Byudjet hisobi



Yüklə 484,59 Kb.
səhifə1/14
tarix10.03.2023
ölçüsü484,59 Kb.
#102197
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
14 Бюджет ҳисоби сиртқи узб

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI


OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
SH.V.G’ANIYEV, R.A. MANNAPOVA

BYUDJET HISOBI”


FANIDAN MUSTAQIL TA’LIM TOPSHIRIQLARINI BAJARISH BO’YICHA


USLUBIY QO’LLANMA
(sirtqi bo’lim)


Bilim sohasi: 200000 – Ijtimoiy soha, iqtisod va huquq


Ta’lim sohasi: 110000 – Pedagogika 230000 – Iqtisod


Ta’lim yo’nalishi: 5230600 – Moliya
5230900– Buxgalteriya hisobi va audit (tarmoqlar bo’yicha)
TOSHKENT - 2019




2






KIRISH
O’zbekiston Respublikasi kadrlar tayyorlash milliy dasturida chuqur nazariy va amaliy bilimlar bilan bir qatorda tanlagan sohasi bo’yicha mustaqil faoliyat ko’rsata oladigan, o’z bilimi va malakasini mustaqil ravishda oshirib boradigan, masalaga ijodiy yondoshgan holda muammoli vaziyatlarni to’g’ri aniqlab, taxlil qilib, sharoitga tez moslasha oladigan mutaxassisllarni tayyorlash asosiy vazifalardan biri sifatida belgilangan.
Ma’lumki, axborot va bilimlar doirasi tez sur’atlar bilan kengayib borayotgan hozirgi sharoitda barcha ma’lumotlarni faqat dars mashg’ulotlari paytida talabalarga etkazish qiyin.
Tajribalar shuni ko’rsatadiki, talaba mustaqil ravishda shug’ullansa va o’z ustida tinimsiz ishlasagina bilimlarni chuqur o’zlashtirishi mumkin. Talabalarning asosiy bilim, ko’nikma va malakalari mustaqil ta’lim jarayonidagina shakllanadi, mustaqil faoliyat ko’rsatish qobiliyati rivojlanadi va ularda ijodiy ishlashga qiziqish paydo bo’ladi.
Shuning uchun talabalarning mustaqil ta’lim olishlarini rejalashtirish, tashkil qilish va buning uchun barcha zaruriy shart-sharoitlarni yaratish, dars mashg’ulotlarida talabalarni o’qitish bilan bir qatorda ularni ko’proq o’qishga o’rgatish, bilim olish yo’llarini ko’rsatish, mustaqil ta’lim olish uchun yo’llanma berish oliy ta’lim muassasasining asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.



Yüklə 484,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə