Chet el adabiyoti



Yüklə 410,48 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/18
tarix26.11.2017
ölçüsü410,48 Kb.
#12439
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18

 

 



 

urushlarda  ishtirok  etgan.  Har  bir  xudoning  o'ziga  yarasha  ishi  bo'lgan,  olamda 

ma'lum "xo'jalik"ni "boshqargan". Yunonlar o'z xudolariga odamlar singari tabiat 

(xarakter)  va  xulq-atvor  berganlar,  xudolar  oddiy  odamlardan  faqat  o'lmasligi 

bilangina farq qilgan. 

 Har bir yunon qabilasining o'z yo'lboshchisi, harbiy boshlig'i, sudyasi va xo'jayini 

bo'lgani  kabi,  yunonlar  ZEVSni  xudolarning  boshlig'i  deb  hisoblaganlar. 

Yunonlarning e'tiqodicha, ZEVSning oilasi -aka-ukalari, xotini va bolalari u bilan 

birgalikda  dunyoga  hukmronlik  qilgan.  ZEVSning  xotini  GERA  oila,  nikoh,  uy-

ro'zg'or himoyachisi hisoblangan. ZEVSning akasi POSEYDON dengizlar ustidan 

hukmronlik  qilgan,  ukasi  AID  (GADES)  esa  yer  osti  o'liklar  dunyosini 

boshqargan. ZEVSning singlisi DEMETRA dehqonchilik ma'budasi bo'lib, hosilni 

boshqarib  turgan.  ZEVSning  bosh  xotini  GERAdan  va  boshqa  ma'budalardan 

ko'rgan  bir  qancha  farzandlari  ikkinchi  darajali  ma'budalar  qatoriga  kirgan. 

GERAdan  tug'ilgan  birinchi  o'g'li  GEFEST  -  otash  ma'budi,  temirchilik  homiysi; 

ikkinchi  o'g'li  ARES  -  qonli  urushlar  ma'budi;  zulmat  ma'budasi  LATONdan 

tug'ilgan  o'g'li  APOLLON  -  yorug'lik,  san'at,  she'riyat  va  musiqa  ma'budi,  ulug' 

qohin  hamda  buyuk  chavandoz;  uning  singlisi  ARTEMIDA  -  qamar  ma'budasi, 

o'rmonlar  va  ularda  yashovchi  jonivorlar  malikasi,  charchashni  bilmaydigan 

ZEVSning  miyasidan  bunyodga  kelgan  AFINA  PALLADA  -  donolik  ma'budasi, 

hunar  va  bilim,  shaharlar  homiysi;  Olimp  sultonining  zebo  qizi  AFRODITA  va 

uning o'g'li EROT - sevgi va go'zallik ma'budalari; parizod MAYYadan tug'ilgan 

o'g'li  GERMES  -  ma'budalar  jarchisi,  murdalar  ruhini  oxiratga  kuzatib  boruvchi, 

sayyoh va savdogarlar homiysi, badantarbiya ishlarining rahnamosi. 

 Miflarning hikoya qilishicha, bu xudolar odamlar kO'zidan doimiy bulutlar bilan 

to'silgan  OLIMP  tog'ida  istiqomat  qilganlar,  "xudolar  ovqati"  -  obi-hayot  va 

ambroziya  yeb  kun  kechirganlar.  Barcha  ishlar  ZEVS  huzuridagi  bazmlarda  hal 

qilingan.  Yerdagi odamlar o'z kasblariga ko'ra, xudolardan biriga sajda qilganlar, 

ularga atab ehromlar qurganlar, xayr-ehson keltirib, qurbonlik qilganlar. 

 Miflarda  ko'rsatilishicha,  bu  asosiy  xudolardan  tashqari  butun  yer  yuzi  tabiat 

kuchlarini  gavdalantirgan  ma'bud  va  ma'budalar  bilan  to'la  bo'lgan.  Daryo  va 

soylarda nimfa NAYaDlar, dengizda NEREIDlar, o'rmonda echki oyoqli, boshida 

shoxi bor - DRIADlar va SATIRAlar yashaganlar; tog'larda nimfa EXO yashagan. 

Osmonda  GELIOS  -  quyosh  hukmronlik  qilgan,  u  nafasidan  o't  chaqnovchi  otlar 

qo'shilgan  oltin  aravasida  har  kuni  dunyoni  aylanib  chiqqan;  qip-qizil  EOS  - 

shafaq  dunyoga  uning  chiqishidan  darak  bergan;  tunlari  osmonda  SELENA  -  oy 

hasrat  chekkan.  Shamollar  ham  har  xil  ma'budalar  bilan  ifodalangan:  dahshatli 

shimoliy  shamol  BOREY  bo'lsa,  iliq  va  mayin  shamol  ZEFIR  bo'lgan.  Kishilar 

hayotini  uchta  taqdir  ma'budasi  -  MOYRAlar  idora  etgan,  ular  kishi  hayotining 

ipini  tug'ilganidan  to  o'lguncha  yigirib  turganlar  va  istagan  paytlarida  uzib 

yuborishga qodir bo'lganlar. 

 ZEVS  -  xudolar  xudosi,  Olimp  tog'ida  joylashgan  saroy  taxtida  o'tirib,  o'z  qo'li 

ostidagi  saltanat  -  koinotni  boshqaradi.  Shu  jihatdan  uni  o'zbek  mifologiyasidagi 

ezgulik xudosi AXURA MAZDA (XURMUZ)ga o'xshatish mumkin. Lekin uning 




 

 



 

AXURA  MAZDAdan  farqli  tomoni  shundaki,  ZEVSning  tabiatida  keskinlik  va 

qattiqqo'llik ham uchraydi. Buni quyidagi misollarda aniq ko'rish mumkin: 

 1.  Esxilning  "Zanjirband  Prometey"  tragediyasiga  asos  bo'lib  xizmat  qilgan, 

Yunonistonda  keng  tarqalgan  PROMETEY  haqidagi  afsonada  aytilishicha, 

PROMETEY qadimgi ma'budalar nasliga mansub TITANlardan bo'lgan; ZEVS o'z 

otasi KRONOSni OLIMP taxtidan ag'darib, uning o'rniga o'zi mavjudod hukmroni 

-  bosh  ma'bud  bo'lib  olganida,  TITANlar  unga  qarshi  bosh  ko'tarishadi,  OLIMP 

tog'ida ko'tarilgan dahshatli jangda TITANlardan yolg'iz PROMETEYgina ZEVS 

tomonida  turib,  sheriklariga  qarshi  kurashadi.  ZEVS  o'z  dushmanlarini  tor-mor 

etib ko'ngli tinchigach, odamzodni mahv etib, yangi bir nasl yaratmoqchi bo'ladi. 

hukmronning  nohaq  niyatlaridan  qattiq  nafratlangan  PROMETEY  OLIMP 

mehrobidagi  muqaddas  o'tdan  uchqun  o'g'irlab,  odamzotga  keltirib  beradi  va  shu 

jasorati  bilan  ularni  halokatdan  saqlab  qoladi.  Biroq  PROMETEYning  odam 

bolalariga  qilgan  bu  yaxshiligi  bosh  xudoni  g'azablantirib,  ulug'  TITAN  boshiga 

ko'p kulfatlar soladi. ZEVS uni qoyaga zanjirband etib, parchinlab qo'yishga hukm 

chiqaradi. 

 2. Kekchi rafiqasi GERAning ba'zi qiliqlaridan bezor bo'lgan ZEVS uni yer bilan 

osmon  o'rtasiga  osib  qo'yib,  chaqmoqlari  bilan  uch  kecha-yu,  uch  kunduz 

savalaydi.  Onasining  yoniga  tushgan  GEFESTni  OLIMP  tog'idan  shunday  itarib 

yuboradiki, bechora otash ma'budi bir umrga oqsoq bo'lib qoladi. 

 Ma'budalarni odam qiyofasida tasavvur etish, o'z navbatida mifologiyani haqiqiy 

hayotga  yaqinlashtirdi  va  uning  obrazlariga  chinakam  hayotiylik  bag'ishladi. 

Yunon  mifologiyasining  bemisl  boyligi,  obrazlarining  nafisligi  butun  insoniyat 

tarixi  davomida  kitobxonning  diqqatini  o'ziga  jalb  etib  keldi,  yunon  adabiyoti  va 

san'atiga esa behad-behisob porloq mavzular hadya qildi. 

 Yunonlar  xudolar  to'g'risidagi  miflardan  tashqari  qahramonlar  to'g'risida  ham 

miflar yaratganlar. qadimgi Yunoniston bir butun davlat bo'lgan emas, ular bir-biri 

bilan tez-tez urushib turadigan, ba'zi-ba'zida birlashib, umumiy dushmanga qarshi 

kurashgan  mayda  shahar-davlatlardan  tashkil  topgan.  har  bir  shaharning,  har  bir 

viloyatning  o'z  qahramoni  bo'lgan.  Masalan  Afina  qahramoni  ona-vatanini 

istilochilardan  himoya  qilgan  va  bahaybat  MINOTAVR  buqasini yakkama-yakka 

olishib  yenggan  TEZEY  ismli  yigit  bo'lgan.  MINOTAVR  buqasi  yemish  uchun 

Afina  o'g'il-qizlaridan  olib  turar  ekan.  Frakiya  qahramoni  mashhur  qo'shiqchi 

ORFEY  bo'lgan.  Agrivyanlarning  qahramoni  bir  qarashda  odamni  toshga 

aylantirib qo'yuvchi MEDUZAni o'ldirgan PERSEY bo'lgan. 

 Keyinchalik Yunon qabilalari sekin-asta birlashib, yunonlar o'zlarini yagona xalq 

ellinlar  deb  bilganidan  so'ng  GERAKLni  butun  Yunonistonning  qahramoni  deb 

e'tirof  etishgan.  Turli  Yunon  shaharlari  va  Miflar  yaratilgan.  Gerakl  -  xalq 

qaramoni. 

 Gerakl qahramonliklari turkiy xalqlar yaratgan "Gershasp",  

 "Elikbek"  kabi  miflardan  ko'ra  ko'proq  qahramonlik  eposlari  hisoblangan 

"To'maris"  va  "Shiroq"  afsonalariga  o'xshab  ketadi.  Bizga  ma'lumki,  To'maris 

ham,  Shiroq  ham  xalq  qahramoni  obrazlari  bo'lib,  ular  taxminan  eramizdan 




Yüklə 410,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə