Chet el adabiyoti



Yüklə 410,48 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/18
tarix26.11.2017
ölçüsü410,48 Kb.
#12439
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18

 

 

28 



 

davlat  siyosati,  fan  va  madaniyatiga  yozuvchining  munosabati.  Romanda  janr 

muammosi.  Romanda  satiraning  xalqaro  ahamiyati.  Svift  ijodiy  metodi 

muammolari. 

 Sviftning "Gulliverning sayohatlari" romani o'zbek tilida. 

 Samyuel  Richardson  -  epistolyar  roman  ijodchisi.  Richardson  romanlarining 

evolyusiyasi.  Yozuvchi  dunyoqrashi  va  ijodiy  yo'nalishining  xarakteri.  Ingliz 

ma'rifatchilik  romanlarida  (G.  Smollet)  realistik  yo'nalish  taraqqiyoti.  Ingliz 

ma'rifatchilik romanlarida turli yo'nalishlar (Richardson, Filding, Smollet). 

 Genri  Filding  -  ma'rifatchilik  adabiyotining  namoyandasi,  dramaturg,  romanist, 

publitsist.  Filding  ijodining  bosqichlari.  Ijodining  dastlabki  bosqichida  Svift 

satirik  an'anasi  davomchisi.  ("Jonatan  Uayld  tarixi").  Fildingning  satirik 

dramaturgiyasida  ingliz  siyosiy  qurilishi  tanqidi.  Romanist-Filding  ijodi  

evolyusiyasi.  ("Tom  Jons  tarixi").  Richardson  bilan  Filding  munozarasi.  Filding 

dunyoqarashining  materialistik  negizi.  Filding  ijodida  axloq  masalasi.  Filding 

romanlarida ijobiy qahramon muammosi, xalq obrazi. Filding romanlarida tipiklik 

muammosi  va  syujet  qurilishi  masalasi.  Asarlarining  tili.  Romanist  -  Filding 

estetik  qarashlari.  Filding  estetikasida  kulguning  ahamiyati.  Filding  ijodining 

so'nggi davri. ("Ameliya" romani). 

 XVIII asrda fransuz absolyutizmining yemirilishi. XVIII asrning birinchi yarmida 

fransuz adabiyotida oqimlar kurashi, realistik yo'nalish kurashining aks etishi. 

 Fransua  Mari Arue Volter - XVIII asr ma'rifatchisi, shoir va dramaturg, faylasuf 

va  tarixchi,  publitsist  va  kurashchi  sifatida.  Volter  ijodini  davrlashtirish.  Volter 

dunyoqarashining  umumiy  xarakteristikasi.  Volter  va  cherkov.  Volterning 

ma'naviy-falsafiy,  ijtimoiy-siyosiy  qarashlari.  Volter  -tarixchi.  Volter  badiiy  ijodi 

evolyusiyasi. Volter ijodiy metodi masalasi (klassitsizm va realizmga munosabati). 

Volter  -  dramaturg.  "Brut"  tragediyasida  ozodlik,  vatanga  sadoqat  g'oyalarining 

ilgari surilishi. "Zaira" tragediyasida diniy jaholatni tanqid qilgani, "Muhammad" 

tragediyasida  esa  din,  cherkov  -  qalloblik  va  munofiqlik  quroli  ekanligi.  Volter 

ijodida  ijtimoiy-siyosiy  masalalarning  yoritilishi  ("Kandid  yoki  optimizm") 

Volterning tarixiy va falsafiy mavzudagi asarlari. Volter ijodining ahamiyati. 

 Deni Didro - XVIII asr ma'rifatparvari. Didro - ensiklopediya asoschilaridan biri. 

Uning  falsafiy  qarashlari.  Didroning  dramaturgiya  masalasiga  munosabati. 

Didroning  estetikaga  oid  asarlari  va  Ovrupoda  ma'rifatchilik  realizmining 

taraqqiyoti.  Didroning  san'at  sohasidagi  asarlari  ("Nikohsiz  o'g'il  haqida 

suhbatlar",  "Dramatik  adabiyot  to'g'risida",  "Tasviriy  san'at  haqida  tajribalar"), 

falsafiy asarlari d'Alamber bilan Didro suhbati", "Materiya va harakatning falsafiy 

prinsiplari"). 

 Didroning  badiiy  iste'dodi.  "Monaxinya"  romanining  g'oyasi.  Bu  ma'rifatchilik 

realizmi  asari  sifatida.  "Ramoning  jiyani"  -  dialog  shaklida  yozilgan  asar.  XVIII 

asr  fransuz  realistik  adabiyoti  taraqqiyotida  bu  asarning  ahamiyati.  Fransuz 

tanqidchiligi. Didro ijodining tarixiy ahamiyati to'g'risida. 

 Jan-Jak  Russo  -  sentimentalizm  oqimining  asoschisi.  Ijodining  davrlari. 

Russoning  ijtimoiy-siyosiy  va  tarixiy  qarashlari.  "Ijtimoiy  shartnoma"  risolasi 




 

 

29 



 

yozuvchining siyosiy programmasi sifatida. 

 Russoning  pedagogik  qarashlari  ("Emil  yoki  tarbiya  to'g'risida").  "Yuliya  yoki 

yangi  Eloiza"  romanida  ijtimoiy  tengsizlikning  ko'rsatilishi.  Romanda  tabiat 

masalasi. Ijobiy qahramonlar xarakterining ochilishi. Roman uslubi. Keyingi davr 

Ovrupo  adabiyotida  roman  janri  taraqqiyotida  tutgan  o'rni.  "Iqror"  asarida  XVIII 

asr  fransuz  jamiyatining  tanqidiy  tasvirlanishi.  "Iqror"da  avtor  obrazi.  Asarning 

keyingi  davr  avtobiografik  romanlariga  ta'siri.  Russo  ijodiy  metodining 

xususiyatlari.  Russo  va  fransuz  romantizmining  vujudga  kelishi.  Russo  ijodining 

qarama-qarshi tomonlari. Russo ijodining keyingi davr uchun ahamiyati. 

 Bomarshe - ma'rifatchilik davrining dramaturgi, publitsisti. Ijodining bosqichlari. 

Dramaturgiyasining  demokratik  va  realistik  yo'nalishi.  Bomarshe  estetik 

qarashlari.  ("Evgeniya"  pesasiga  so'zboshi).  Figaro  haqidagi  trilogiyasi. 

"Seviliyalik  sartarosh"  asarining  g'oyaviy  mazmuni.  "Figaroning  to'yi"  asarining 

siyosiy  va  badiiy  ahamiyati.  XVIII  asr  realistik  komediyaning  taraqqiyotida 

Bomarshe o'rni. 90-yillar ijodida g'ussali kayfiyatning paydo bo'lishi ("Jinoyatkor 

ona"). 

 XVIII  asrda  Germaniyaning  iqtisodiy  va  siyosiy  ahvoli.  XVIII  asr  o'rtalarida 



milliy  madaniyatning  rivojlanishi.  Nemis  ma'rifatchiligining  cheklanganligi. 

"Bo'ron va tazyiq" adabiy harakati namoyandalari. 

 Gotxold  Efraim  Lessing  -  Germaniyaning  milliy  birligi  uchun  kurashgan 

ma'rifatparvar  adib.  Lessing  -  xalqchil  san'at  estetikasi  nazariyotchisi,  xalqchil 

san'at  uchun  kurashchi.  Lessingning  milliy  teatrning  vujudga  kelishidagi  roli, 

drama  janriga  asos  soluvchi.  Lessingning  "Emiliya  Galotti"  pesasida  ijtimoiy 

konfliktning qo'yilishi. "Minna fon Barnxelm" asarida yetti yillik urush davridagi 

nemis  hayotining  real  kartinasining  ko'rsatilishi.  Xalq  ichidan  chiqqan 

qahramonlar  qiyofasining  ochilishi.  Lessingning  "Donishmand  Natan"  falsafiy 

dramasi.  Asarda  diniy  e'tiqodga  bo'lgan  erkinlik  masalasi.  Lessing  asarlarining 

ahamiyati. 

 Fridrix Shiller ijodining Shtyurmer davri. Shiller ilk dramaturgiyasining g'oyaviy 

yo'nalishi.  "qaroqchilar",  "Makr  va  muhabbat"  dramalarining  g'oyaviy  mazmuni. 

"qaroqchilar"  tragediyasida  kurashchanlik,  erksevarlik  g'oyalarining  ilgari 

surilishi.  Asar  qahramonidagi  isyonkorlik  ruhi.  Dramalarida  avtor  realizmining 

kuchi.  Shillerning  90-yillar  ijodi  -  tarixiy  mavzuga  murojaat.  Shiller  dramalarida 

realizm  va  romantizm.  ("Mariya  Styuart",  "Vallenshteyn",  "Orlean  qizi").  Shiller 

dramalarining uslubi. 

 Shiller asarlari o'zbek tilida va o'zbek sahnasida. 

 Iogann  Volfgang  Gyote  -  nemis  xalqining  buyuk  adibi.  Gyote  ijodining 

bosqichlari.  Gyotening  adabiy  faoliyatida  shtyurmer  davrining  xususiyatlari. 

Gyote  ijodining  ilk  davri  estetikasi.  "Ges  fon Berlixingen" asarida zulmga qarshi 

isyonkorlik  ruhi.  Asarning  xalqchilligi.  "Yosh  Verterning  iztiroblari"  romanida 

hayotiy  muammolarning  ko'tarilishi.  Asarda  zulmga,  adolatsizlikka,  oddiy  inson 

huquqlarining  poymol  qilinishiga  qarshi  isyonkorlik  ruhi.  Romanning  psixologik 

va  ijtimoiy  mazmuni.  Romanda  Verter  qismatining  tasvirlanishi.  Roman  o'zbek 




Yüklə 410,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə