Buxoro davlat universiteti xorijiy tillar fakulteti ingliz tilshunoslik kafedrasi


O’ZBEK TILIDA SODDA VA MURAKKAB GAPLARNING TASNIFI



Yüklə 194 Kb.
səhifə3/21
tarix03.06.2022
ölçüsü194 Kb.
#88584
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
kurs iwi oxirgi — копия

2. O’ZBEK TILIDA SODDA VA MURAKKAB GAPLARNING TASNIFI
Sodda gap — oʻz tarkibida birgina predikativ birlikka ega boʻlgan, maʼlum fikr ifodalay oladigan, grammatik va intonatsion jihatdan shakllangan sintaktik birlik (Sen kosmonavt boʻlmoqchimisan? Togʻ tepasida toʻplanayotgan bulutlar tushga borib quyuqlasha boshlaydi. Men sizga mashq chalib beray). S. g. bir predikativ aloqani namoyon qiluvchi sodda birlik sifatida ikki yoki undan ortiq sodda predikativ birliklarning qoʻshilmasidan iborat boʻlgan qoʻshma gapga qaramaqarshi qoʻyiladi.
Sodda gapning asosiy tavsiflari quyidagilardan iborat boʻlishi mumkin: uning muayyan soʻz shakllari (ran predikativ asosining tarkibiy qismlari) orqali shakllanuvchi sintaktik strukturasi va mazkur tarkibiy qismlarning oʻzaro munosabati; uning semantik strukturasi; soʻz tartibi va ohang; ran predikativ asosining tarkibiy qismlari yoki predikativ asosning kengaytiruvchilari hisoblangan gap boʻlaklari.
Sodda gaplar tuzilish asosining miqdoriga koʻra 2 turli boʻladi: ikki tarkibli ran, bir tarkibli ran. Ikki tarkibli gapning predikativ asosi ega va kesim boʻlaklaridan iborat boʻladi (Salqin shamollargina qizning sochlari bilan oʻynashadi. Koʻkda tanho oy kezmoqda). Bir tarkibli gapning predikativ asosi ega yoki kesimga ega boʻladi. Oʻzbek tilida bir tarkibli gaplarning quyidagi turlari bor: shaxsi aniq ran (Shu yorugʻ yoʻlda sizga zoʻr baxtlar tilayman); shaxsi nomaʼlum ran (Joʻjani kuzda sanaydilar); shaxsi umumlashgan ran (Dehqon boʻlsang shudgor qil, mulla boʻlsang takror qil); shaxssiz ran (Toʻrtbesh kundan keyin terimga tushiladi); atov ran yoki nomlovchi ran (Ana sovuq, mana qor! Mana Oʻsarjonning bolasi... Samarqand. Registon maydoni...).
Sodda gaplar yigʻiq yoki yoyiq boʻlishi mumkin. Yigʻiq sodda gaplar bosh boʻlaklardangina, yaʼni birgina predikativ sintagmadangina iborat boʻladi (Ish boshlandi. Ular kelishyapti); yoyiq sodda gaplar esa bosh va ikkinchi darajali boʻlaklardan tashkil topadi, yaʼni uning tarkibida predikativ sintagma bilan birga boshqa sintagmalar ham boʻladi (Nizomjon opasining gaplarini chin yurakdan eshitib oʻtirardi).
Sodda gap tarkibida kesimlik shakllariga ega boigan bitta kesim bo’ladi. Sodda gap tarkibidagi barcha bo’laklar shu kesim atrofida birlashadi. Qo’shma gap tarkibida esa ikki va undan ortiq (uyushmagan) kesim bo’ladi.

Grammatik asoslarning miqdoriga ko’ra gaplar sodda (bir grammatik asosli) va qo’shma (ikki va undan ortiq grammatik asosli) gaplarga bo’linadi. Qiyoslang: Bu shaharda tanish-bilish yo’qligi Mirzayevga shu bugun bilindi. Kampirning ko 'zlari allanechuk olayib ketdi, yuzining suyakka yopishgan chandir terisi oqardi.


Sodda gaplar eganing ishtirok etish yoki etmasligiga ko’ra ikkiga bo’linadi: egasi mavjud gaplar (Biz yangi filmni tomosha qildik.) va egasiz gaplar (Yangi filmni tomosha qildik).
Sodda gaplar ikkinchi darajali bo’laklarning ishtirok etgani yoki etmaganiga ko’ra: sodda yig’iq gaplar (Kamola kirib keldi.), sodda yoyiq gaplarga (Kamola darvozadan shoshilib kirib keldi.) bo’linadi.
Gapning bo’laklarga ajratilishi
Gapda so’zlar o’zaro grammatik munosabatga kirishib, gap bo’laklarini hosil qiladi. Gap bo’laklari vazifasini mustaqil so’zlargina bajaradi.
Har bir gap bo’lagi boshqa gap bo’laklari bilan bo’lgan grammatik munosabatlariga ko’ra belgilanadi, ya'ni har bir gap boiagi o’zi munosabatga kirishgan so’z bilan ma’lum sintaktik aloqada bo’ladi. Masalan: «Dildora kecha uchrashuv haqida zavqlanib gapirdix - gapida quyidagi gap bo’laklari mavjud: Dildora (kim?) - ega, kechagi (qachongi? qaysi?) - aniqlovchi, uchrashuv haqida (nima haqida?) - to’ldiruvchi, zavqlanib (qay tarzda?) - hol, gapirdi (nima qildi?) - kesim. So’zlar quyidagicha sintaktik aloqaga kirishgan: 1) Dildora gapirdi; 2) zavqlanib gapirdi; 3) uchrashuv haqida gapirdi;4) kechagi uchrashuv.
Gap bo’laklari 5 ta: kesim, ega, aniqlovchi, to’ldiruvchi, hol.
Kesim gapning asosini tashkil etuvchi markazdir. Ega kesimga ergashib, kesimda ifodalangan ish-harakatning bajaruvchisini ko’rsatadi.
To’ldiruvchi, aniqlovchi, hol bo’laklari ega va kesimga ergashib kelib, ularni to’ldiradi, aniqlaydi yoki izohlaydi. Shuning uchun ular gapning ikkinchi darajali bo’laklari deyiladi. Murakkab qo`shma gap

Yüklə 194 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə