Riboza Dezoksiriboza
10
DNK tarkibida purin azotli asoslardan A vaG, pirimidin azotli asoslardan S
va T lar uchraydi. Uglevod komponentlaridan dezoksiriboza kiradi va nihoyat
fosfat kislota kiradi [13].
RNK tarkibida purin azotli asoslardan A va G, pirimidin azotli asoslardan S
va U lar uchraydi. Uglevod komponentlaridan riboza kiradi va bunda ham fosfat
kislota qoldig`i bo’ladi.
Azot asoslari
11
Purinlar - Purinlar tarkibiga A vaG kiradi. Pirimidinlar – Ular tarkibiga Ц ,
Т va У kiradi
Fosfat guruh
Nukleotidlar tarkibiga ortofosfat kiradi. U molekulada bitta (mono-),
ikkita (di-), uchta (tri-) bo’lishi mukin .
Shundan kelib chiqqan holda, tarkibida riboza saqlagani ribonuklein kislota
(RNK) va dezoksiriboza saqlagani dezoksiribonuklein kislota (DNK
)
deb ataladi.
DNK asosan hujayra yadrosida, RNK sitoplazma va ribosomada uchraydi.
Barcha tirik mavjudodlarda DNK va RNK mavjud, faqat ayrim viruslarda
DNK yoki RNK bo’ladi. Shuning uchun ham viruslar DNK li va RNK li viruslar
deb yuritiladi. Nuklein kislotalar tarkibida azotli asoslarni saqlaydi va bu azotli
asoslar ikki guruhga bo’linadi. Purin asoslarga adenin va guanin kiradi, pirimidin
asoslariga uratsil, timin va sitozin kiradi. RNK tarkibiga adenin, guanin, sitozin va
uratsil kirsa, DNK tarkibiga adenin, guanin, sitozin va timin kiradi.
Purin va pirimidin asoslari riboza va dezoksiriboza bilan birikishidan
nukleozidlar hosil bo’ladi. Bunda molekula tarkibida bitta azotli asos va bitta
uglevod qoldig’ini saqlaydi. Nukleozidning pentoza radikali bilan efir bog’i orqali
fasfat kislota qoldig’i bilan birikishidan nukleotidlar hosil bo’ladi.
12
“Nukleozid” va “nukleotid” terminlari 1908-1909 yillarda birinchi marta
F.Leven tomonidan ilgari surilgan. “Nukleozid” va “nukleotid”lar tuzilishi va unda
fosfodiefir bog’larining roli haqidagi eng ishonchli ma’lumot 1952 yilda A.Todda
boshchiligidagi anglyalik olimlar maktabi tomonidan ishlab chiqarilgan. Nuklein
kislotalar polinuklotidlardan tashkil topgan tabiiy yuqori molekulyar birikmadir.
Nuklein kislotalarning ba’zi struktura elementlari polimer bo’lmagan ATF, ADF,
AMF lar shaklida fermentlar tarkibiga kiradi va energiyani akkumulyatsiya qilsh,
o’tkarish va tashishda ishtirok qiladi. Shu bilab birga bir qator erkin nukleotidlar
fermentlarning faol koforment guruhi sifatida katalitik reaksiyalarda ishtirok qiladi.
Nuklein kislotalar tarkibi gidroliz asosida o’rganiladi. Ular bosqichma-
bosqich gidroliz qilinganda ketma-ketlikda nukleotidlar, nuklezodlar, fosfat
kislotasi, azotli asoslar va uglevodlar hosil bo’ladi. Nuklein kislatalar kimyoviy
tuzilishlari bo’yicha molekulyar og’irliklari 20000 dan bir necha millionlarga teng
bo’lgan polinukleotidlardir. RNK DNK ga nisbatan ancha sodda, molekulyar
og’irliki ham kichikroq, tartibiga kiradigan mononukleotidlar soni 70-100 ming
orasida, DNKda esa 100 milliongacha etadi. DNK tuzilishiga ko’ra qo’shaloq
spiraldan iborat. Bu ikki spiral orasida azotli asoslar o’zaro komplementar holda
vodorod bog’lanish hosil qiladi va bu komplementarlikda purin asoslariga
pirimidin asoslari mos keladi. Polinukleotid molekulasida mononukleotidlar o’zaro
fosfat kislata orqali ulanganlar. Fosfat kislota ikkita qo’shni nukleotidlar uglevot
qoldiqlarini 3
ﺍ
-va 5
ﺍ
-atomlari bilan efir bog’lari xosil qilganidan uni 3
ﺍ
- 5
ﺍ
fosfodiefirlar deb ataladi.
Dostları ilə paylaş: