Buxoro davlat universiteti xorijiy tillar fakulteti ingliz tilshunoslik kafedrasi



Yüklə 194 Kb.
səhifə5/21
tarix03.06.2022
ölçüsü194 Kb.
#88584
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
kurs iwi oxirgi — копия

Birgalik ergashish. Qo`shma gap tarkibidagi bir necha ergash gaplar biri ikkinchisi bilan grammatik aloqaga kirishmay, to`g`ridan-to`g`ri bosh gapga bog`lanadi. Masalan: Ot to`xtaganida, u kuch yig`ib olsin deb, Tanaboy kutib turar ... edi. (CH.Aytmatov).
Bu qo`shma gapning sxemasi (chizgisi) quyidagicha:
Bosh gap + -,-sin deb,-ganida va ikkinchi gap
Birgalik ergashuvli murakkab qo`shma gap ikki xil bo`ladi:
1. Bir tipdagi birgalik ergashish. Bunda ergash gaplar bir xil turga mansub bo`ladi va ularning har biri bosh gapning ma’lum bo`lagini yoki bosh gapni butunicha bir xilda izohlaydi, aniqlaydi, to`ldiradi. Ular bir xil so`roqqa javob bo`ladi. Bunday ergash gaplar uyushgan ergash gaplar deb yuritiladi. Murakkab qo`shma gap tarkibida ergash gapning har bir turi uyushib kelishi mumkin. Ularning ayrimlariga misollar:
a) ega ergash gaplarning uyushib kelishi: Yo`lchiga shunisi qiziq tuyuldiki, bu erda ... hamma daraxtlar bir chiziq ustida tekis saf tortib turadi, daraxtlar o`rtasidagi masofa ham baravar. (Oybek);
b) aniqlovchi ergash gaplarning uyushishi: SHunday hayot tug`ildiki, u sensiz yashay olmaydi, sen uning qudratli kuchisan. (A.Muxtor);
v) sabab ergash gaplarning uyushib kelishi: Kun bo`yi piyoda yurib charchadimmi, karnaydan hadeb yangrayotgan muzika elitdimi, uxlab qolibman. (O`.Hoshimov);
g) ravish ergash gaplarning uyushib kelishi: Adirlarni qoplab yotgan qor tezda erib, kunlar isib, o`t-o`lanlar ko`kara boshladi. (CH.Aytmatov).
Bir tipdagi birgalik ergashishni chizgida quyidagicha tasvirlash mumkin:
Bosh gap
2. Turli tipdagi birgalik ergashish.

Bunda ergash gaplar har xil bo`ladi va ularning har biri bosh gapdagi biror bo`lakni yoki bosh gapni butunicha turli tomondan izohlaydi, aniqlaydi, to`ldiradi.


Ularning so`roqlari ham har xil bo`ladi. Bunday ergash gaplar uyushmagan ergash gaplar deb yuritiladi: Qor tingach, tashqarida juda sovuq bo`lsa ham, ular tekshirishni davom ettirdilar. (CH.Aytmatov).
Bu qo`shma gapda payt ergash gap va to`siqsiz ergash gap bosh gapni turli tomondan izohlab kelgan.


Yüklə 194 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə