Buxoro davlat universiteti


  DNK ni ikkilamchi strukturasi



Yüklə 0,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/23
tarix20.04.2022
ölçüsü0,85 Mb.
#85755
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   23
O`zbekiston respublikasi oliy va o`ta maxsus ta`lim vazirligi

3.4  DNK ni ikkilamchi strukturasi 

 

1950-yilgacha DNK ning tarkibi haqida kam ma’lumot to’plagan va ularning  

strukturasi butunlay  noma’lum edi. 1953- yilda  ikki yosh ingliz olimlari  Uotson 

va  Krik DNK  molekulasi qo’sh  spiralli  tuzilishga ega ekanligini  kashf etdilar. 

Chunki qo’sh spiral modeli shu vaqtgacha qorong’i bo’lib kelgan  biologiyanig eng 

muhim    muammosi  –  nasliy  belgilarni  avloddan  –  avlodga  o’tish  mexanizmini 

yechib  berdi.  DNK  molekulasining    qo’sh  spiral  shaklda  bo’lishi  bizga  tabiiy  va 

sodda bo’lib ko’rinsa ham  bu g’oyaning tuzilishi DNK haqidagi  ma’lum bo’lgan 

ma’lumotlar:  nukleotidlarning  tarkibi  haqidagi  Chargaf  qoidalari,  Uilkins  va 

Franklin  tomonidan  DNKning    rentgen  strukturasi  analiz  yo’li  bilan  olingan 

rentgenogrammalarini  sinchiklab  o’rganish  va  DNKning  molekulyar    modellarini  

tadqiq  qilishga  asoslangn      mashaqqatli    ishlar  yakunidir.  Bu  ixtiro  “Buyuklik-

soddalik” degan eski haqiqatga yaqqol misoldir [3]. 

Uotson  va  Krik    taklif  qilgan  DNK  qo’sh  spiral    modeliga    binoan    DNK  

molekulasi 2 ta spiralsimon  burilgan  juda uzun dezoksiribonukleotid  zanjirlardan  

iborat. Bu spiralsimon zanjirlar  umumiy  o’q atrofida  to’g’ri o’ralgan bo’ladi.Har 

ikkala zanjirning geterohalqali  asoslari spiralning ichki qismiga joylashgan bo’lib, 

ular      vodorod    bog’lanishlar    yordamida    bir  spiralning  ikkinchi  spiral  oldida 

ushlab    turadi  Bunda  birinchi    zanjirning    adeninli  qoldiqlari  ikkinchi  zanirning  

timinli  qoldiqlari bilan bog’langan bo’lsa, birinchi zanjirning  guaninli  qoldiqlari  

boshqasining  sitozinli qoldiqlari bilan  vodorodli bog’lanishlar orqali bog’langan 

bo’ladi.  Birinchi  zanjirning    purinli  asoslariga    hamma  vaqt  ikkinchi  zanjirning   

pirimidinli  asoslari  mos  keladi  va  aksincha.  Pirimidinli    va  purinli  asoslarning  



 

39 


aynan shunday juftlashishi  DNK qo’sh spirallarining  zanjir  uzunligi  bo’ylab  bir 

xil  diametr (1.8-2 .0 nm) ga ega bo’lishini hamda  mustahkamligini  ta’minlaydi . 

   

1 - rasm.. A-T va G-S orasida vodorod bog’larining hosil bo’lishi




Yüklə 0,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə