|
 Chdpu ta’lim menejmentini o’qitish metodikasi fanidan mmej 21-2 Olimova F. UO‘qituvchilar aksariyat hollarda dars jarayonida quyidagi xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘yadilar
|
səhifə | 2/4 | tarix | 09.05.2023 | ölçüsü | 1,09 Mb. | | #109304 |
| Dars jarayonini kuzatishO‘qituvchilar aksariyat hollarda dars jarayonida quyidagi xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘yadilar.
Dars maqsadi bilan o‘quvchilarni tanishtirmaslik;
Interfaol metodlardan samarasiz foydalanish;
O‘quvchilarning mustaqil ishlashini ta’minlamaslik.
O‘quvchilarga beriladigan savollarning muammoli tarzda tuzilmaganligi kabilar.
Mavzuni amaliyot bilan bog‘lab tushuntirmaslik;
O‘qituvchi nutqining ravon ta’sirchan emasligi;
O‘quvchilar bilan yakka va jamoa tartibda ishlashga erisha olmaslik;
Mavzuni ilmiy va amaliy nuqtai nazardan tushuntirishga e’tibor bermaslik;
O‘quvchilar bajargan ishlarini vaqtida baholamaslik;
O‘qituvchilarning o‘zaro dars kuzatishi tajriba almashinuv jarayoni bo‘lib, dars o‘tayotgan o‘qituvchi bor mahoratini ishga solib, yuqori ishchanlik bilan faoliyat ko‘rsatsa, tahlil qiluvchi o‘qituvchi esa taklif va mulohazalar berish orqali tajribasini boyitadi, metodik malakasini oshiradi
Darslar aniq maqsad asosida kuzatilishi va tahlil qilish lozim.
Darslarni tahlil qilish faqatgina metodik ahamiyatga ega bo‘lmay, balki maktabda o‘quv-tarbiya jarayoniga rahbarlik va nazoratning muhim shakllaridan biridir.
O‘qituvchi darsini kuzatish va tahlil qilish amaliyotining tizimli amalga oshirilishi darslarni qiyoslash va yo‘l qo‘yilgan xatolarning bartaraf etilganligini aniqlash imkoniyatini beradi.
O‘qituvchining darsi viloyat XTB, tuman, xalq ta’limi bo‘limi, ta’lim muassasalari rahbarlari, xodimlari, metodistlar va o‘qituvchilar tomonida kuzatiladi va tahlil qilinadi.
darsda o‘quvchilarni faollashtirish va mavzuni o‘zlashtirishlari e’tiborga olinganligi.
ilg‘or ish usullari va metodlarini o‘rganish va ommalashtirish;
ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish;
o‘qituvchilarning o‘zaro tajriba almashishi;
Dostları ilə paylaş: |
|
|