Buxoro davlat universitetining pedagogika instituti


  2  8-mavzu. Shaxsning o‘z-o‘zini anglashi va Men—



Yüklə 1,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/52
tarix25.12.2023
ölçüsü1,76 Mb.
#161103
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   52
Buxoro davlat universitetining pedagogika instituti



8-mavzu. Shaxsning o‘z-o‘zini anglashi va Men—
konsepsiyasi. Shaxsning ijtimoiy tasavvurlari. 
Reja: 
1.Shaxsning subyektiv xususiyatlarining umumiy tavsifi.
2.«Men» strukturasi va uni har xil yo’nalishlarda tadqiq etish. 
O‘zini-o‘zi baholash. Men konsepsiyasi. 
3.O‘zaro munosabatlarning tuzilishi va shakllanishi.
4.Egoizm, altruizm tushunchalari.
5.Shaxsning o‘z-o‘zini boshqarish, o‘z-o‘zini namoyon qilish, 
o‘z-o‘zini ifodalash va o‘z-o‘zini e’tirof etishi.
AMALIY MASHG’ULOTLAR MAZMUNI
1-mavzu: Mavzu: Shaxs rivojlanishining individual xususiyatlari 
Mavzu rejasi: 
1.
Shaxs xususiyatlari haqidagi tasavvurlar talqini (B.G.Ananyev).
2.
Individuallik xususiyatlari klassifikatsiyasi va ularning shaxs xulq-atvori 
regulyatsiyasidagi o‘rni.
3.
Temperament va ONF tiplari xususida I.P.Pavlov nazariyasi, temperament 
haqida hozirgi zamon nazariyalari.
4.
Psixologiyada xarakter muammosi. Xarakter shakllanishi. Xarakter 
aksentuatsiyasi.
5.Shaxsning instrumental darajalari: qobiliyatlar haqida tushuncha. 
DISKUSSIYA 
DISKUSSIYa (lotincha discussio – tadqiq etish, muhokama qilish) – bu 
munozarali savolni yig’ilish, suhbat yoki bahs-munozara davomida atroflicha 
muhokama qilishdir. Boshqacha aytganda, diskussiya qandaydir savol, muammo 
yoki solishtirilgan axborotlar, g’oyalar, fikr va takliflarni jamoa bo’lib muhokama 


130 
qilishdan iboratdir. Diskussiya o’tkazishning maqsadlari turli xil bo’lishi 
mumkin: o’rganish, trening, diagnostika, qayta ishlab chiqish, yo’l-yo’riqni 
o’zgartirish, ijodkorlikni rag’batlantirish va boshqalar. 
1.
 
Mashg’ulotga tayyorgarlik ko’rish: 
Diskussiya vaqtida tinglovchilar bir-birlarini to’ldirishlari yoki bir-birlariga 
qarshi turishlari mumkin. Birinchi holatdagi diskussiyada dialog elementlari 
mavjud bo’lsa, ikkinchi holatda diskussiya bahs-munozara xususiyatiga ega 
bo’ladi. Qoidagi ko’ra, diskussiyada ushbu ikki element ham mavjud bo’ladi va 
shuning uchun diskussiyaga faqat bahs-munozara sifatida qarash to’g’ri 
bo’lmaydi. Bir-birini inkor etuvchi, bir-birini to’ldiruvchi bahslar va o’zaro 
rivojlantiruvchi suhbat ham muhim rol o’ynaydi, chunki bitta masala bo’yicha 
turli fikrlarni taqqoslash fakti muhim ahamiyat kasb etadi. 
Diskussiyaga tayyorgarlik ko’rish uchun o’qituvchi: 
– diskussiya xulosasi bo’yicha muhokamaga qo’yilishi mumkin bo’lgan 
savollarni oldindan tayyorlash lozim; 
– muhokama qilinayotgan muammo chegarasidan chetga chiqilishiga yo’l 
qo’ymaslik; 
– tinglovchilarning ko’pchiligini, imkon darajada barchasini suhbatga jalb 
qilinishini ta’minlash; 
– hech bir noto’g’ri fikrni e’tibordan chetda qoldirmaslik bilan birga to’g’ri 
javobni ham darhol bermaslik lozim, shuningdek bu jarayonga o’z vaqtida 
tinglovchilarning tanqidiy yondashuvlarini tashkil etgan holda jalb qilish 
maqsadga muvofiq; 
– diskussiya materiallariga taalluqli bo’lgan savollarga o’zi javob berishga 
shoshilmaslik: bunday savollarni auditoriyaga yo’naltirib yuborish lozim; 
– tanqid obyekti fikr bildirgan tinglovchi emas, balki u bil-dirgan fikr 
bo’lishini nazorat qilish; 
– tinglovchilarni jamoaviy tahlil va muhokamaga jalb qilgan holda turli 
nuqtai nazarlarni taqqoslash. 
Diskussiya o’tkazishda turli xil tashkiliy usullardan foyda-laniladi. 
«Savol–javob» usuli. 
Mazkur usul
 

 
bu oddiy suhbatlashish-ning turi bo’lib, 
undan diskussiya-dialog qatnashchilari bilan suh-bat o’tkazish uchun savollarni 
qo’yishning muayyan shaklini qo’llash bilan farqlanadi. 
Funktsional nuqtai nazardan barcha savollarni quyidagi ikki guruhga ajratish 
mumkin: 
– 
aniqlashtiruvchi
(yopiq) –
fikrlarning to’g’riligi yoki xatoli-gini 
aniqlashtirishga yo’naltirilgan savollar. Bu savollarning grammatik belgisi bo’lib, 
odatda, gapda «mi» kabi bo’lakning mav-judligi bilan ifodalanadi, masalan: 
«To’g’rimi?», «Men to’g’ri tushundimmi?». Bunday savollarga faqatgina «ha» 


131 
yoki «yo’q» deb javob berilishi mumkin; 
– 
to’ldiruvchi
(ochiq) –
qiziqtiradigan hodisa va obyektlarning yangi 
xususiyatlari va sifatlarini aniqlashtirishga yo’naltirilgan savollar. Bu 
savollarning grammatik belgisi bo’lib, 
nima,
qachon,
qaerda, qanday, nima 
uchun 
va shu kabi so’rov so’zlarning mavjudligi
 
hisoblanadi. 
«Past ovoz bilan muhokama qilish» tartibi. 
Mazkur metodika
 
kichik 
guruhlarda yopiq diskussiya o’tkazishni nazarda tutadi. So’ng kichik guruh 
etakchisi tomonidan guruh fikri bayon etiladi va bu fikrlar barcha qatnashchilar 
tomonidan muhokama qilinib, umumiy diskussiya amalga oshiriladi. 
«Labirint» usuli. 
Diskussiyaning bu turini izchil muhokama
 
metodi deb ham 
ataydilar. Bu metod o’ziga xos bosqichma-bosqich tartibini ifodalab, har bir 
keyingi bosqich boshqa ishtirokchi tomonidan amalga oshirilishini nazarda tutadi. 
Bu holatda barcha fikrlar, shu jumladan noto’g’ri fikrlar ham muhokama qilinadi. 
«Estafeta» usuli. 
O’z chiqishini yakunlayotgan ishtirokchi so’z
 
navbatini 
o’zi lozim topgan tinglovchiga berishi mumkin. 
Diskussiya o’tkazishning samaradorligi quyidagi omillarga bog’liq: 
– tinglovchilarning muammo yuzasidan tayyorgarligi (xabardor-lik va 
bilimga egalik); 
– semantik birxillik (barcha atamalar, ta’riflar, tushuncha va boshqalar 
barcha ishtirokchilar tomonidan bir xil tushunilgan bo’lishi shart); 
– ishtirokchilarning odob saqlashi; 
– o’qituvchining diskussiyani amalga oshirish mahorati. 

Yüklə 1,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə