Buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi instituti "mexanika" kafedrasi



Yüklə 0,68 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/17
tarix05.04.2022
ölçüsü0,68 Mb.
#85067
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
qurilish mexanikasi

tekshirish hisobi

 deyiladi.  

 

Agar  inshoot  elementlarining  o`lchamlari  noma`lum  bo`lsa,  u  holda  aniqlangan 



ichki  kuchlar  va  deformatsiyalarning  miqdoriga  ko`ra  elementlarning  mustahkamligi, 

bikrligi  va  ustivorligini  qanoatlantiruvchi  o`lchamlarini  aniqlash  mumkin.  Bunday 

hisoblash usuli 

loyihalash hisobi

 deyiladi. 

 

 

 



 

 

 




Qurilish  mexanikasi  statik  va  dinamik  kuchlar  ta`sirida  bo`lgan  inshootlarni 

hisoblash  nazariyalari  to`g’risida  ma`lumot  beradi.  Tashqi  kuchlar  ta`sirida  inshoot 

qismlarida  hosil  bo`ladigan  ichki  zo`riqish  kuchlari  bilan  deformatsiyalar  orasidagi 

bog’lanishlar  ma`lum  bo`lgandagina,  inshootlarning  yangi,  ratsional  shakllarini  tanlash 

mumkin.  Demak,  qurilish  mexanikasining  yana  bir  vazifasi  –  inshootlarning  tuzilishi, 

uning  elementlarining  bir  –  biriga  biriktirilish  konunlarini  tekshirish  va  ularning  eng 

ratsional (xavfsiz, tejamli) shakllarini yaratishdan iborat. 

Ba`zan  qurilish  mexanikasida  yaratilgan  yangi  nazariy  metodlar  bilan 

inshootlarni  hisoblash  natijasida  olingan  ichki  zo`riqish  va  deformatsiya  miqdorlari 

hamda  boshqa  natijalarning  to`g’ri  ekanligini  bilish  maqsadida  konstruktsiyalarning 

modeli  yoki  natural  ko`rinishini  eksperimental  metodlar  bilan  tekshirilib  ko`riladi. 

Inshootlarning  natural  ko`rinishini  eksperimental  metod  bilan  tekshirishdan  olingan 

ma`lumotlar  asosida  yangi  nazariy  metodlar  yaratish  mumkin.  Demak,  qurilish 

mexanikasi nazariy va eksperimental fandir. 

 


Yüklə 0,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə