|
Byudjet hisobiBudjet hisobini yuritishni alohida hususiyatlari quyidagilardan iborat
|
səhifə | 4/8 | tarix | 22.12.2023 | ölçüsü | 32,48 Kb. | | #154347 |
| 1-MAVZU “BYUDJET HISOBI” FANINING PREDMETI VA METODI (1)Budjet hisobini yuritishni alohida hususiyatlari quyidagilardan iborat:
Budjet hisobini alohida hususiyatlari buxgalteriya hisobi vazifalariga qo’shimcha yanada aniqroq vazifalar kiritilishini talab etadi. Ya’ni tasdiqlangan budjet ijrosini to’g’ri tashkil etish, moliya-budjet intizomiga rioya qilish va boshqalar.
Yuqoridagi vazifalarni umumlashtirib budjet hisobi funktsiyasini quyidagicha aks ettirish mumkin (1-chizma).
3-chizma. Budjet hisobining funktsiyalari.
Nazorat funktsiyasi - orqali budjet mablag’laridan maqsadli foydalanish mulklarni saqlanishi, tayinlanishi bo’yicha sarflanishi tizimi yo’lga qo’yiladi.
Budjet hisobida nazoratni uchta turi qo’llaniladi: dastlabki nazorat; joriy nazorat; keyingi nazorat.
Dastlabki nazorat - smetalarni tuzish va tasdiqlash jarayonida amalga oshiriladi. Unda budjet intizomiga rioya qilinishi shuningdek qonunchilik talablari buzilishi oldi olinadi.
Joriy nazorat – budjet ijrosi jarayonida amalga oshirilib, sodir bo’lgan muomalalarini qonuniyligi, pul mablag’larini oqilona sarflanishi, mulkiy qiymatliklar bo’yicha hisob ma’lumotlarini haqiqiy holatga mosligi, hisoblashuvlar holati va boshqalar nazorati amalga oshiriladi.
Keyingi nazorat – umumlashtirish bosqichi uchun zarur bo’lib, hisob va hisobot axborotlarini qonuniyligini aniqlash uchun amalga oshiriladi.
Axborot funktsiyasi – orqali moliyaviy hisobotlar asosida budjet ijrosi jarayonida daromadlar, budjet xarajatlari maqsadli yo’nalishi, natijalar bo’yicha ma’lumotlar shakllanadi.
Dostları ilə paylaş: |
|
|