Buxoro davlat universiteti



Yüklə 0,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/23
tarix20.04.2022
ölçüsü0,85 Mb.
#85755
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   23
O`zbekiston respublikasi oliy va o`ta maxsus ta`lim vazirligi

 

 

 

 


 

19 


2. DNK ning kashf etilishi va uning biokimyodagi ahamiyati

 

         



 Asrimiz    o’rtalari  biokimyo  tarixida  o’zgarish  yasalgan  bosqich  bo’ldi. 

Molekulyar  darajadagi  tekshirishlarning  so’ngi  30-40  yil  mobaynida  tarqqiyoti  

nafaqat  bokimyo    balki  butun  biologiya  strukturasini  uning  metodlarini  ,emperik 

asoslarini qayta ko’rib chiqishga olib keldi . 

Asrimizning  50-60  yillarida  genlar  replikatsiyasi  mexanizmini      tushuntirib 

berishga  imkon ochgan. DNK tuzilishini aniqlagan  mahallarda  tekshirishlarning  

shu yo’nalishini  belgilash uchun yangi  nom molekulyar   biologiya  fani vujudga  

keldi. Molekulyar biologiya deb, avvaliga biokimyoviy  umumbiologik  hodisalar – 

irsiyat,  o’zgaruvchanlik,  biologik  evolyutsiyaning  molekuyar    asoslarini 

o’rganadigan bir sohasini  atashdi [15-16]. 

Lekin juda ham tez orada  bu termining ma’nosi  o’zgarib qoldi va buni bir 

muncha keng ma’noda ishlata boshlashdi. Hattoki gap shunga  bordiki “molekulyar 

biologiya”  va  “biokimyo”  degan  terminlarni  ba’zi  bioximiklar  sinonimlar  deb 

hisoblashdi.  Biokimyo  umuman  tuzilishi  jihatidan  barcha  darajadagi  tirik 

sistemalarning  rivojlanish    va  vazifalarini  ado  etib  borishga    sabab  bo’luvchi  

kimyoviy  va  fizik  –  kimyoviy  bo’limlari  bir-biri  bilan  mahkam  bog’lagan  va 

keskin qo’yilishi  mumkin bo’lmagan  sertarmoq bilimlar sohasidir. 

Biokimyoni hozirgi vaqtda juda  taraqqiy etib kelayotgan bo’limlaridan biri 

bu  nuklein  kislotalardir.  Nuklein  kislotalar    haqida  dastlabki  ma’lumotlar  1868  - 

yilda  Fredrix  Misher    tomonidan    kashf  etilgan  bo’lsada,lekin  ularning  ajoyib 

biologik xossalari XVIII asr o’ratalariga  kelib chuqur o’rganila boshlandi .  

Nuklein kislotalarning  aniq tuzilishi 50- yillardan  keyin, ularning biologik 

vazifasi,  biosintezi  va    boshqa  xusiyatlarini  tadqiq  etish  jarayonidagina  to’la 

tushunila  boshlandi.  Hozirgi    kunda  ham  bu  ishlar  davom  etadi.  Nulein 

kislotalarning  hujayra ichida tarqalishi va biologik roli haqida   muhim ma’lumot 

sitologiyaning  sitokimyo  usuli  yordamida  va  klassik  genetikada  xromosoma 




 

20 


nazariyasining  qabul  qilinishi  bilan  to’plana  bordi.  Natijada  bu  yo’nalishda  olib 

borilgan izlanishlar 40- yillarda ulug` kashfiyotga olib keldi. 

  Yigirmanchi  yillarning  oxirida  hujayra  yadrosidagi  xromosomada 

dezoksiribonuklein  ko’p  miqdorda  topilishga  e’tibor  bera  boshladilar.  Avvalo 

gistokimyoviy  felgen  reaksiyasi  (fuksin  sulfit  kislota  bilan  qizil  rang  hosil 

qilinishi)dan  foydalanib  DNKning  xromosomalarda  va  RNKning  sitoplazmada 

joylashishi  aniqlandi.  Xuddi  shu  yillarda  nasliy  belgilarning  avloddan  -  avlodga 

o’tishi xromosomalarda joylashgan genlarga bog’liq ekanligini tasdiqlovchi faktlar 

irsiyatning  xromosoma nazariyasini  uzil-kesil qabul qilishga olib keldi 

Shuningdek, genlarning fermentlarni idora qilishi, yangi biokimyoviy   jara-

yonlarni boshqarilishi  haqida ko`plab ma`lumotlar to`plana boshlandi.  1928  yilda 

ingliz olimi Fred  Griffits pnevmakoklarning kasal qo`zg`atmaydigan turli hujayra-

larni  ularning  kasal  qo`zg`atadigan,  lekin  yuqori  tempraturada  qaynatish  bilan 

to`ldirilgan  (kasal  qo`zg`atish    qobiliyatini  yo`qotgan)  hujayralari  bilan  qo`shib 

kalamushning tanasiga kiritib, unda kasallikning  paydo bo`lganini kuzatdi [3]. 

Bu  tajriba  bakteriyaning  bir  turiga  xos  xususiyatni  (kasallikni  qo’zatish) 

uning  (o`ldirilgan  hujayrasidan)  ikkinchi  turga  o`tib  uning  tirik  hujayralarini 

o’zgartirishini  tasdiqlanadi.  Bu  hodisa    mikroblar  transfomatsiyasi  deb  ataslib, 

o`ldirilgan  hujarada  tirik  hujayrani  o`zgartira  oladigan  qandaydir  omil  (transfor-

matsiya chiqaruvchi) ning  mavjud bo`lishiga bog`liq deb qabul qilindi. 

Bu faraz keng tadqiqot qilinsa ham transfirlovchi agentning kimyoviy tarkibi 

deyarli  yana  10  yil  mobaynida    noaniq  bo`lib  turdi    Bu  omilni  tozalash  va  uni 

kimyoviy      tabatini  aniqlash  ustida  olib  borilgan  tadqiqotlar  1944  -  yilda  ulug` 

kashfiyotga  sabab  bo`ldi.  Mana  shu  yili  amerikalik  olim  Everi  o`zining 

kasbdoshlari Mak  Leod va Mak Kartilar bilan 10 yillik ishlari yakunini e’lon qildi. 

Bu  mashhur  maqolada  pnevmakoklarning  bir  turini  ikkinchi  turga  aylantiradigan 

modda    bu  DNK  ekanligi  tasdiqlandi.  DNK  nasliy  belgilarni  tashuvchi  molekula, 

chunki  o`ldirilgan  pnevmakoklarning  kasallik  chiqarish  qobiliyatini  DNK  

molekulasiga    bog`liq  va    DNK  ta`sirida  bu  qobiliyat  tirik,  lekin  kasal  chaqirish 



 

21 


qobiliyatidan    mahrum      bo`lgan  bakteriyalarga  uzatiladi  va  hujayra  ko`payganda 

avloddan  -  avlodga  o`tadi.  Shubhasiz  bu  kashfiyot  molekulyar  biologiyaning 

poydevoriga  salmoqli  hissa  qo`shdi.  Bu  yillar  asosiy  tadqiqotlar    bakteriyalar  va 

viruslarda  o`tkazilib  ularning    nasliy  xususuiyatini  saqlanishi,  uzatilishi 

transformatsiyasining  molekulyar  mexanizmini  aniqlashda  qator-qator  muhim 

kashfiyotlarga olib keldi. 1941-yilda ”bir gen - bir oqsil” formulasi fanda umumiy 

qoida    sifatida  qabul  qilindi.  Bidl  va  Tatum  tasdiqlagan  bu  qoidaning  ma’nosi  

genlar oqsil (ferment)lar  sintezini idora qilishi  prinsipini aniqlab berishdadir [5]. 

Bakteriyalarni  yemiruvchi    bakterial  deb  ataluvchi  eng  mayda  mikroorga-

nizmlarning nasliy materiali ham DNK ekanligi  isbotlanadi . 

Biokimyoni    keyingi  vaqtlarda  ko’p  olimlarning    diqqatini  o`ziga  jalb 

qilayotgan    yana  bir  bo`limi  biokimyoviy  genetika  juda  tez  rivojlanib  ,qisqa 

muddat  ichida  tabiatning  ajoyib  sirlarini  ochib  berdi.  Hozirgacha  olingan 

ma’lumotlar  DNK  xromosomalardagi      genlarni  saqlovchi,  irsiyatni  tashuvchi 

modda ekanligini to`la tasdiqlanadi. Avvalo  mikroorgaizmlarning bir tipi  ikkinchi 

tipidan  olingan  DNK  bilan  ishlanganda  uning    xususiyatlari  birinchi  tip 

mikroorganizmlarga  o’tishining  kuzatilishiga  asoslangan  DNKning    genetik  roli  

haqidagi tushuncha to`xtovsiz rivojlanmoqda. 

Eksperimental  tekshirishlar  irsiy  belgilarning  bir  avloddan  ikkichi  avlodaga 

o`tishini  belgilaydigan  genlar  DNK  molekulasining  alohida  segmentlardan 

(chegaralangan  qismlardan)  iborat  ekanligini  tasdiqladi.  Ana  shu  segmentlar 

maxsus RNK  sintezqilish orqali hujayra sitoplazmasida o`ziga xos oqsilni vujudga 

keltirish  bilan  DNK  molekulasidagi  axborotni  amalga  oshiradi.  Hujayra  va 

umuman organizmning o`ziga xos xususiyatlari esa ma’lum vaqtda, tegishli o’rinda  

kerakli miqdorda o`ziga xos oqsilning paydo bo’lishi bilan  belgilanadi. Endilikda  

oqsil  molekulasining  o`ziga    xos  sintezi  jarayoni  va  bu  jarayonning  xrromoso-

malarda    joylashgan  DNK  molekulalari  tomonidan    idora  qilinishi  yo`llari  kashf 

etilib    irsiy  belgilaring  bir  avloddan  ikkinchisiga  o`tish  va  molekulalarning 

strukturasi  bilan  ularning  biologik  vazifasi  orasidagi  bog`lanishning  aniqlanishi, 



 

22 


birinchi navbatda biologiya fanining  biokimyoviy ma’lumotlarga asoslangan eng 

yosh  sohasi  –  molekulyar  biologiyaning  dastlabki,  ammo  eng  muhim  yutuq-

laridandir.                                         

Hozirgi  zamon    biokimyosi  hayotiy  jarayonlarning  eng  chuqur  sirlarini 

ochish , oqsil sintezi, moddalar almashinuvi  va   naslni idora qilish  mammolarini     

hal  qilish  arafasida  turibdi.  Bu  muhim  vazifalarnig  hal  etilishi    qilshloq  xo’jaligi 

o`simliklari    hosildorligini  va  hayvonlar  mahsuldorligini  oshirish    odamlar  uchun  

eng  og`ir  ofat  bo`lgan    rak  ,  virus  kasalliklari,  irsiy  kasalliklar    va    yurak  –  qon 

tomir  kasalliklarini  yengish  ,umrni  uzaytirish  kabi  muammolarni  hal  qilishning 

asosini yaratadi . 

 DNK  biokimyosini  tushunishda  keyingi  yillarda  ajoyib  muvaffaqiyatlarga 

erishilgan, bu ma’lumotlar asosida organizmlar genini o`zgartirish, tuzatish, yangi 

genlar kompleksi, yangi sun’iy yo`l bilan organizmlarni yaratish davri ham ochildi. 

Nuklein  kislotalarning  biologik  roli  cheksiz  buyukdir.  Barcha  nuklein 

kislotalar  yuksak molekulyar birikmadir. Ularni eng kichik vakillarini molekulyar 

masasi  25  ming  atrofida  bo`lsa,  eng  kattalariniki  bir  mliardga  yetadi.  DNK 

molekulalari hujayradagi eng katta molekulalar qatoriga kiradi. 

Odam  hujayralaridagi  DNK  molekulalarining    uzunligi  bir  necha  sm  ga 

boradi. Har bir xromosoma DNK si nihoyat darajada  katta bitta molekuladan  yoki  

kattagina    sondagi    shunday  molekuladan  iborat  bo`lsa    ajab  emas.  Odamning  23 

juft  xromosomalaridagi  DNKning  umumiy  uzunligi    taxminan  1.5  metrga  teng. 

Viruslar va bakteriyalar  hujayralarida  aksari yagona DNK molekulasi bo`ladi. 

 


Yüklə 0,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə