Buxoro davlat universiteti


Magistrlik dissertatsiyasining ilmiy izlanishlaridagi asosiy vazifalari



Yüklə 0,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/34
tarix11.06.2022
ölçüsü0,78 Mb.
#89325
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   34
Ergasheva aziza farmonovna “turizm biznesida samaradorlikni oshi

Magistrlik dissertatsiyasining ilmiy izlanishlaridagi asosiy vazifalari 
quyidagilardan iborat: 
-
Hududda milliy hunarmandchilikning rivojlanish holatini o`rganish; 
-
Buxoroda turizmni rivojlantirishda hunarmandchilikni ravnaq topish 
strategiyalarini ishlab chiqish; 
-
O’zbekistonda milliy hunarmandchilikning rivojlantirish bosqichlarini 
o’rganib, ayni paytdagi holatini izohlash va ushbu sohaning zaif 
tomonlarini ilmiy-amaliy asosda tushuntirib berish; 
-
Milliy hunarmandchilikning samaradorligini oshirish maqsadida takliflar 
ishlab chiqish. 
Tadqiqot metodlari.
O`zbekiston Respublikasining sohaga oid qonunlari
farmon va qarorlari, Vazirlar mahkamasining qarorlari, O`zbekiston Respublikasi 
turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi tomonidan ishlab chiqilgan me’yoriy 
hujjatlar, turizmni rivojlantirish Davlat qo`mitasi Buxoro viloyat boshqarmasi
qonunlari kabilarga tayaniladi. Unda guruhlash, SWOT-tahlil, analiz va sintez kabi 
usul va uslublardan foydalaniladi. 
 Ishning yangiligi.
Ushbu dissertatsiya hududning mavjud va istiqboldagi 
tashkiliy-huquqiy normativlari, dasturlari, rejalariga asosan xorijiy va mahalliy 
sayyohlar oqimini ko’paytirishda Buxoro viloyatida mavjud bo’lgan turistik 
resurslardan 
samarali 
foydalangan 
holda 
hududda 
samara 
beradigan 
hunarmandchilikning ayrim turlarini joriy qilish, har xil segmentdagi sayyohlarni 
jalb qilishda keng assortimentli savdo majmuasini tashkil etishni, tadbir va 
marosimlar ishlab chiqishni taklif etadi. 
Jumladan, Buxoro shahri hududida “Hunarmandlar” savdo majmuasini 
tashkil etib, u yerda hududda mavjud 34 xil yo`nalishda faoliyat yuritib 
kelayotgan hunarmandlar uchun o`z hunarmandchilik mahsulotlarini sotish, ularni 
muzey orqali ota-bobalirimizdan qolib kelayotgan meros ekanligini namoyish etish 


15 
uchun shart-sharoitlarni yaratib berishga qaratilgan. Mavjud imkoniyatlar 
darajasida, yaratilayotgan imtiyozlar orqali turistlar orasida xaridorbop 
hunarmandchilik mahsulotlarini yangi ilg`or texnologiyalarni jalb etish asnosida 
ishlab chiqarish kerakligini ta`kidlab, G`ijduvon, Shofirkon va Buxoro tumanlarida 
craft turizmni tashkil etishdan iborat. 

Yüklə 0,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə