C va 100 kPa gaz ajralib chiqdi. Olingan eritmadagi suv molekulalari sonini hisoblang



Yüklə 2,8 Mb.
səhifə1/33
tarix05.05.2023
ölçüsü2,8 Mb.
#108537
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33
2015- yil DTM variant


1 – variant

1. Mg va MgO dan iborat aralashma yetarli miqdordagi 76,8 ml (p = 1,25 g/ml) 24,5% li sulfat kislota eritmasida eritildi. Natijada 5 litr (270C va 100 kPa) gaz ajralib chiqdi. Olingan eritmadagi suv molekulalari sonini hisoblang.


A) 24,48*1023 B) 6,02*1023
C) 12,04*1023 D) 34,82*1023
2. A va B moddalar orasidagi reaksiya 2A + B → C bilan ifodalanadi. A va B moddalarning boshlang`ich konsentratsiyasi mos ravishda 2,2 va 1,4 mol/l ni tashkil etadi. Boshlang`ich vaqtdagi tezligi esa 6,776 mol (l*min) ga teng bo`lsa, A moddaning konsentratsiyasi 0,8 mol/l ga kamaytirilgan vaqtdagi tezligini (mol/(l*min) hisoblang.
A) 2,96 B) 2,8 C) 1,4 D) 1,96
3. Tarkibida 64% tuz bo`lgan kristallogidrat va H2O qanday massa nisbatda aralashtirilganda 40% li eritma hosil bo`ladi?
A) 1:1,2 B) 1:0,6 C) 1:2,5 D) 1:0,8
4. Alkenga xlorid kislota ta`sir ettirilganda 7,85 g monoxloralkan, bromid kislota ta`sir ettirilganda esa 12,3 g monobromalkan hosil bo`ladi. Alkenni toping.
A) C5H10 B) C2H4 C) C4H8 D) C3H6
5. Alkan molekulasidagi protonlar sonini toppish formulasini ko`rsating.
A) N = 6n + 2 B) N = 6n – 2
C) N = 2n + 2 D) N = 8n + 2
6. Sxemadagi barcha noma`lum moddalar tarkibida azot borligi ma`lum bo`lsa, C va F moddalarni aniqlang.

1) NH3; 2) NO2; 3) NO; 4) HNO2; 5) HNO3; 6) NH4NO3; 7) N2O; 8) N2.
A) 4, 6 B) 5, 6 C) 2, 7 D) 1, 8
7. Natriy dixromat, temir (III) sulfat, seziy pirofosfat moddalaridagi jami kimyoviy bog`lar yig`indisi qancha bo`ladi?
A) 50 B) 32 C) 51 D) 52
8. Uglerod oksidlarning hajmi 5,6 litr (n.sh.) bo`lgan aralashmasida 4,7 mol proton bo`lsa, aralashma natriy gidroksid eritmasi orqali o`tkazilganda uning hajmi necha marta kamayadi?
A) 3 B) 4 C) 2,5 D) 5
9. Azot va metanning 60 ml aralashmasi 60 ml (mo`l miqdordagi) kislorodda yondirildi. Reaksiya tugagandan so`ng reaksion aralashma dastlabki sharoitga keltirilganda aralashmaning hajmi 80 ml ga teng bo`lsa, dastlabki aralashmadagi azotning hajmiy ulushini aniqlang.
A) 1/3 B) 2/3 C) 3/4 D) 1/4
10. 32,6 g Na va K dan iborat aralashmaga suyultirilgan HNO3 ta`sir ettirilganda argonga nisbatan 10% og`ir bo`lgan 2,8 litr (n.sh.) gaz ajraldi. Hosil bo`lgan natriyli tuzning massasini (g) toping. Metallar faqat kislota bilan ta`sirlashadi deb hisoblang.
A) 17 B) 42,5 C) 34 D) 10,5
11. Galogenangidridlar qaysi guruhning o`rniga galogen almashinishi hisobiga vujudga keladi?
A) –COH B) –OH C) –COOH D) –H
12. Noma`lum konsentratsiyali (mol/l) CuSO4 eritmasiga 3M li 400 ml CuSO4 eritmasidan qo`shilganda hosil bo`lgan eritmaning hajmi 2 marta, konsentratsiyasi esa dastlabki eritmaga nisbatan 1,25 marta ortgan bo`lsa, dastlabki eritmada necha mol CuSO4 bo`lganligini toping.
A) 0,8 B) 1,5 C) 2,5 D) 2
13. Natriy va kalsiy gidrofosfatlar aralashmasidagi metallarning massasi aralashmaning massasidan 144 g ga kam bo`lsa, aralashmadagi natriy gidrofosfatning massasini (g) toping. (m(Na) + m(P) = 92,5).
A) 142 B) 204 C) 138 D) 136
14. 14,7 g sulfat kislotaning miqdorini (mol), molekulalari sonini aniqlang.
A) 23,12; 0,23*1023 B) 6,6; 0,88*1023
C) 11,12; 10*1023 D) 0,15; 9,03*1022
15. Bir xil hajmli, bosimi 8 atm SO2 va 6 atm O2 gazlari reaksiyaga kirishganda sistema bosimi 12 atm ga teng bo`ldi. Ushbu 2SO2(g) + O2(g) ↔ 2SO3(g) reaksiyada kimyoviy muvozanat doimiysini (Kp) toping.
A) 0,25 B) 2,5 C) 10 D) 20
16. Amigdalin gidrolizlanganda qanday mahsulotlar hosil bo`ladi?
1) glyukoza; 2) fruktoza; 3) sirka aldegid; 4) benzaldegid; 5) glitserin; 6) sianid kislota; 7) karbonat angidrid.
A) 3, 5, 7 B) 1, 3, 6 C) 1, 4, 6 D) 2, 4, 6
17. Rux va kumushning ikki xil qotishmasi mavjud. Birinchi qotishmada bu metallar 2:5 massa nisbatda, ikkinchisida esa 7:6 massa nisbatda. Rux va kumushning massa nisbati 11:27 bo`lgan 54 kg yangi qotishmani olish uchun birinchi qotishmani qanday massada (kg) olish kerak?
A) 32 B) 28 C) 22 D) 8
18. 5,6 litr (n.sh.) ozon olish uchun talab etiladigan bariy peroksid massasini (g) aniqlang.
A) 42,25 B) 114,75 C) 229,5 D) 126,75
19. tibbiyotda “purgen” nomi bilan surgi sifatida qaysi modda ishlatiladi?
A) o-ftal kislotaning dimetil efiri
B) fenolftalein
C) ftal angidrid
D) benzoy kislota
20. Berilgan tartibda element va uning ionining radiusi qanday o`zgaradi?

a) ortadi; b) kamayadi; c) o`zgarmaydi.
A) 1-b; 2-c; 3-b B) 1-b; 2-a; 3-c
C) 1-c; 2-a; 3-b D) 1-a; 2-b; 3-b
21. 37,2 g aniline sirka angidrid bilan reaksiyaga kirishib necha gramm atsetanilid hosil qiladi?
A) 48 B) 24 C) 40,8 D) 54
22. PbS ning 0,75 mol O3 bilan oksidlanishidan hosil bo`lgan tuzning massasini (g) va gazning hajmini (l, n.sh.) toping.
A) 227,2; 16,8 B) 227,2; 84
C) 113,6; 8,4 D) 113,6; 16,8
23. 360 g 3 molyarli (p=1,2 g/ml) NaOH eritmasiga 7,5 molyarli (p=1,5 g/ml) NaOH eritmasidan qancha (g) qo`shilganda 14% li eritma hosil bo`ladi?
A) 360 B) 240 C) 160 D) 280
24. E+3 ioni … 3s23p63d5 konfiguratsiyaga ega bo`lsa, elementni aniqlang.
A) marganes B) xrom C) temir D) gaalliy
25. Fosfor va uglerodning 6,05 g aralashmasi 80% li H2SO4 eritmasida eritilganda hosil bo`lgan gazlar aralashmasini oksidlashga 5% li bromli suvdan 2,8 kg sarflangan bo`lsa, gazlar aralashmasining etanga nisbatan zichligini aniqlang.
A) 1,633 B) 1,933 C) 2,07 D) 2,124
26. Dibromalkanga o`yuvchi kaliyning spirtdagi eritmasi ta`sir ettirilganda 47,6 g kaliy bromide olindi. Agar dastlabki dibromalkanning hosil bo`lgan alkindan massa farqi 41,8 g ga teng bo`lsa, alkinni toping. (η = 80%)
A) C2H2 B) C3H4 C) C4H6 D) C5H8
27. Argentit mineralining tarkibi qaysi moddadan iborat?
A) Ag2O B) Ag4C C) Ag2S D) HgS
28. Fosforning ikkita soni tarkibida s-elektronlar soni o`zaro teng, p-elektronlar esa 1:2 nisbatda. Shu ikki iondagi elektronlar yig`indisini toping.
A) 30 B) 33 C) 22 D) 38
29. Quyidagi moddalarni kristall panjaralari turi bilan to`g`ri juftlab ko`rsating.
1) quruq muz; 2) olmos; 3) benzol; 4) kaliy; 5) natriy;
6) metan. a) molekulyar; b) atom; c) ion; d) metall.
A) 1-a; 2-b; 3-a; 4-d; 5-c; 6-a
B) 1-b; 2-b; 3-a; 4-d; 5-c; 6-a
C) 1-a; 2-b; 3-a; 4-d; 5-c; 6-d
D) 1-a; 2-b; 3-a; 4-b; 5-c; 6-a
30. 0,1 mol kislorodda 6,9 g natriy metali oksidlandi va qizdirish davom ettirildi. Hosil bo`lgan qattiq modda(lar) issiq suvda eritilishidan hosil bo`lgan gazning hajmini (l) aniqlang.
A) 0,336 B) 0,112 C) gaz ajralmaydi D) 0,56
31. Qaysi reaktiv yordamida atseton, geksanal va geksin-1 ni bir-biridan farqlash mumkin?
A) suv
B) kumush oksidning ammiakli eritmasi
C) kaliy permanganatning suvli eritmasi
D) bromli suv
32. Noma`lum elementning bromidi va bromatining molyar massalari nisbati 1:1,403 ga teng. Noma`lum elementni aniqlang.
A) K B) Sr C) Mg D) Fe
33. Natriy nitratning 200C da to`yingan 350 g eritmasi 10 A tok bilan 48250 sekund davomida elektroliz qilindi. Elektroliz so`ngida 260 g to`yingan eritma hosil bo`ldi. Cho`kmaga tushgan tuz massasini (g) aniqlang.
A) 84 B) 175 C) 45 D) 25
34. 2,24 l kislorodda 6,9 g natriy metalli oksidlandi va qizdirish davom ettirildi. Hosil bo`lgan qattiq modda(lar) issiq suvda eritilishidan hosil bo`lgan ishqor miqdorini (mol) toping.
A) 0,2 B) 0,3 C) 0,375 D) 0,1
35. 0,24 kg suvda LiH va KH aralashmasi eritilishi natijasida 8,32% li ishqor eritmasi hosil bo`ldi va eritma massasi dastlabki umumiy massaga nisbatan 1,2 grammga kamaydi. Ishqorlarning mol nisbatini aniqlang.
A) 2:1 B) 1,25:1 C) 1:1,4 D) 2:3
36. Quyidagi reaksiya tenglamasidagi barcha koeffitsiyentlar yig`indisini hisoblang.
PxSy + 38HNO3 → H3PO4 + H2SO4 + 38NO2 + 10H2O
A) 214 B) 104 C) 100 D) 94

Yüklə 2,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə