Buxoro davlat universiteti



Yüklə 0,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/23
tarix20.04.2022
ölçüsü0,85 Mb.
#85755
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   23
O`zbekiston respublikasi oliy va o`ta maxsus ta`lim vazirligi

3.2

 

Nukleotidlar 



 

Nukleotidlar- nukleozidlarning  fosfatlaridir.  Odatda nuleozidlarda  pentoza 

qoldig`ining  C-3  yoki  C-5  holatidagi  gidroksil  guruh  fosfat  kislota  bilan  

eterifikatsiyalangan 

bo`ladi. 

Pentozaning 

tuzilishiga 

qarab 


nukleotidlar 

ribonukleotidlar  (RNK  ning  monomer  zvenosi)  va  dezoksiribonukleotidga    (DNK 

ning monomer zvenosi) bo’1inadi. Nukleozidlar tarkibidagi  shakarning odatda 5-

holatiga  bitta  ,  ikkita    yoki  uchta    fosfat  kislata    qoldiqlari  zanjirsimon  birikib, 

nukleozid  nomo, di- va tri fosfatlar  hosil qiladi.  Masalan: Adenozin monofosfat 

(AMF),  adinozindifosfat  (ADF)  va  adenozintirifosfat      (ATF  shular    jumlasiga 

kiradi: [11-14] 



 

32 


 

 

Nukleotidlar nomenklaturasi  ikki   prinsip assosida tuzilgan bo`ladi:   Ular  



nukleotidlarning  fosfat    efiri  sifatida  qaralganda    adenozin    unumlarini      AMF,   

ADF,    ATF    deb    ataladi.  Yoki      kislotali    fosfat    gruppasi  bo`lganidan    ularni  

nukleozidlarning  kislotali  unumlari  sifatida  adinilat, dezoksiadenilat, uridilat  va 

timidilat  kislotalar deb ataladi [4-6]. 

 



 

33 


 

            

Nukleozid va nukleozidtrifosfatlar  ko`pincha unumlashtirib   nukleozidpoli-

fosfatlar    deb  yuritiladi.  Nukleotidlarning    ahamiyati    juda  katta.  Nukleozidpoli-

fosfatlar  ko`pchilik biokimyoviy  reaksiyalarning  koenzimlari va energiya manbai 

hisoblanadi:  ular  oqsillar,  uglevodlar,  yog`lar  va  boshqa  moddalarning  

biosintezida ishtirok etadilar.  

 

 



 

  ADF    va    ATF  molekulalaridagi    fosfat    kislata  qoldiqlarining    angidrid  

bog`lari  energiyaga  haddan  tashqari  boy.  Bu  bog`lar  makroenergetik  bog`lar 

deyiladi.  Bu  makroenergetik  bog`larning  gidrolitik    parchalanishi  natijasida  ko`p 

miqdorda energiya ajralib chiqadi.  Agar oddiy murakkab  efir  bog`i   2000-3000 

k\kall    energiya  zapasi  saqlasa,  makroenergetik  bog`lar    1000-16000  gacha  k\kall  

energiya zapasini, o`zida saqlaydi [3-8]. 



 

34 


ATFNING HUJAYRADAGI ENERGETIK ROLI 

 

Organizmda  juda  ko’p  trifosfonukleotidlar  uchraydi.  Ular  eng    avvalo 

nuklein  kislotalar  sintezi  uchun  juda  muhimdir.  Chunki  ular  polipeptid  zanjirini 

hosil  qilishda  ishtirok  qiladi.  Bundan  tashqari  juda  ko’p  reaksiyalarni  koferment 

sifatida  katalizlaydi.  Bular  orasidan  hujayra  bioenergetikasida  adenozintri-

fosfatning (ATF) roli beqiyosdir. Undan adenozinsiklaza fermenti yordamida siklik 

adenazin monofosfat hosil bo’ladi. Hosil bo’lgan nukleotid biologik jihatdan faol 

bo’lib, garmonlar ta’sirida hujayra metobolizmida qatnashadi.   ATF  barcha  tirik 

hujayralarda  energiyani  hosil  qilish,  saqlanishi  va  tashilishida  ishtirok  qiladi.  Bu 

moddaning  muhim  xususiyati  shundaki,  molekula  tarkibidagi  yuksak  energiyaga 

ega bo’lgan (fosfoergik) bog’lar uzilishidan oddiy kimyoviy bog’ga qaraganda 4-5 

baravar ortiq energiya ajraladi



Adenozintrifosfataza fermenti ishtirokida ATF dan 

bir  molekula  suv  ajralib  ADF  hosil  bo’ladi  va  bu  reaksiyada  8-kkal  energiya 

ajraladi.  

ATF + H

2

O     =       ADF + H



3

PO

4



 + 8 kkal  

 

ADF ham ATF singari makroergik birikma bo’lishidan tashqari, biroq 



uning tarkibida ikki molekula fosfat kislotasi qoldig’ini saqlaydi. 

 

 



ADF  moddalar  almashinuvining  oraliq  bosqichida  muhim  rol  o’ynaydi. 

Chunki u aerob fosforlanish jarayoni uchun birlamchi akseptordir. Bundan tashqari 

ADF dan bevosida miokinaza fermenti ishtirokida ATF sintezlanadi. Bu jarayonda 



 

35 


miokinaza bir molekula ADF dagi fosfatni boshqasiga o’tkazadi va natijada ATF 

va AMF hosil bo’ladi.   

2ADF     =      ATF + AMF 

Adenozinmonofosfat  makroergik birikma  emas, unda  fosfat kislotasi riboza 

bilan oddiy fosfoefir bog’ hosil qilgan. Adenozinmonofosfat-ATF uglevodlarning 

anaerob  va  aerob  parchalanishidan  hosil  bo’ladi.  Bu  jarayonni  quyidagi  umumiy 

tenglama bilan ifodalash mumkin: 

 

2C



6

H

12



O

6

+ 6O



2

 + 38ADF + 38H

3

PO

4    =  



38ATF + 6CO

2

+44H



2

O=2800kJ 

 

Tenglamadan  ko’rinib  turibdiki,  uglevodlar  almashinuvi  jarayonida  38 



molekula ATF hosil bo'ladi.  


 

36 



Yüklə 0,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə