Buxoro davlat universiteti


  DNK va irsiyat.  DNK biosintezi (replikatsiya)



Yüklə 0,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/23
tarix20.04.2022
ölçüsü0,85 Mb.
#85755
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
O`zbekiston respublikasi oliy va o`ta maxsus ta`lim vazirligi

4.1 

DNK va irsiyat.  DNK biosintezi (replikatsiya) 

 

DNKning qurilishi , biosintezi va vazifalarini o’ganish tarixi umumbiologik 



jihatdan muhim bo’lgan irsiyat muammosini yuzaga kelishi va uni  hal etish bilan 

bog’liqdir. 

XIXasrning  oxiri  XX-asrning  boshlaridagi    geneti  hamda  sitologik 

tadqiqotlar  belgilarning  nasldan – naslga o’tib borish  xromosomalarga bog’liqdir 

degan  xulosaga  olib  keldi.  Belgilarning  nasldan-naslga  o’tib  borishida 

xromosomalarning  ma’lum  bir    qismi-gen  bilan  o’tadigan    biror    irsiy  belgini 

ajratsa bo’ladi. Organizm barcha belgilarining  to’plamiga  barcha xromosomalar 

genlarining    to’plami  –  genotip  to’g’ri  keladi.  Belgilarning  nasldan  –naslga  o’tib 

borish  mexanizmining  izohi    genotip  o’z-o’zini  paydo  qilib  turadi    degan 

tushunchani  ham  qamrab  oladi.  O’z-o’zini  paydo  qilishi  natijasida  hujayra  

genotipi ikki barobar ortadi va keyingi bo’linishga qiz hujayralarning har biri  to’la 

genlar  to’plamini  oladi.  Bu  tushuncha  mitoz  jarayonda  xromosomlarning  ikki 

barobar ortib, tarqalib borish manzarasiga asoslanadi [14-16]. 

Xromasomalar  tarkibida  oqsil  va  DNK  bo’lganligi  uchun  irsiy  belgilarning 

nasldan-naslga  o’tib  borishida  shu  moddalarning  qaysi  biri  ishtirok  etadi,  degan 

savol  yuzaga  keldi.  XX  asrning  40-50-yillarida  irsiy  axborot  DNK  molekulasi 

tomonidan nasldan-naslga o’tib boradi degan ko’pgina tajriba ma’lumotlari paydo 

bo’ldi.  Bakteriyalarda  parazitlik  qilib  yashovchi  viruslar-bakteriofaglarning 

ko’payishini  o’rganish  ana  shuning  yorqin  dalillaridan  biri  bo’lib  xizmat 

qildi.Ichak  tayoqchasida  ko’payadigan  14  bakteriofag  morfologiyasi  ancha 

murakkab bo’lgan DNK va oqsil pardasidan tuzilgan. Fagning ikosaedrik shakldagi 

boshchasi  oqsil  pardasidan  tuzilgan,  ichi  g’ovak  silindrga  o’xshash  dumi  mavjud. 

Boshchasida bitta RNK molekulasi zich bo’lib joylashgan , dumining uchidan 6 ta 

ingichka ip chiqib keladi. Dumi qo’sh devorli bo’lib , kattaroq diametrdagi naycha 

ichiga  kiritib  qo’yilgan  naychaga  o’xshaydi.  Bakteriyaga  fag  yuqish  jarayoni 

molekulalar  ishtiroki  bilan  birma-bir  davom  etib  boradigan  murakkab  hodisadir. 




 

47 


Fag  bakteriya  yuziga  dumidagi  iplari  yordamida  birikib  oladi.  Shunda  dumning 

uchi  bakteriya  pardasida  mahkam  o’rnashib  qoladi.  Fagning  bakteriyaga  birikishi 

dumidagi iplari va dumi uchidagi oqsillarning bakteriya devoridagi moddalar bilan 

komplementar  tarzda  o’zaro  ta’sir  qilishiga  asoslangan.  Keyin  dumining  tashqi 

nayi  qisqarib  ichki  nayi  bakteriya  pardasi  orqali  o’tadi  va  boshqasidan  shu  parda 

orqali  bakteriya  ichiga    fag  DNKsi  “otilib  tushadi”,  ayni  vaqtda  fagning  oqsilli 

pardasi bakteriya yuzida qoladi. Bir muncha vaqtdan keyin o’nlab daqiqalar bilan 

o’lchanadigan bakteriyada endi oqsilli pardani ham, uning ichida joylashgan DNK 

si  ham  bo’ladigan  necha  yuzlab  fag  zarralari  topiladi.Bu  jarayondan  fagning 

tuzilishi  to’g’risidagi  axborotning  hammasi  uning  DNKsida  bo’lar  ekan  degan 

xulosa kelib chiqadi [7]. 


Yüklə 0,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə