Buxoro tarixi: Órta asrlarda buxoro


Shahar arkining barpo etilishi



Yüklə 1,6 Mb.
səhifə4/5
tarix22.12.2022
ölçüsü1,6 Mb.
#97668
1   2   3   4   5
BUXORO TARIXI

Shahar arkining barpo etilishi
Buxoro tarixida hukmdorlar qarorgohi arkning ahamiyati nihoyatda katta bo‘lib, uning bunyod etish tarixi haqida ma’lumotlar Abu Bakr Muhammad Narshaxiyning “Buxoro tarixi” kitobida keltiriladi. Ahmad ibn Muhammad ibn Nasr arkning ajoyibotlari haqida to‘xtab, shunday deydi: Abul Hasan Nishopuriyning “Xazoin ul-ulum” kitobida aytilishicha, Buxoro ko‘handizining, ya’ni Buxoro arki hisorining bino etilishiga mana shu voqea sabab bo‘lgan: Siyovush ibn Kaykovus o‘z otasidan qochib Jayhun daryosidan o‘tib Afrosiyobning oldiga keldi. Afrosiyob uni yaxshi qabul etdi va o‘z qizini unga xotinlikka berib, aytishlaricha, barcha mulkini ham unga topshirdi. Bu viloyat o‘ziga vaqtincha berib qo‘yilgan joy ekanligi tufayli, Siyovush bu erda o‘zidan bir yodgorlik qoldirishni istadi. Shunday qilib, u Buxoro hisorini bino qildi va ko‘proq vaqt o‘sha joyda turar edi. Kimlardir u bilan Afrosiyob o‘rtasida yomon gap yurgizdi va natijada Afrosiyob uni o‘ldirdi hamda ana shu hisorda sharqiy darvozadan kiraverishingda “Darvozayi g‘uriyon” deb atalgan somonfurushlar darvozasining ichkarisiga dafn etdilar. Shu sababli Buxoro otashparastlari o‘sha joyni aziz tutadilar va Siyovushga atab har bir erkak kishi har yili Navro‘z kuni quyosh chiqishidan oldin o‘sha joyda bittadan xo‘roz so‘yadi. Buxoro aholisi Siyovushning o‘ldirilishiga bag‘ishlab aytgan marsiyalari bo‘lib, u barcha viloyatlarga mashhurdir. Kuychilar unga moslab kuy tuzganlar va qo‘shiq qilib aytadilar. Qo‘shiqchilar uni “otashparastlar yig‘isi” deydilar. Bu gaplar bo‘lganiga hozir uch ming yildan ortiqroq vaqt o‘tdi1 . Shunday qilib, mana shu rivoyatga ko‘ra, bu hisorni Siyovush bino qilgan, ba’zilari esa Afrosiyob bino qilgan deganlar. So‘ng bu hisor buzilib ketib, ko‘p yillar vayronligicha qoldi. Tug‘shodaning otasi Bidun Buxorxudot taxtga o‘tirganidan keyin, odam yuborib bu hisorni tuzattirdi, undagi qasrni ham u tuzattirdi va o‘z nomini temirga yozdirib qasrning eshigiga mahkam o‘rnattirdi. SHu xat bitilgan temir tarjimonning zamonigacha o‘sha qasr eshigida mavjud edi. Lekin Ahmad ibn Muhammad ibn Nasrning aytishicha, Hisorni vayron qilganlarida u eshikni ham buzib yuborilgan1 . Narshaxiy va Abul-Hasan Nishopuriy ma’lumotiga ko‘ra, Bidun Buxorxudot u qasrni bino qilganida buzilib ketdi, qaytadan bino qilgan edilar, yana buzildi. U necha marta bino qilmasin yana vayron bo‘laverdi. Hukamolarni yig‘ib ulardan maslahat so‘radilar. Ular bu qasrni osmondagi etti qaroqchi yulduzlari shaklida ettita tosh ustun ustiga qurishga qaror qildilar, shu shaklda qurilgandan keyin qasr buzilmadi2 . Ajoyib tomoni shuki, bu qasr bino qilingandan beri bunda hayot kechirgan hech bir podshoh mag‘lubiyatga uchragan va aksincha hamisha g‘alaba qozongan hamda bu qasrni bino qilganlaridan beri biror podshoh ham uning ichida o‘lmagan. Podshohning ajali etgan vaqtda biror sabab yuz berib u qasrdan tashqariga chiqqan va boshqa bir joyda vafot topgan-bu qasr bino qilinganidan to vayron bo‘lgunicha shunday bo‘lib kelgan. Bu hisorning ikkita darvozasi bor, biri sharq tomonda, biri g‘arb tomonda, sharq tomondagisini “Dari g‘uriyon”, g‘arb tomondagisini “Dari Registon” deydilar, ayrim adabiyotlarda “Dari alaffurushon” ham deb ataladi. Hisorning o‘rtasida bu darvozadan to u darvozagacha to‘g‘ri yo‘l o‘tgan. Bu hisor podshohlar, amirlar va askar boshliqlarining turar-joylari bo‘lib, zindon, podshohlik devonlari va podshohlar turadigan qasr qadimdan shu erda bo‘lgan. Haram saroyi va xazina ham shu hisorda bo‘lgan. X asrda bu hisor buzilib ketadi. Arslonxon uni yangilashga buyuradi va o‘ziga turar joy qilib oladi hamda hisorni ma’lum shartlarga muvofiq idora qilib tursin uchun, ulug‘ bir amirni qutvol qilib tayinlaydi. Bu hisor xalq ko‘zida zo‘r e’tiborga ega bo‘lgan. 1139-1140-yillari Xorazmshoh Buxoroga kelganida amir Zangi Ali xalifa Sulton Sanjarning farmoni bilan Buxoroning voliysi edi. Xorazmshoh uni qo‘lga olib o‘ldiradi va hisorni vayron qiladi. Hisor ikki yildan ortiqroq shu vayronligicha qoldi. 1141-1142-yillari Go‘rxon tomonidan Buxoroga voliy qilib tayinlangan Alptegin o‘sha yiliyoq hisorni obod qilishga buyurdi va uni o‘zi uchun turar-joy qilib oldi. 1144 yil g‘uz askarlari Buxoroga bostirib keladi. Ko‘p jang va qiyinchiliklardan keyin g‘uz askarlari hisorni olib uni vayron qiladilar. 1207-1208 yillari Xorazmshoh Muhammad ibn Sulton Takash Buxoroni olib, hisorni qaytadan tikladi. 1219-1220 yillarda mo‘g‘ul lashkarlari Buxoroga bostirib keladi va Chingizxon qal’a darvozasida o‘n ikki kun jang qilib, uni bosib oladi va vayron qiladi. Ma’lumotlarga ko‘ra, arkning maydoni 34 675 kv. metrga to‘g‘ri keladi, bizning vaqtimizgacha ham shu holicha etib kelgan. Devor aylanasi esa 780 metr bo‘lgan. Buxoro ko‘xandizida qadim zamonlarda shoh devoni va xazina joylashgan bo‘lib, qo‘handizda hokimdan tashqari, yana uning qarindoshlari, ular bilan birga saroy ahli ham yashar edi. Ko‘xandiz hovlisida shoh qo‘riqchilari, ya’ni hokimning harbiy xizmatkorlari joylashgan. Muhammad Narshaxiyning yozishicha, Buxoro xalqi Buxoro amiri bo‘lib turgan Ahmad ibn Xoliddan: “Shahrimiz atrofida devor bo‘lishi kerak, toki biz kechasi darvozalarni berkitib, o‘g‘rilar va yo‘lkesarlardan tinch bo‘laylik”, - deb iltimos qiladi. Shundan keyin u devor qurishga buyuradi va juda mustahkam devor qurib, minoralar barpo qildilar, darvozalar o‘rnatdilar. Bu ish 849-850 yilda tamom bo‘ldi. Har qachonki biror lashkar Buxoroga qasd qilsa, devorni qaytadan tuzatishar edi1 . Arslonxon, Mas’ud Qilich Tamg‘achxon va Xorazmshoh Muhamad ibn Sulton Takash davrlarida ham Buxoro devorlari yangidan qurildi.

Yüklə 1,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə