Buxoro davlat universiteti xorijiy tillar fakulteti ingliz tilshunoslik kafedrasi



Yüklə 194 Kb.
səhifə4/21
tarix03.06.2022
ölçüsü194 Kb.
#88584
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
kurs iwi oxirgi — копия

Qo`shma gaplar komponentlarning soniga ko`ra, ikki xil bo`ladi: 1) ikki komponentli qo`shma gaplar (bog`langan, ergashgan, bog`lovchisiz qo`shma gaplar bahsiga qarang), 2) ko`p komponentli (murakkab) qo`shma gaplar.

Ko`p komponentli (murakkab) qo`shma gaplar uch va undan ortiq komponentlarning mazmun va grammatik jihatdan birikishidan hosil bo`ladi.


Murakkab qo`shma gap tarkibidagi qismlar (komponentlar) o`zaro turlicha munosabatda bo`ladi. SHunga ko`ra, murakkab qo`shma gaplar quyidagi turlarga bo`linadi:
1. Bog`langan qo`shma gap toifasidagi (bog`lanish yo`li bilan tuzilgan) murakkab qo`shma gap.
2. Ergashgan qo`shma gap toifasidagi (ergashish yo`li bilan tuzilgan) murakkab qo`shma gap.
3. Bog`lovchisiz qo`shma gap toifasidagi (bog`lovchi vositalarsiz tuzilgan) murakkab qo`shma gap.
4. Aralash tipdagi tuzilgan murakkab qo`shma gap.
Bog`langan qo`shma gap toifasidagi (bog`lanish yo`li bilan tuzilgan) murakkab qo`shma gap.
Bog`langan qo`shma gap toifasidagi (bog`lanish yo`li bilan tuzilgan) murakkab qo`shma gap komponentlari (qismlari) o`zaro teng bog`lovchilar yoki teng bog`lovchilar vazifasidagi yuklamalar orqali sintaktik aloqaga kirishadi.
Bunday murakkab qo`shma gap, tarkibidagi komponentlarning bog`lanish usullariga ko`ra, shuningdek, ularning semantik munosabatlariga ko`ra, bog`langan qo`shma gapdan farq qilmaydi, lekin bunda komponentlar soni uch va undan ortiq bo`ladi. Masalan: Bugundan boshlab yotoq joylarda... yigitlardan bitta navbatchi qoldirildi-yu, boshqa hamma paxtaga chiqdi va terimchilar soni to`rt kishiga ortdi. (P.Qodirov).
Keltirilgan misol 3 ta komponent murakkab qo`shma gap tarkibida qatnashib, birinchisi ikkinchisiga teng bog`lovchi vazifasidagi –yu yuklamasi bilan, ikkinchisi uchinchisiga va bog`lovchisi bilan bog`langan. Bog`langan qo`shma gap toifasidagi murakkab qo`shma gapni quyidagi chizgi bilan ko`rsatish:
-yu, va gapning ikkinchi qismioni yozamiz

Ergashgan qo`shma gap toifasidagi (ergashish yo`li bilan tuzilgan) murakkab qo`shma gap.Ergashgan qo`shma gap toifasidagi (ergashish yo`li bilan tuzilgan) murakkab qo`shma gapda ergash gap bir necha bo`lib, ular bitta bosh gapga tobelanadi. Qo`shma gapning bu turi bir necha ergash gapli qo`shma gap deb ham yuritiladi.


Bunday qo`shma gapda ergash gaplarning bosh gapga bog`lanishi ikki xil bo`ladi:
1. Birgalik ergashish.
2. Ketma-ket ergashish.

Yüklə 194 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə