Chang cholg'u asbobi haqida ma'lumot Reja



Yüklə 55 Kb.
tarix23.12.2023
ölçüsü55 Kb.
#157689
Chang cholg\'u asbobi haqida ma\'lumot


Chang cholg'u asbobi haqida ma'lumot
Reja:

  1. Chang cholg’u asbobining kelib chiqishi

  2. Uning tuzilishi

  3. Xulosa

Musiqiy cholg‘ular dunyosi taraqqiyotning boshqa sohalari kabi oddiydan


murakkablik sari tobora takomillashib va rivojlanib borgan. O‘zbek xalqining musiqa madaniyati ko‘p asrlik tarixga ega, ko‘pgina sozanda va xonandalar avlodining faoliyatida qaror topgan xalq hamda og‘zaki an’anadagi ustozona musiqa san’ati bu haqda guvohlik qiladi. Bir narsani ta’kidlab o‘tishim joizki, asl hujjat va manbalarda musiqiy sozlarning tarixi juda qisqa, ayrim lavhalardagina yoritilgan. Buning ustiga musiqani yozib oluvchi vositalar bo‘lmaganligi sababli, biz o‘tmish musiqa cholg‘ularining sadolanish xususiyatlari haqida aniq tasavvurga ega emasmiz. Qadimgi manbalarga ko‘ra XV-XVII asrlardan boshlab “Chang” so‘zi hayotimizga kirib kela boshlagan. Kirib kelgunga qadar esa “Chang” iborasi o‘zbek va tojik musiqa madaniyatida butunlay boshqa asbob, ya’ni zamonaviy yevropacha tirnab chalinadigan arfa sozi tushunilgan. Alisher Navoiyning ona tomondan bobosi Abu Said Changiy ham mohir ijrochi bo‘lgan ekan. Ba’zi ma’lumotlarda keltirilishicha, Navoiy davrida Hirotlik sozanda va xonandalar Marg‘ilonga kelishib, bu yerda ko‘p narsalar o‘rganib ketishgan ekan. Yana Alisher Navoiyning “Xamsa”asarining “Sabbai Sayyor”
dostonida keltirilib o‘tilgan “Chang” iborasi ham ham arfaga o‘xshash cholg‘u asbobi aniqrog‘i qo‘l arfasini nazarda tutilgan bo‘lib, uning mohir ijrochilari sifatida esa Dilorom va boshqa ayollar obrazlari tasvirlangan. Bundan ko‘rinib turibdiki, o‘sha davrlarga xos bo‘lgan arfasimon chang asbobi deyarli faqat xotin-qizlarga mansub cholg‘ulardan biri hisoblangan va ermizdan oldingi asrlardayoq foydalanilgan. Biroq XVII-asrlardan keyin qo‘l arfasi ijrochilikdan sekin-asta chiqib keta boshladi va uning o'rnini boshqa soz - maxsus bambukdan ishlangan tayoqchalar bilan urib chalinadigan trapetsiya shaklidagi chang cholg‘u asbobi egalladi. Asrlar davomida arfa shaklida bo‘lgan chang cholg‘usi XIX- asrga kelib
qutisimon shaklda namoyon bo‘ldi. O‘rta asrning so‘nggi yillarida changda yuksak darajada ijrochilik mahoratini namoyish etgan so‘ngi sozandalardan biri Darvishali Changiydir.
Darevishali Changiy (to‘liq ismi: Darvish Aliyi Changiy al-Xoqoniy ibn Mirzo
Ali Changiy ibn Abdulali Qonuniy ibn Xo‘ja Abdullo Muhammad Marvarid). U
XVIII-asrlarda yashab ijod qilgan musiqashunos, bastakor, hofiz, shoir hamda chang cholg‘usining mohir sozandasi hisoblangan. Darvishali Changiy sozlarni bir-biriga taqqoslab chang cholg‘u asbobini “Sozlarning kelinchagi” deb ataydi. U yoshligidan musiqaga qiziqqanligi sababli o‘z davrining ko‘plab musiqashunoslaridan ta’lim olgan. O‘z she’rlarini Changiy taxallusi bilan yozgan. Darvishali Changiy chang asbobining qadimgi tarixi haqida ma’lumot bergan. Uning aytishicha changda 26 ta tor va 7 ta lad bo‘lgan. Changning 7 ladida 7 maqomni ijro etishgan. Ammo mohir changchilar ushbu changda 12 maqomni chalishni uddasidan chiqishgan. Yana Darvishali Changiy qadimda changni kelib chiqishi haqida quyidagicha yozadi: chang juda qadimiy soz bo‘lib, Mesopotamiyadan tortib, to Xitoygacha bo‘lgan juda kata hududda ishlatilgan. O‘sha davrlarda Buxoroda Shayboniylardan bo‘lgan Abdullaxonning zamondoshi Xo‘jai Kalon (Buyuk Xo‘ja) og‘ir dardga chalinib qoladi.
Tabib Sulton Muhammad uni davolab, unga kasalni yengishda chang mashqlarini
tinglashni tavsiya qiladi. Xo‘jai Kalon Darvish Alini huzuriga chaqirtiradi. Darvish Ali uning huzurida uch oy davomida chang chaladi va Xo‘ja butunlay tuzalib ketadi.
Qadimda buyuk Nushiravon zamonida (531-579) mashxur changchi Piri changchi
yashagan. O‘sha vaqtlarda Eron arablar qo‘liga o‘tadi, undan so‘ng xalifa Umar Eron musiqasini ta’qib ostiga oladi. Piri changchi o‘zini hech kimga keragi yo‘qligidan hafa bo‘ladi va Madinaga Yasrab qabrini ziyorat qilish uchun boradi. U oldiga changni qo‘yib, nola qila boshlaydi: “Men hamisha sen uchun chaldim, endi esa meni ta’qib ostiga olishganligi bois sening oldingga oxirgi bor chalish uchun keldim. Sendan bir narsa so‘rayman, ipak torlarimgagina haq berishsa”, yig‘lab va oh urib o‘zining so‘nggi mashqini ijro etadi va changning oldiga boshini qo‘yib uhlab qoladi. Shu payt xalifa Umarga g‘oyibdan bir ovoz keladi: “Bizning bir do‘stimiz bor, u Yasrabning qabri yonida. Ul kimsaga xazinangdan 700 dinor olib borib ber, yana zoriqsa yana kelsin”. Umar 700 dinorni olib Yasrabning qabri yoniga boradi. U yerda Piri changchidan boshqa hech kimsa yo‘q edi. U hayron bo‘lib tursa, Changiy uyg‘onib qoladi. Umar
unga 700 dinorni beradi va aytadi: Alloh seni do‘st deb bilibdi, men ham sening
do‘stingman. Boshingga mushkil ish tushsa yonimga kelgin. “Sening soz chertishing egamni rom etdi” - deydi. Bu haqda taniqli fors shoiri Jaloliddin Rumiy ham she’rlar yozgan. Asrlar davomida ijod qilgan ko‘plab sozandalar o‘zlarining betakror ijodlari bilan Markaziy Osiyo xalqlari madaniyati rivojiga o‘z xissalarini qo‘shib keldilar. Uzoq o‘tmishda talaygina changchi ijrochilarning mavjudligi - chang cholg‘usi keng qo‘llanilganidan va turli tarixiy davrlarga moslashib kelganidan dalolatdir. Torli-urma cholg‘ular guruhining yagona namoyondasi bo‘lgan chang cholg‘usi ilmiy-nazariy tasnifga ko‘ra tovush manbai bo‘yicha torli cholg‘u, tovushni xosil qilish uslubi bo‘yicha urma cholg‘usi hisoblanadi. Chang – o‘zbek xalq cholg‘ulari orasida jarangdorligi va tembrining boyligi bilan ajralib turadi. O‘tgan asrda chang sozi nomukammal hisoblangan. Negaki o‘tgan asrlardagi chang sozi kuchsiz bir-xil diametrdagi metall simlarni tortishga mo‘ljallangan va tovushqatori diatonic temperatsiyalanmagan. Avvalgi changlar tut daraxtidan yasalib, hozir ko‘rinishiga nisbatan ancha katta bo‘lgan va ingichka mis torlar taqilgan. Cholg‘u torlarini taqish uchun mo‘ljallangan quloqlar uzun uchli mixga o‘xshash sariq misdan bo‘lgan. Chang torlari bolg‘achaga o‘xshash kalitda kerakli balandlikda sozlab olinib, kalitning dasta qismidagi bolg‘acha tomoni bilan urib qo‘yilgan. Hozirgi changlarda torlarning tortilish kuchi oshganligi sababli cholg‘u quloqlari po‘latdan yasaladi. Bulardan tashqari u changning oyoqlari ham bo‘lmagan va shu bois uni yerda o‘tirgan holda ijro etishgan. Shu kabi ya’ni rekonstruksiya qilinmagan maqom changini usta Ayxayev. Z. 1935-yilda hamda Zuffarov. U 1946-yillarda yashaganlar. Kishilik jamiyati rivojlanishi natijasida odamlarning didi, saviyasi taraqqiy etadi. Musiqiy sozlar ham jonli jarayon bo‘lganligi sababli, ular talab darajasida takomillashib boradi. Oldingi
asrning 30-yillarida keskin sur’atda ro‘y berayotgan madaniy o‘zgarishlar natijasida mavjud cholg‘ularning sifat darajasi zamon talablariga javob bermay qoladi. Xalq sozgar ustalari bilan birga, bir qator sozandalar ham musiqiy sozlarning
takomillashuviga o‘z hissalarini qo‘shganlar. Eski namunadagi chang cholg‘usini zamon talabiga moslashtirish ishlarini changchi va sozgar usta Usta Ro‘zmat Isaboyev, mashxur doirachi va changchi Usta Olim Komilov, mohir sozanda Matyusuf Xarratovlar boshlab berishadi. Ular milliy chang cholg‘usining tovush jarangdorligini yaxshilash, tovush ko‘lamini kengaytirish va tovushlarni to‘laqonli bo‘lishi uchun tinimsiz izlanishlar qiladilar. Bugungi kunda muzeylarda chang cholg‘usining ba’zi bir eski namunalari saqlanib kelinmoqda.
O‘sha davrda milliy sozlarni yasaydigan bir qator musiqiy ustaxonalar faoliyat
ko‘rsatgan, ammo 1941-1944-yillarda urush munosabati bilan ba’zilari o‘z ishini to‘xtatgan. Hali urush davom etishiga qaramay 1944-yili musiqa cholg‘ularini yasash sexi va o‘quv hunarmandlar kombinati ochiladi. Chang cholg‘usi ancha murakkab bo‘lganligi sababli, uni takomillashtirish ishlari boshqa cholg‘ularga nisbatan murakkabroq kechadi. Shunday bo‘lsada, an’anaviy chang namunasi asosida yarim xromatik tovushqatorli, so‘ng turli ko‘lam tovushqatorlardan iborat to‘liq xromatik chang cholg‘ulari yaratiladi. Keyingi bosqichda kerakli yog‘ochlarni tanlash, torlar sifatini yaxshilash, tovush jarangdorligini oshirish borasida izlanishlar olib boriladi. Chang cholg‘usining takomillashuvi natijasida: · xromatik tovushqator tizimi o‘rnatildi;
· cholg‘uning tovush ko‘lami kengaytirilib, bir oktava ko‘tarib sozlashga
moslashtirildi;
· sifatli sim torlar taqildi;
· jarangdor tovush sadolantiruvchi yogoch tanlandi;
· vaqt taqazosi sozandalardan musiqiy sozni kursida o‘tirib chalishni talab
etgandan so‘ng, maxsus uchta uzun oyoqlar joriy etildi;
· ijro vaqtida chang sadolarini vaqti-vaqti bilan so‘ndirib turish uchun tepki
ixtiro qilindi.
Rekonstruksiya qilingan chang cholg‘usining tovush ko‘lami kengaytirilib,
tovush qatori kichik oktava “sol” dan uchinchi oktava “sol” diezgacha bo‘ldi. Hozirgi qo‘llaniladigan chang cholg‘usi Yevropa va barcha Sharq davlatlari xalqlari orasida keng tarqalgan. Jumladan, chang va changsimon cholg‘ulardan Sharqda O‘zbekiston, Ozarbayjon, Tojikiston, Eron, Afg‘oniston, Xitoy, Hindiston, Korea va Yaponiya davlatlarida ham keng foydalaniladi. Yevropa davlatlarida uni “Simbal” deb atashadi.
U tut, yong‘oq va boshqa yog‘ochlardan yasalib, changning quloqlari 76 ta va u chang korpusining o‘ng tomoniga o‘rnatilinadi, sozlari xromatik yarimtonlikdan iborat.
Chang cholg‘usiga kiritilgan o‘zgarishlar ijroda ancha imkoniyat va qulayliklar
yaratdi. Chang sozi hozirgi kunda ham yetakchi cholg‘u hisoblanib, orkestr va
ansambllarda keng foydalaniladi. ljrochilik jamoalarida ushbu cholg‘u fundament, ya’ni poydevor vazifasini o‘taydi.
Markaziy va O‘rta Osiyo xalqlari musiqiy cholg‘ularga boy bo‘lib, ko‘pchilik
cholg‘ular turli xalqlar ijodiyotida o‘ziga xos ko‘rinishlarda hamda shakllarda tarkib
topgan. Ana shunday cholg‘ularga nay, tanbur, chang, qonun, ud, dutor va urma cholg‘ularni misol qilish mumkin. Shularning orasida chang o‘zining jozibadorligi, o‘ziga xos tabiati va ijrochilik an’analari bilan bir qator Sharq xalqlari musiqa madaniyatida alohida o‘rin tutib kelgan. Chang cholg‘usi juda qadimiy tarixga ega. O‘tmish allomalarining manba’larida
zikr etilishicha chang cholg‘usi ko‘hna qadimiy cholg‘ulardan bo‘lmish «nuzha»ning o‘rniga iste’molga kirib kelgan va o‘zining qulay imkoniyatlari bilan xalqlar orasida keng ommalashgan. O‘tmish davomida chang takomillashib mukammal cholg‘ular qatoridan joy olgan.
Chang - o‘zi yunoncha so‘zdan olingan bo‘lib, tovushqator asosi bir torli tarkibda tuzilgan «Monoxord» asbobiga berilgan nomdan kelib chiqqan. Demak, qadimiy «Monoxord» cholg‘u asbobi arab xalqi ijodiy-amaliyotida «Chang» nomi bilan ommalashgan. Bu jarayonning ilk davri X-XI asrlarga to‘g‘ri keladi. Arab musiqashunos olimlarining bayon etishlaricha, taxminan XIV asrlarda yaratilgan chang cholg‘usi Ussuriya poytaxtida topilgan. Bu cholg‘uning chizma nusxasi fil suyagidan qilingan qutiga chizilgandir. Unga binoan qadimgi chang turli shakllarda bo‘lganligini olimlar o‘z risolalarida yozadilar. Jumladan: Shu davrlarda chang cholg‘usining uzunchoq shakli, yoysimon nusxalari, to‘rtburchak namunalari amaliyotda bo‘lgan. Cholg‘uning amaliy hamda ovoz tarannumining jihatlarini inson
tabiatiga mutanosibligi sabab bo‘lsa kerak, Sharq dunyosining turli mamlakatlarida bu cholg‘u o‘ziga xos tarzda shakllanib ommalashgan.
Bu cholg‘ular shaklan, ya’ni tuzilish tarkibi, uslubiy jihatlari, ovoz va ijrochilik
an’analari bir-birlariga juda o‘xshashdir. Masalan: arab, turk va ozarbayjon xalqlarida chang, uyg‘urlarda - qalun, armanlarda - kanon, slavyanlarda - gusli, karallarda - kantelli, estonlarda - kanelli, latishlarda - kokles, yaponlarda - kato, koreyslarda - kiyagin kabi nomlangan cholg‘ular turli jihatlari bilan bir-birlariga o‘xshashdirlar. Ya’ni bu cholg‘ular chang va changsimon cholg‘ular toifasiga kiradilar. Ular qadimiy Nusxa, chang, Santur, Magna kabi cholg‘ulardan tarqalgan desak to‘g‘riroq bo‘ladi.
Uzoq yillar davomida arfa (chang)cholg‘usining vatani Misr hisoblangan va u qadimgi yodgorliklarda o‘z aksini topgan (eramizdan avv.3000-2500 yy.). Arfa (Chang) cholg‘usining besh xili, ya’ni uchta burchakli va ikkita yoysimon ko‘rinishlari mavjud ekanligi mutaxassislar tomonidan isbotlab berilgan. 1940-yili Surхondаryo viloyati, Tеrmiz shаhri yaqinidаgi Аyritom qo‘rg‘onidа аrхеologik qаzishmаlаr chog‘idа chаng cholg‘usining qаdimgi shаkli bo‘lgаn аrfа chаlаyotgаn аyol frizi topilgan. Bu cholg‘u uchburchаk ko‘rinishda bo‘lib, o‘n uchta tori bo‘lgan. Tаriхchi olim K.Trеvеr qаyd etgаnidеk, «Аyritom qo‘rg‘onidа topilgаn frizlаrning bаrchаsi
mаhаlliy hunаrmаndlаr tomonidаn yasаlgаn vа ulаr erаmizdan аvvаlgi XVIII аsrgа borib tаqаlаdi». Shu mа’nodа chаng cholg‘u ijrochiligi musiqа sаn’аtimizdаjudа qаdimgi tаriхgа egаdir.
Chang cholg‘usi haqida O‘rta asr allomalarining musiqiy risolalarida ma’lumotlar berilgan. Jumladan, musiqashunoslik fanining asoschisi Abu Nasr Muhammad al- Farobiyning yozishicha bu cholg‘u Samarqandlik Xulays ibn Axvas tomonidan So‘g‘dda ixtiro etilgan bo‘lib, so‘ngra Bag‘dodda va boshqa mamlakatlarda tarqalgan ekan. Umuman «chang» arab, fors va turkiy adabiyotlarda xilma-xil bo‘lib, egri, chang,
chog‘ona, shudurg‘u, yaturg‘on atamalari ostida berilgan. «Chаng» nomini XIII аsrdа uchrаtаmiz. Qutbiddin Shеroziy (XIII аsr) «Durrat-ut toj» (Musiqа hаqidа dur аsаr) risolаsidа qonun, nusха, nаvхi kаbi qаdimgi cholg‘ulаr аsаridа Chаng cholg‘usini hаm tilgа olib, «tovushi ochiq torlаrdаn sаdolаnuvchi cholg‘ulаr» tаrkibigа kiritаdi.
XIV asrning oxiri XV asrning boshlarida Ozarbayjonning Marog‘ shahrida
tug‘ilgan bo‘lsa-da, hayotining ikkinchi yarmi Temur saroyida-Samarqandda o‘tgan va Hirotda vafot etgan Abduqodir G‘oyibiy (Marog‘iy)ning «Jama al-alxanfi-ilm almusiqiy » («Musiqa ilmida ohanglar to‘plami») risolasida qonun cholg‘usini ta’riflab - cholg‘u trapetsiya shaklida yasalib sado taraladigan quti, jami yetmish ikkita uchtalik mis simlar tortilib tarang sozlangan, tovushqatori 24 boshqichdan iborat bo‘lganligi haqida bayon etadi. XVII asrda yashab ijod qilgan Darvesh Ali Сhangiyning risolasida nafaqat musiqa nazariyasi, balki turli davr ijrochilari va saroy qoshida keng tarqalgan musiqa cholg‘ularidan bo‘lgan tanbur, сhang, nay va qonun haqida ham to‘xtalib o‘tadi.
Darvesh Ali Сhangiy сhangning qadimiy o‘tmishi haqida ma’lumot beradi. Uning aytishicha сhangda 26 ta tor va 7 ta lad bo‘lgan. Bu сhangning 7 ladida 7 maqomni ijro
etishgan:
1-laddan «Rost» maqomi boshlangan.
2-laddan «Navo» maqomi boshlangan.
3-laddan «Xijoz» maqomi boshlangan.
4-laddan «Zangura» maqomi boshlangan.
5-laddan «Xusayni» maqomi boshlangan.
6-laddan «Kuchek» maqomi boshlangan.
7-laddan «Iroq» maqomi boshlangan.
Lekin usta сhangchilar ushbu сhangda 12 maqomni chalishga muvaffaq
bo‘lganlar. Darvesh Ali ibn Mirzo Ali ibn Xo‘ja Maxmud Marvariz shu cholg‘uning mohir ijrochisi bo‘lgan. U yoshligidan сhangga mehr qo‘ydi va keyinchalik shuhrat qozondi. Shu davrning yana bir mohir сhangchisi Mavlono Zaynuliddin Rumiy edi.
Chang cholg‘usi asrlar davomida takomillashib, avloddan-avlodga, ya’ni
bizgacha yetib kelgan. Musiqiy hayot taqozosi bilan o‘zbek xalq cholg‘ularini zamonga xos takomillashtirish zaruriyati tug‘ildi. 1940-yillarda xalq cholg‘ularini yasash va takomillashtirish bo‘yicha maxsus ustaxonalar ochildi. Namangandagi musiqa ustaxonasiga taniqli xalq sozandasi Usta Ro‘zmat Isaboyev (1885-1964) boshchilik qildi. U ijrochilar tomonidan keng qo‘llanilgan yarim xromatik changing bir necha nusxasini yasab, tayyorladi. Toshkentdagi ustaxonada mashhur cholg‘ular ustasi Usta Usmon Zufarov (1899-1981) ham chang cholg‘usining yangi nusxalarini yaratdi.
Xorazmda esa mashhur xalq sozandasi, bastakor Matyusuf Xarratov changni takomillashtirish ustida sabot bilan ishladi. Izlanishlar natijasida Matyusuf Xarratov sozandalar Faxriddin Sodiqov, o‘z o‘g‘li Fozil Xarratov va Ahmad Odilovlar bilan hamkorlikda changning yuqori pardalarini qo‘shimcha torlar va xarraklar hisobiga kengaytiradi. Ushbu o‘zgarishlarni sozandalar ma’qullashadi. Cholg‘uga kiritilgan yana bir yangilik, cholg‘u bir oktava ko‘tarib sozlashga moslashtirildi. Bu esa changning birmuncha ixchamlashuviga sabab bo‘ldi. Chang cholg‘usining yangi nusxalarini yaratish San’atshunostlik instituti tasarrufidagi musiqa ustaxonasining
ustalari: U.Zufarov, Z.Zokirov, S.E.Didenkolarning zimmalariga yuklanadi. Shunday qilib u ijrochilik amaliyotiga tadbiq etiladi. Cholg‘uga kiritilgan yana bir yangilik, cholg‘u bir oktava ko‘tarib sozlashga moslashtirildi. Natijada chang sozi ta’lim tizimiga kiritildi. Shoakbar Shoakramov, Abdusamat Ilyosov, Ashraf Ashrapov, Mahammadjon Rasulov va Ahmad Odilovlar o‘quv dargohida ta’lim olgan birinchi ijrochilardan bo‘lishdi va bu ijro uslubi tizimi yo‘lga qo‘yildi, ko‘zlangan maqsad o‘z tasdig‘ini topdi. O‘ziga xos yaratilgan chang cholg‘usi tez orada ijrochilik amaliyotida qo‘llanila boshladi va keng ommalashdi. Musiqa cholg‘ularini yasovchi ustalar chang
soziga qalb qo‘ri, ko‘z nuri va erishgan tajribalarini sarflab, naqshinkor bezakli changlar yasay boshladilar. Changning tovush sifati, sadolanishi va jarangdorligi, tarannum jozibasi ko‘p sonli tinglovchilar e’tiborini o‘ziga jalb etdi. Shunday qilib, сhang cholg‘u ijrochiligining tarixi va rivojlanib borish jarayonlari o‘ziga xos xususiyatlari bilan diqqatni tortadi. Bu masala nazariy va amaliy jihatdan bo‘lajak mutaxassislar tomonidan o‘rganilib borishni taqozo etiladi. Ijrochilik qobilyatlarini sakillantirish uchun, avvalo, talaba musiqa haqidagi barcha bilimlarni tushunib, idrok eta olishi, u haqidagi bilim, ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lishi, musiqaning ifodaviy vositalarini, badiiy bezaklari haqidagi, notalarni ijro etish malakalarini puxta egallagan bo‘lishi lozim. Shu bilan birga talabalarning ruhiy olami, uning kayfiyati ham muhim ahamiyatga egadir.
Yüklə 55 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə