyatini aniqlashda iqtisodiyot iqtisodiy yoki ijtimoiy nuqtai 
nazardan o’rganiladi. Ammo bu sohani ko’proq iqtisodiy tomondan 
o’rganish ahamiyatliroqdir. Jahon tarixida kichik biznes va xususiy 
tadbirkorlikning mamlakat iqtisodiyotidagi roli va ahamiyati quyidagi 
ko’rsatkichlar tizimi orqali belgilanadi: 
– kichik biznesning mamlakat YaIMdagi ulushi; 
– kichik biznesning mamlakat milliy daromadidagi ulushi; 
– kichik biznes sohasida band bo’lganlar ulushi; 
– kichik biznesning eksport hajmidagi ulushi; 
– jami soliqlar miqdorida kichik biznesdan keladigan soliqlarning 
ulushi; 
– aholi daromadlari tarkibida kichik biznesdan olinayotgan 
daromadlarning ulushi. 
Ushbu ko’rsatkichlar ahamiyati ortib borishi bilan kichik biznesning 
iqtisodiyotdagi roli ortib boradi. Masalan, AQShda real daromadlarning 
35 foizi, band bo’lganlarning 54 foizi, 45 foiz aktivlar va YaIMning 52 
foizi, Evropa Ittifoqi mamlakatlarida band bo’lganlarning 70 foizi, 
YaIMning 67 foizi, Yaponiyada 55 foizi kichik biznes va xususiy 
tadbirkorlik ulushiga to’g’ri keladi. 


31 
Mamlakatimizda 
kichik 
biznes 
va 
xususiy 
tadbirkorlikni 
rivojlantirish va erkinlashtirishga katta e’tibor berilishi natijasida uning 
YaIMdagi ulushi 2018 yilda 56,7 foizga yetdi yoki 2000 yilga nisbatan 
1,8 barobar oshdi, aholi daromadlari tarkibida tadbirkorlikdan 
olinayotgan daromadlar 2010 yildagi 47,1 foizdan 52 foizgacha oshdi. 
Ish bilan band jami aholining 77 foizdan oshig’i ushbu sohada mehnat 
qilmoqda. 
Umuman 
olganda 
mamlakatimizda 
ishbilarmonlik 
muhitini 
yaxshilash borasida olib borilayotgan ishlar xalqaro iqtisodiy 
tashkilotlarning reytingida o’z ifodasini topmoqda. Jumladan, 2015 yil 
oktyabr oyida Jahon bankining «Biznes yuritish» reytingiga ko’ra, 
O’zbekiston bir yilning o’zida 16 pog’onaga ko’tarilib, 87-o’rinni, 
«yangi biznesni qo’llab-quvvatlash» mezoni bo’yicha jahonda 42-
o’rinni, tuzilgan shartnomalar ijrosini ta’minlash bo’yicha 32-o’rinni, 
«Kichik biznes sub’ektlariga kredit berish» deb nomlangan ko’rsatkich 
bo’yicha so’nggi uch yil ichida 154-o’rindan 42-o’ringa ko’tarildi va 
o’tgan yilning o’zida reytingini 63 pozitsiyaga yaxshiladi. 
O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotida kichik biznes va xususiy 
tadbirkorlikning faoliyat samaradorligi natijalariga ko’ra, YaIMda 
kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning ulushi o’rtacha 60 foizni 
tashkil etgan. Sanoat sohasida, 2015 yilda 40,6 foizni tashkil etgan 
bo’lsa, ushbu ko’rsatkich 2020 yilga kelib, 27,5 foizga tushgan. Qurilish 
sohasida esa, tadbirkorlikning ulushi barqaror o’sish tendinsiyasiga ega. 
Tahlil natijalariga muvofiq 2015 yilda qurilish sohasida kichik biznes va 
xususiy tadbirkorlikning ulushi, 66,7 foizni tashkil etgan bo’lsa, 2017-
2020 yillarda mamlakatimizda qurilish sohasini qo’llab-quvvatlashga 
yo’naltirilgan chora-tadbirlar ta’sirida ushbu sohada tadbirkorlining 
ulushi o’rtacha 74 foizni tashkil etgan. Sohaning bandlikni 
ta’minlashdagi ulushi ham ijobiy ahamiyatga ega. Ayniqsa, bugungi 
kunda mehnatga faol aholining qariyb 74 foizini mazkur sohada faoliyat 
olib borayotganligi fikrimizni asoslash uchun xizmat qiladi. Tashqi 
savdo faoliyatida ham tadbirkorlikning ulushini alohida qayd etish 
maqsadga muvofiq. Ammo, 2020 yillar natijalariga muvofiq 
tadbirkorlikning tashqi savdo hajmidagi ulushida eksport va import 


32 
o’rtasidagi farqli ko’rsatkich 2020 yilda qariyb 2,5 barobarni tashkil 
etadi (2.1-rasm).

Yüklə 2,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə