Byudjet hisobi


Byudjet tashkilotlari balans hisobvaraqlari va balans moddalarini inventarlash



Yüklə 484,59 Kb.
səhifə9/14
tarix10.03.2023
ölçüsü484,59 Kb.
#102197
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
14 Бюджет ҳисоби сиртқи узб

Byudjet tashkilotlari balans hisobvaraqlari va balans moddalarini inventarlash


Qonunchilikka muvofiq asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, kapital qo’yilmalar, moddiy boyliklar, pul mablag’lari, hisob-kitoblar va balansning boshqa moddalarini inventarizatsiyadan o’tkazishlari shart.
Inventarizatsiyaning asosiy maqsadi quyidagilardan iborat: asosiy vositalar, kapital qo’yilmalar, moddiy boyliklar, pul mablag’lari va qat’iy hisobda turuvchi blankalari va boshqa aktivlarning haqiqatda mavjudligini buxgalteriya hisobi ma’lumotlariga taqqoslash yo’li bilan aniqlash, shuningdek moddiy boyliklar va pul mablag’larining saqlanishini nazorat qilish; qonunchilikda belgilangan tartibga muvofiq belgilangan normativdan yuqori bo’lgan va foydalanilmayotgan moddiy boyliklarni aniqlash; moddiy boyliklar hamda pul mablag’larini saqlash qoidalari va shart-lariga rioya qilish; balansda hisobga olingan moddiy boyliklar, kassalardagi, banklarning depozit hisob raqamlaridagi, shuningdek O’zbekiston
Respublikasi Moliya vazirligining G’aznachiligi va uning hududiy bo’linmalaridagi (keyingi o’rinlarda G’aznachilik bo’linmalari deb yuritiladi) shaxsiy hisobvaraqlardagi pul mablag’lari, hisob-kitoblar va balansning boshqa moddalari qiymatining haqiqiyligini tekshirish.
Balanslarda o’chirish va ustiga yozishlar bo’lmasligi kerak. Balanslarda xatolar tuzatilgan taqdirda tegishli qaydlar qilinadi, ularni balanslarga imzo chekkan shaxslar tasdiqlaydilar. Moliyaviy hisobotlarga kiritilgan barcha tuzatishlar haqida ularni yuqori turuvchi tashkilot tomonidan tekshirish va tasdiqlashda mazkur balanslar taqdim etilgan barcha joylarga (manzilgohlarga) majburiy tartibda xabar qilinishi shart.
Tashkilotlar, hokimliklar boshqarmalari (bo’limlari) hamda boshqa byudjet mablag’larini oluvchilar (byudjet mablag’larini bosh taqsimlovchilar) o’z tasarrufidagi tashkilotlarning balanslarini qabul qiladilar, ko’rib chiqadilar hamda tasdiqlaydilar, agarda qonunchilikda boshqacha qoidalar nazarda tutilmagan bo’lsa. O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va tegishli hududiy moliya organlari o’tgan yilgi moliya yakunlarini chiqarishda vazirlik va idoralar, hokimliklar boshqarmalari (bo’limlari)ning o’z tasarrufidagi tashkilotlarining yillik
balanslarini ko’rib chiqishda ishtirok etishlari mumkin.
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va hududiy moliya organlari quyidagi huquqlarga ega:
zarur hollarda balansda keltirilgan ma’lumotlar yuzasidan tushuntirishlar talab qilish;
buxgalteriya balanslari ma’lumotlarini hamda ularning hujjatlar bilan asoslanganligini, shuningdek taftish dalolatnomalari va tashkilotning moliya- xo’jalik faoliyatini o’rganish materiallarini joyida ko’rib chiqish.
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va hududiy moliya organ lari balanslarda nomuvofiqliklar va noaniqliklar mavjud bo’lganda o’z e’tiroz va takliflarini tegishli tashkilotlarga ular qabul qilingan kundan boshlab 10 kundan kechiktirmasdan xabar qiladi.
Ma’lumki tashkilotda buxgalteriya xizmatini tashkil etish, moliya-xo’jalik faoliyatidagi amalga oshirilgan muomalalarni amaldagi qonun xujjatlariga muvofiqligi hamda buxgalteriya xujjatlarini saqlanishini ta’minlash tashkilot rahbari zimmasiga yuklatigan. Shundan kelib chiqqan holda, bevosita buxgalteriya xizmatining asosiy vazifasi kuyidagilarga qaratilmog’i kerak:

  • buxgalteriya hisobini qabul kilingan qonuniy xujjatlar, yo’riqnomalar va boshqa me’yoriy xujjatlarga amal qilgan holda yuritish;

  • buxgalteriya xujjatlarni o’z vaqtida va to’g’ri rasmiylashtirilishini hamda amalga oshirilayotgan muomalalarni qonuniyligini oldindan nazorat qilish;

  • byudjet mablag’larini, shuningdek byudjetdan tashqari mablag’larni smetada ko’zda tutilgan muayyan maqsadlarga to’g’ri va tejamli sarflanishi, shuningdek pul mablag’lari va moddiy boyliklarni butligi ustidan muntazam nazorat qilish;

  • tashkilot xodimlarining ish xaqlarini, o’quv yurtlari talabalarining stipendiyalarini belgilangan tartibda o’z vaqtida hisoblab chiqish va to’lash;

  • buxgalteriya hisobi va hisobotiga oid nizomlar, yo’riqnomalar, qo’llanmalar, uslubiy ko’rsatmalarni va bevosita buxgalteriya hisobiga oid me’yoriy – xuquqiy xujjatlarni tizimli ravishda hisobini olib borish va ish jarayonida muntazam foydalanish va boshqalar.

Byudjet tashkilotlarida hisob ob’ektlari bo’yicha byudjet tashkilotlari buxgalteriya hisobining milliy standartlarini ishlab chiqish. Bu orqali byudjet tashkilotlarida davlat sektori buxgalteriya hisobining xalqaro standartlari talablaridan kelib chiqib o’ziga xos jihatlarni inobatga olgan holda byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobini tashkil qilish va yuritish bo’yicha uslubiy ko’rsatma ishlab chiqish. Bunda faoliyat turidan kelib chiqib byudjet tashkilotlari buxgalteriya hisobini tashkil etishlari va yuritishlari yuqori turuvchi vazirlik va idoralar tomonidan yagona tarzda amalga oshirilishi lozim.

  1. Yüklə 484,59 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə