Buxoro davlat universiteti


  Nuklein  kislotalar  (DNK) ning birlamchi strukturasi



Yüklə 0,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/23
tarix20.04.2022
ölçüsü0,85 Mb.
#85755
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   23
O`zbekiston respublikasi oliy va o`ta maxsus ta`lim vazirligi

3.3  Nuklein  kislotalar  (DNK) ning birlamchi strukturasi 

 

DNK  tuzilishining  o`ziga    xos    xususiyatlarini  tushinish  uchun  birinchi 



marotaba E. Chargaf  (1949-yil) tomonidan aniqlangan  va keyinchalik  “Chargaf 

qoidalari“ deb nomlangan azot asoslari miqdoriy saqlanishi haqidagi qonuniyatlar 

muhim  ahamiyatga  egadir.    Turli  manbalardan  ajratilib,  tozalangan    DNK  tarkibi 

tekshirilganda quyidagilar aniqlandi. 

1.

 

Purin va pirimidinlar molekulyar qismi  tengdir 



                             A+G=S+T    yoki    A+G\S+T=1 

  2.Adenin  va  sitozinning  miqdori , guanin  va timining  miqdoriga tengdir 

                               A+S= G+T    yoki     A +SU \G + T=1 

 

  3.Adenin  miqdori  timin  miqdoriga  teng,  guanin  miqdori    esa  sitozin 



miqdoriga   teng . 

                               A=T  va  G=U ;    A/T=1    G/U=1 

  4.Guanin  bilan  sitozin  molyar  konsentratsiyalari  yig`indisining  adenin  

bilan  timinning  molyar  konsentratsiyalari  yig`indisiga  nisbati  turli   manbalar-

dagi    nuklein    kislotalarda    turlicha    bo`ladi.    Bu    spesifiklar    koeffisenti      deb  

ataladi  va  (G +U)/(A +T  )shaklida  ifodalanadi.  

   Har  xil  organizmlardan  olingan  DNKning  nukleotid  tarkibi    jadvalda 

berilgan . Unda

 

 G+S/A+T 



qiymatlari    ham  berilgan.  Ularning  nisbati  yuqori 

o`simliklarda  va hayvonlarda kam o`zgarib, doim birdan past (0.54-0.94) qiymatga 

ega. Tuban o`simliklarda, bakteriyalarda  bu nisbat  keng miqyosda o`zgarib turadi 

[9-10].  

  Bunda  spesifiklik    koeffitsiyenti    0.45-2.57    oralig`idadir.  Shuning  uchun 

ham G+S/A+T ning nisbati DNK ning  spesifiklik  koeffitsiyenti deb ataladi, undan 

turlarni,  ayniqsa  mikroorganizmlarni  aniqlashda  toksomik  belgi  sifatida    foydala-

nish mumkin. Agar  G+S/A+T ning qiymati  birdan kam bo’lsa, bunday  DNK  AT 

tipga, agar uning  qiymati birdan katta bo’lsa  GS tipga kiradi. 



 

37 


  Yuksak  o’simliklar  va  hayvonlar  DNKsi  AT  tipga    mansub.  Ularda  GS 

miqdori  28-50  %    atrofida  o`zgarib  turadi  .  Agar  evolyutsion  pog`ona    bo’ylab 

pastga tushsa, uning miqdori keng  miqyosda o`zgarib boradi . 

  Zamburug’larda,  suvo’tlarda    va    bakteriyalarda    GS    miqdori  28-70% 

atrofida  o`zgarib  turadi.  Ularni  DNK  si  ko’pincha  GS  tipga  mansub.  Sil 

tayoqchasidan (qushlarda  uchraydigan turida AT juftining umumiy  miqdori 30%  

GS juftiniki 70 %  bo’ladi) [5]. 

  A.N.Belozerskiy  va uning  o’quvchilari olgan natijalarga  asosan  tabiatda 

AT  –tur    DNK  (xordali  va  umurtqasiz  hayvonlarda,  yuqori  o’simliklarda,  ba’zi 

bakteriya,  zamburug’li  organizmlarda)  va  GS  tur  DNK  (aktinomitsinlar,  ba’zi 

bakteriya va viruslar) mavjudligi ko’rsatilgan . 

 Monomer molekulalar nuklein  kislotalarning strukturasi  birligi hisoblanadi 

va  ular mononukleotidlar deb ataladi 

DNK molekulasidagi mononukleotid murakkab efir bog`i bilan  birikkandir. 

Bu  bog`  bir  mononukleotidlarning    fosfat  qoldig`i    bilan    boshqa  mononukleotid  

pentoza  qoldig`ining  3-gidroksil  guruhidan  hosil  bo’lgan  (3’,5’  fosfodiefir). 

Nuklein  kislotalar    nukleozid    monofosfatlarning      chiziqli  polimerlari  – 

polinukleotidlardir  [16].  Polinukleotidlarning    uchlari    tuzilishi    jihatidan    bir-

biridan  farq qiladi.Bir uchida erkin 5-fosfat  guruhi(5-uchi) bo’lsa, ikkinchi uchida  

erkin 3-OH guruhi (3-uchi) bo’ladi . 

  DNKning  birlamchi  strukturasini  qisqacha  tasvirlash  uchun    bir  xarfli  

nukleozidlar    simvollaridan  foydlaniladi.  A-adenozin,G-guanozin,  S-sitidin  ,T-

timidin. 

  DNK  strukturasining  yozuvi  “d”  (dezoksi  )  old  qo’shimchasi  bilan 

belgilanadi:  

                              d(G-G-S-A-T-A-T-T-G-S-… ) 

 

Ana shunday yozuvda chap tomonda  5-uchi  o’ng tomonda 3-uchi bo’ladi. 



Ba’zan polinukleotidlarni  bunga qarama-qarshi tarzda yozishga  to’g’ri keladi. Bu 


 

38 


holda  adashmaslik uchun   qo’shimcha  prefikslar qo’yiladi. (5’→3’)  A-T-A-A-G-

..... bu o’rinda 5’- uchi chap tomonda; yoki (3’→5’)  G-A-A-T-A  5-uchi o’ngda 

bo’ladi. 

  DNK molekulasining birlamchi strukturasi qisqacha  qilib aytganda birin –

ketin  joylashgan  ana  shunday  dezoksiribonukleotidlar qatoridan  iboratdir. 

 


Yüklə 0,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə