Buyuk geografik kashfiyotlar



Yüklə 0,89 Mb.
səhifə1/9
tarix23.05.2023
ölçüsü0,89 Mb.
#112404
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Buyuk geografik kashfiyotlar davri va geografiya yangi va eng yangi davr geografiyasining xususiyatlari


BUYUK GEOGRAFIK KASHFIYOTLAR
Reja:
KIRISH………………………………………………………………3
I BOB Buyuk geografik kashfiyotlar davrida geografiya fanining rivojanishi……………………………………………………………...5
1.1 Portugaliya va ispaniyaning buyuk geografik kashfiyotlar davrida hududlarning kengaytirishi……………………………………………...5
1.2 Eng yangi davr geografiyasi.............................................................13
II. BOB Buyuk geografik kashfiyotlarning geografiya fani uchun ahamiyati...............................................................................................16

    1. Hozirgi davr geografiyasining rivojlanish tepdentsiyalari. Ilmiy maktablar va yo’nalishlar........................................................................16

2.2 Yangi davr kapitalizm rivojlana boshlagan davrda geografiya........20
XULOSA................................................................................................29
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR............................................30


KIRISH
Buyuk geografik kashfiyotlar asri. XV asrda italiyalik gumanistlar tomonidan qator antik geograflarning asarlari tarjima qilindi va bu asarlarning (ayniqsa Ptolomey asarlarining) ta’siri ostida Buyuk geografik kashfiyotlar oldidan shu epoxaning tasavvurlari shakllandi.Geografik fikr sekin-asta cherkov dogmalaridan ozod bo`la boshladi. Yerning sharsimonlik g`oyasi va u bilan Ptolomeyning Yevropaning g`arbiy sohillari va Osiyoning sharqiy chekkalarining yaqinligi to`g`risidagi g`oyalari qayta tug`ildi. Bu g`oya Hindiston va Xitoyga dengiz yo`li bilan yetib borish maqsad-intilishni amalga oshirishga javob bera olar edi. Ammo maqsadni amalga oshirish uchun shart-sharoitlar faqat XV asrning oxiriga kelib to`liq yetishdi.
Buyuk geografik kashfiyotlar davri deb nomlanadigan XV – XVI asrlarda chinakamiga yirik geografik kashfiyotlar qilindi. Yer yzasining dengiz va quriqlik bo`yicha joylanishi, ularning qiyofasi, Dunyo okeanining bir butunligi isbotlandi. Bu kashfiyotlar va fandagi yuksalish, uygonish – renessans – jarayoni bilan bog`liqdir.Bu davrda kartalardan, XVI asrning oxiridan boshlab atlaslardan foydalanish ayniqsa katta ahamiyatga ega bo`ldi. Ayrim mamlakatlarning asosan iqtisodiyoti va siyosatiga e’tibor qaratilgan batafsil tasvirlashlar yuzaga kela boshladi. Ular orasida L.Gvichchardinining “Niderlandiyaning tasviri” (1557) asari o`z davrining namunasi edi.
Xristafor Kolumbning (1451 – 1505) Amerikani qayta kashf etishi eng katta tarixiy voqeadir. 1492-yil 12-oktyabrda birinchi marta geografiya faniga noma`lum bo`lib kelgan qit`a kashf etildi. Bu - hozirgi Amerika qit`asining Bagam orollari edi. Uni Kolumb o`zining birinchi sayohatida kashf qidi. Bu sana Amerikaning kashf etilgan sanasi sifatida tarixda koldi. Birinchi sayohatida Kuba, Gaiti orollarini kashf etdiki, aslida Kolumb ertaklardagidek juda boy mamlakat Hindistonga bordim deb uylagan. U Hindistonga – Osiyoga garbga tomon yurib sharkdan yetib keldim deb hisoblagan. Kolumb 1493 – 96-yillarda ikkinchi, 1498-yilda uchinchi va 1502 – 1504 yillarda turtinchi bor sayohat kildi. Hayotining ohirigacha Kolumb uzi ochgan yerlarni Hindiston deb hato hisoblanadi. Shu turt marta sayohatning ikkinchisida 1499 yilda Aleksandre Oheda boshchiligidagi kema tarkibida hizmat kilgan Amerigo Vestuchchining nomi bilan yangi ochilgan materik Amerika deb ataldi. Bu nomlanish ham tasodifiy holda yuz berdi deyish mumkin. Amerigo Vespuchchining yozib koldirgan maktublari Germaniyaning Sen Per shahrida matbuotda bosib chikariladi. Nemis kartografi Martin Valdzemyuller boshchiligidagi ilmiy tugarak a`zolari chiqargan e`lon kilingan maktubda yangi ochilgan qit`aning tabiati haqqoniy ta`riflangan va bu materikka Vespuchchining uzi boshchiligida sayohat uyushtirilganligi ko`rsatilgan. Aslida Vespuchchi biron bir ekspedittsiyaga bosh bo`lganini tarixiy dalillar isbotlaydi, bunday sayohat bo`lmagan. Valdzemyuller tuzgan kartada yangi ochilgan qit`aga Amerika deb nom berilgan ediki, kartalarda bu nomni Valdzemyullar izohlab shunday yozadi. Shu vaqtgacha ma`lum bo`lgan qit`alar ayollar nomi bilan atalgan, yangi qit`aga erkak kishining nomini qo`yishni taklif etaman. Avval Amerika nomi faqat janubiy materikka, keyinchalik 1538-yilda Merkator proyeksiyasi bilan tuzilgan kartada har ikkala materik Amerika deb atalgan. Bu materiklarning tub joy aholisi Kolumb Hindistonni ochdim deb hisoblagani uchun “hindlar” deb yuritila boshlandi.

Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə