Buxoro davlat universiteti



Yüklə 0,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/34
tarix11.06.2022
ölçüsü0,78 Mb.
#89325
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34
Ergasheva aziza farmonovna “turizm biznesida samaradorlikni oshi

Ishning dolzarbligi.
Hozirgi kunda mamlakatimizda 4 ta turistik hudud 
tashkil etilgan bo`lib, Buxoro viloyati ham bu tuzilmaga alohida ahamiyatga ega. 
Ayniqsa Buxoro viloyati tarixiy-madaniy turizmni rivojlantirishda juda katta 
potentsialga ega. Viloyatimizda mavjud bo`lgan xalq hunarmandchiligining xilma-
xil turlari, tarixiy obidalar o`ziga xos milly urf odatlar, xorijiy turistlarni jalb qilish 
uchun noyob turistik obye`kt bo`lib xizmat qilib kelmoqda. 


13 
Turizmni rivojlantirishda hunarmandchiligimiz nechog`lik muhim ekanligi, 
bu yo`l bilan chet ellik sayyohlarni ko`proq jalb etish mumkinligi rejasini ishlab 
chiqish, yarmarkalar, ko`rgazma va mahorat darslarini tashkil etish orqali turizm 
biznesida samaradorlikni oshirish ushbu mavzuning dolzarbligini izohlaydi.
Magistrlik dissertatsiyasining tadqiqot ob`yekti va predmeti. 
Buxoroda 
mavjud 
hunarmandchilik 
turlari, 
hunarmandchilik 
mahsulotlari 
ishlab 
chiqaruvchilari, shuningdek hunarmandlar faoliyat olib borayotgan hudud 
hisoblanadi. 
Milliy hunarmandchilik samaradorligini oshirish maqsadida ishlab 
chiqiladigan strategiyalar, qo’llaniladigan innovatsion loyihalar, turistik tadbir va 
dasturlar ilmiy tadqiqot predmeti hisoblanadi. 
Ishning maqsadi va vazifalari.
Ishning maqsadi turizm biznesida, ya`ni 
milliy hunarmandchiligimizda samaradorlikni oshirishning innovatsion yo’llarini 
nazariy jihatdan asoslab, amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. 
Ushbu maqsaddan kelib chiqib bir necha vazifalarni amalga oshirish ko’zda 
tutiladi:
Turizm biznesida samaradorlik tushunchasi va uning iqtisodiy mohiyatini 
nazariy asoslab berish; 
-
TURIZM biznesida iqtisodiy samaradorlik ko`rsatkichlar tizimini yoritish; 
-
Hunarmandchilikning turizm sanoatida, Hindiston va Iordaniya kabi 
davlatlarda hunarmandchilikning turizmda tutgan o`rnini tahlil qilib, 
hududga mos hunarmandchilik turlarini aniqlash; 
-
Milliy hunarmandchiligimizning samaradorligini oshirish bo`yicha amalga 
oshirilayotgan ishlar tahlili; 
-
Hukumatimizning sayyohlarni jalb qilish uchun olib borayotgan siyosatini, 
O’zbekistonda faoliyat olib borayotgan hunarmandlarni yanada qo`llab-
quvvatlash strategiyasini nazariy asoslab taklif berish;
-
Hunarmandchilikda samaradorlikni oshirishda hunarmandchilkning yangi 
turlarini tadbiq etish; 


14 
-
Buxoro viloyati hududida milliy hunarmandchilikning samaradorligini 
oshirishning innovatsion loyiha va dasturlarini ishlab chiqish. 

Yüklə 0,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə