Buxoro davlat universiteti



Yüklə 0,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/23
tarix20.04.2022
ölçüsü0,85 Mb.
#85755
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
O`zbekiston respublikasi oliy va o`ta maxsus ta`lim vazirligi

         XULOSA ………

……………………………………………………        48 

         Foydalanilgan adabiyotlar

…………………………………………         49 

 

 



 



K I R I S H 

 

Mustaqil  O`zbekiston    Respublikamizda    bir  necha  yildan  buyon  yoshlarga 



katta  e’tibor  beriladi.  Zero  prezidentimiz    ta’kidlaganidek    yoshlar      bu  –

kelejagimiz    poydevoridir.  Davlatimiz  sog’lom  va  barkamol  avlodini  tarbiyalash, 

yoshlarni o’z ijodiy va intellektual  salohiyatini ro`yobga chiqarish, mamlakatimiz 

yigit – qizlarini XXI-asr  talablariga  javob  beradigan  har tomonlama  rivojlangan  

shaxslar  etib    voyaga  yetkazish    uchun  zarur    shart  –sharoitlar   va  imkoniyatlarni  

yaratish  bo`yicha keng ko`lamli aniq yo`naltirilgan  chora tadbirlarni amal oshirish  

maqsadida muhtaram prezidentimiz I.A Karimov 2010-yilni “Barkamol avlod yili“ 

deb e’lon qildilar. 

O`zbekiston Respulikasi  prezidentining 2010-yil 28- yanvardagi “Barkamol 

avlod    yili”    to`g`risidagi    qarorida    ilm  fanni  yanada  rivojlantirish  .iqtidorli  va 

qobiliyatli  yoshlarni  ilmiy  faoliyatga  keng  jalb  qilish,  o`z  ijodiy  va  intellektual  

faoliyatini  ro`yobga  chiqarish  uchun    sharoit  yaratishga  doir  kompleks  chora  

tadbirlarni ishlab chiqish “Barkamol avlod yili” dasturida asosiy vazifalardan biri 

etib belgilab berilgan [1-2]. 

O`zbekiston    Respulikasi  prezidenti  I.A.Karimovning  Toshkentda  2010-yil 

28-yanvar  kuni  O`zbekiston    Respublikasi    Oliy  majlis    qonunchilik  palatasi  va 

senatining  qo`shma  majlisida    “Mamlakatimizni  modernizatsiya  qilish  kuchli 

fuqarolik jamiyatini  barpo etish – ustuvor maqsadlarimizdir ” mavzusidagi  hamda 

2010-yil 29-yanvarda 2009-yilning yakunlari va 2010-yilda O`zbekistonni ijtimoiy 

iqtisodiy  rivojlantirishning  ustuvor  yo`nalishlariga  bag`ishlangan  Vazirlar 

mahkamasining majlisidagi “Asosiy vazifamiz –Vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz 

farovonligini  yanada  yuksaltirish”  mavzusidagi  mazmun  tahlillarga  boy 

ma’ruzalari  biz  yoshlarni    ruhlantirib  yubordi.  Yurtboshimizning    ichki  va  tashqi 

siyosati    yosh  avlodni  qo’llab-quvvatlash,  fan    cho`qqilarini    egallash  uchun  

yaratgan qulay  sharoitlari ,g`amxo’rligiga javoban  biz yoshlar  mo`jizakor kimyo 

fani  sirlarini  ilg`or  zamonaviy  pedagogik    va  axborot  texnologiyalarini    chuqur 




 

o’zlashtirishimiz  jonajon O`zbekistonimiz , xalqimiz va prezidentimizga  sodiq ,  



ma’nan  barkamol  mutaxassislar   bo’lib yetishishga  bor  kuchimiz  va g’ayrati-

mizni  sarflaymiz [1-2]. 

Shu  o`rinda  ta’kidlash  lozimki    nuklein  kislotalar  organizm  uchun    zarur 

biopolimer  moddalardir. 

Oqsillar  sintezi  jarayoni  ,organizmlarni  irsiy  va  genetik    o’zgaruvchanligi 

mexanizmlari, irsiy kasalliklarni  kelib chiqishi va avj olib  borishi mexanizmlarini  

tushuntirish  uchun  nuklein  kislotalarni  tuzilishi  to’risidagi  bilimlar  zarur  bo’lib 

qoldi.  Bu  masalalarga  faqat  20-yilning  oxirida,  hujayra  yadrosidagi    xromoso-

malarda,  nuklein  kislotalaning    bir  turi-dizoksiribonuklein  kislota  (DNK)  ko`p 

miqdorda topilishi tufayli chuqur e’tibor  bera boshlandi. 

DNK  tuzilishi,  nukleotidlar  tarkibi,  strukturasi    va  biosintezini  chuqur 

o’rganish  XX-asr  ikkinchi  yarmida  biokimyo  fani    sohasidagi    buyuk  kashfiyot-

lardan biri hisoblanadi. 

 


Yüklə 0,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə