Buxoro davlat universiteti


Ilmiy ishning amaliy ahamiyati



Yüklə 0,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/34
tarix11.06.2022
ölçüsü0,78 Mb.
#89325
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   34
Ergasheva aziza farmonovna “turizm biznesida samaradorlikni oshi

Ilmiy ishning amaliy ahamiyati. 
Dissertatsiya ishida yoritilgan barcha uslubiy va amaliy tavsiyalar turizm 
sohasida hunarmandchilik va hunarmandchilik mahsulotlarining o’ziga xos 
xususiyatlarini ochib berish orqali turizm samaradorligini oshirish yo’nalishlarini 
aniqlash uchun xizmat qilishi mumkin.
Shuningdek, Buxoroning turistik destinatsiyaga aylanishida undagi mavjud 
barcha imkoniyatlardan to’laqonli foydalanib, noodatiy innovatsion loyihalarni 
taklif etish orqali turistik tashriflarning yillik oqimini ta’minlash imkoniyatiga ega 
bo’linadi.
Dissertatsiya ishi bo`yicha chop etilgan ilmiy ishlar: 
Ilmiy tadqiqot natijasi 
bo`yicha 4 ta ilmiy maqolalar, shu jumladan, 2 ta xorijiy ilmiy-amaliy anjuman 
to`plamida, 1 ta respublika ilmiy-amaliy anjuman to`plamida va 1 ta Buxoro davlat 
universiteti, magistirlarning maqolalar top`lamida chop etilgan. 
Dissertatsiya tarkibi. 
Qo`yilgan maqsad va vazifalardan kelib chiqgan holda 
dissertatsiya ishi kirish, uch bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar hamda 
ilovalardan tarkib topgan. 
Dissertatsiyaning kirish qismida mavzuning dolzarbligi, uning o`rganilganlik 
darajasi, ishning ilmiy tadqiqot ishlari rejalari bilan bog`liqligi, tadqiqot maqsadi, 
nazariy, metodologik va uslubiy asoslari, predmeti, obyekti, ilmiy yangiligi
natijalarning ilmiy va amaliy ahamiyati, joriy qilinishi bo`yicha ma`lumotlar bayon 
qilingan. 
Dissertatsiyaning

Turizm biznesida samaradorlikning nazariy asoslari
” 
deb 
nomlangan birinchi bobida turizm biznesida samaradorlikning iqtisodiy mohiyati, 
samaradorlik ko`rsatkichlarining turlari, samaradorlikni ifodalovchi ko`rsatkichlar 


16 
tizimi, turizm biznesida samaradorlikni oshirish yo`llari kabi masalalar ochib 
berilgan. 
Dissertatsiyaning “Milliy hunarmandchilikning turizmda tutgan o`rni
” 
deb 
nomlangan ikkinchi bobida hunarmandchilikning turizm sanoatida tutgan o`rni, 
Hindiston va Iordaniyada milliy hunarmandchilikning o`ziga xos xususiyatlari 
haqida to`xtalib o`tilgan.
Dissertatsiyaning “Turizm biznesi tizimida milliy hunarmandchilikning 
samaradorligini oshirish yo`nalishlari
” 
deb nomlangan uchinchi bobida Buxoro 
viloyatida milliy hunarmandchilikning turizmda tutgan o`rni haqida xususan milliy 
hunarmandchilik turlari haqida, milliy hunarmandchilik bilan shug`ullanayotgan 
hunarmandlar haqida, milliy hunarmandchilikning samaradorligini oshirish 
bo`yicha mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ishlar tahlili va shuningdek milliy 
hunarmandchilik samaradorligini oshirish yo`llari to`g`risida takliflar berilgan. 
Dissertatsiyaning xulosa qismida tadqiqot jarayonida olingan asosiy xulosa va 
takliflar berilgan. 
Ilovalar qismi jadval, rasm va ilmiy maqolalardan tashkil topgan. 
Dissertatsiyaning xulosa qismida
 
tadqiqot jarayonida olingan asosiy xulosa va 
takliflar berilgan. 


17 

Yüklə 0,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə