Buxoro Davlat Universitti tabiiy fanlar fakulteti 1eko21 guruh talabasi Shomurodov Xumoyunbekning Gidroekologiya fanidan “Tinch okeanining gidroekologik xususiyatlari”mavzusidagi tayyorlagan slaydi


Tinch okeani suniy yo’ldoshdan olingan surat



Yüklə 4,27 Mb.
səhifə4/9
tarix25.05.2023
ölçüsü4,27 Mb.
#112748
1   2   3   4   5   6   7   8   9
kurs ishi gidroekologiya Shomurodov xumoyunbek

Tinch okeani suniy yo’ldoshdan olingan surat

Suvning shoʻrligi shimoliy va janubiy subtropik kengliklarda 35,5%o boʻlib, ekvatorga tomon kamayib boradi (34,5 %o) va shimoliy moʻʼtadil kengliklarda 30– 31 %oga kamayadi. Suv zichligi ekvatordan yuqori kengliklarga qarab bir maromda (1021 kg/sm³ dan 1027 kg/sm³gacha) oshib boradi.Tinch okeani suv sathining koʻtarilishi har yarim sutkada (Alyaska qoʻltigʻida 5,4 m, Oxota dengizida 12,9 m), Solomon orollari atrofida har sutkada takrorlanadi (bal. 2,5 m). Shamol taʼsirida kuchli toʻlqinlar, yer qimirlash taʼsirida sunami (50 m gacha) boʻladi.

Tinch okeanining katta qismi subekvatorial, tropik, subtropik va moʻtadil iqlim mintaqalarida va qisman ekvatorial va subantarktika mintaqalarida joylashgan. Shimolidan janubga katta masofaga choʻzilganligi tufayli iqlimi ham xilma-xil. Tinch okeani ustidagi atmosfera sirkulyatsiyasi 4 ta asosiy atmosfera bosimi oblasti: Aleut minimumi, Shimoliy Tinch okean, Janubiy Tinch okean va Antarktida maksimumlariga bogʻliq. Okean ustida vujudga keladigan atmosfera sirkulyatsiyasi natijasida yuzaki oqimlar subtropik va tropik kengliklarda antitsiklonal, shimoliy oʻrtacha va janubiy yuqori kengliklarda siklonal aylanma harakat qiladi. Natijada tropik va subtropik kengliklarda shimoli-sharqiy, janubida janubi-sharqiy shamollar — passatlar (boshqa okeanlardagiga nisbatan kuchsizrok, va sharqida gʻarbdagiga nisbatan kuchliroq) hamda moʻʼtadil kengliklarda kuchli gʻarbiy shamollar esadi. Tropik mintaqalar gʻarbida tez-tez dovullar — tayfunlar boʻlib turadi. Tinch okeanining shimoliy qismida atmosferaning mussonli sirkulyatsiyasi hukmron. Havoning oʻrtacha temperaturasi ekvatorga yaqin joylarda fevralda 26—27°, avgustda 26—28°, Bering boʻgʻozida fevralda —20°, avgustda 6—8°, Antarktida qirgʻoklari yaqinida fevralda —10°, avgustda —25°. Tinch okeanida yogʻin miqdori suvning bugʻlanishiga karaganda koʻproq. Yillik oʻrtacha yogʻin ekvator yonida 3000 mm dan ziyod, oʻrtacha kengliklarning gʻarbida 1000 mm, sharqida 2000– 3000 mm, eng kam yogʻin subtropiklarning sharqiy chekkalarida yogadi (200–300 mm).



Yüklə 4,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə