Buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi instituti "mexanika" kafedrasi



Yüklə 0,68 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/17
tarix05.04.2022
ölçüsü0,68 Mb.
#85067
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
qurilish mexanikasi

kombinatsiyalashgan  sistema

 

deyiladi. Masalan, shprengelli balkalar shular jumlasidandir  



Inshootlar elementlarining joylashuviga ko`ra ular  yassi va fazoviy  sistemalarga 

bo`linadi.  Sterjenlar  va  unga  qo`yilgan  tashqi  yuklar  bir  tekislikda  bo`lsa,  bunday 

inshootlar yassi sistemalar deyiladi. Agar inshootning sterjenlari va unga qo`yilgan tashqi 

yuklar boshqa – boshqa tekisliklarda joylashgan bo`lsa, u fazoviy sistema deyiladi. Yassi 

sistemalar  mustaqil  holda  juda  kam  uchraydi,  asosan  fazoviy  sistemaning  hisobini 

soddalashtirish maqsadida, ulardan alohida yassi sistemalar ajratib olinadi.  

Hisoblash sxemalari kinematik nuqtai nazardan quyidagi turlarga bo`linadi: 

1.

 



Geometrik  o`zgarmas  va  yetarli  kinematik  bog’lanishlarga  ega  bo`lgan 

sistemalar (statik aniq sistemalar). 

2.

 

Geometrik  o`zgarmas  va  ortiqcha  kinematik  bog’lanishlarga  ega  bo`lgan 



sistemalar (statik aniqmas sistemalar). 

3.

 



Geometrik o`zgaruvchan sistemalar (mexanizmlar). 

Inshootlar  tayanch  reaktsiyalarining  yo`nalishiga  ko`ra  havonli  va  havonsiz 

sistemalarga bo`linadi. Faqat vertikal kuchlar ta`sirida bo`lgan inshootning tayanchlarida 

vertikal va gorizontal yo`nalishlarda reaktsiyalar hosil bo`lsa, u hovonli sistema deyiladi.  

Inshootlar hisoblash metodlariga ko`ra statik aniq va statik aniqmas sistemalarga 

bo`linadi.  Statik  aniq  va  statik  aniqmas  sistemalarning  ta`rifi  materiallar  qarshiligi 

kursida beriladi. 

 

 





Yüklə 0,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə