Chet el adabiyoti



Yüklə 410,48 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/18
tarix26.11.2017
ölçüsü410,48 Kb.
#12439
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18

 

 



 

Arxilox ijodida elegiya va yamblar yaratgan. 

 Bu  davrda  monodik,  ya'ni  yakkaxon  lirika  ham  rivojlandi.  Shoir  Alkey  bilan 

Sapfolar  bu  lirika  vakillaridir.  Alkey  ijodida  siyosiy  mavzular  bilan  birga ayollar 

latofatini tasvirlovchi she'rlari ham mavjud. 

 Shoira  Sapfo  poeziyasi  faqatgina  shaxsiy  kechinmalar,  yurak  hislari  bilan 

chegaralangan, deyarli yakka-yagona mavzu - sevgi va go'zallikdir. 

 Monodik lirikaning yana bir vakili shoir Anakreont bo'lib, ijodidagi asosiy mavzu 

-  ishq  va  maydir.  Anakreontning  ishqiy  va  ziyofat  marosimlarida  aytiladigan 

qo'shiqlarining  hayotbaxsh  ohangi.  Anakreont  ishqiy  she'rlaridan  tashqari 

madhiya, elegiya, epigrammalar ham yozgan. 

4-mavzu: 

 SOFOKL IJODI 

 Reja: 


 1. Sofokl ijodiy faoliyati 

 2. "Shox Edip" asarining axamiyati 

 3. "Shox Edip" uzbek saxnasida 

           

 Eramizdan avvalgi V asr yunon jamiyatining ijtimoiy-siyosiy va madaniy jihatdan 

yuqori bosqichga chiqqan davri bo'lib, Perikl davlatni boshqargan. Bu davr yunon 

tarixi voqealarga boy, turli jabhalar, jumladan, ilmu-fan, san'at rivojlantirildi. Ana 

shu  o'zgarishlar  munosabati  bilan  muhim  siyosiy  va  axloqiy  muammolar 

adabiyotda  o'z  ifodasini  topdi.  Bu  muammolardan  davlat  bilan  fuqaro  orasidagi 

masalalarni hal qilish, xalq manfaatlarini himoya qilish, insonparvarlik edi. Xuddi 

shu masalalarni hal qilishda dramaturgiya janrini alohida ko'rsatish lozim. 

 Drama  -  harakat  ma'nosini  ifodalab,  uning  kelib  chiqishini  xalqning  diniy 

marosimlari  bilan  bog'laydilar,  Dionis  marosimlaridan  (mehnat  va  marosim 

qo'shiqlari) dramaning barcha turlari - fojea, komediya va satirlar dramasi yuzaga 

kelgan.  Tragediya  -  "taka  qo'shiqi"  (Dionisni  takaga  o'xshatganlar)  Dramaning 

hamma turi diniy marosimlardan kelib chiqqanligi sababli ham qadimgi yunonlar 

bunga  e'tiqod  bilan  qaraganlar.  Yunon  teatrining  paydo  bo'lishi  va  uning 

xususiyatlari. 

Yunon 

teatrining 



ommaviyligi 

va 


xalqchilligi. 

Teatr 


musobaqalarining uyushtirilishi. 

 Esxil jahon adabiyotida san'atlar gultoji - tragediyaning otasi sifatida tanilgan. U 

miloddan  avvalgi  525-456  yillarda,  yunon  madaniyatining  oltin  davri  -  Perikl 

davrida  yashadi.  Shoir  zamonasining  eng  muhim  tarixiy  voqealarida,  ayniqsa, 

Yunon-Eron  urushlarida,  Marafon,  Salamin,  Plateyadagi  janglarda  qatnashdi. 

Esxil asarlaridan ma'lum bo'lishicha, shoir demokratik davlat tuzumi tarafdori edi. 

Shoir  o'z  asarlarida  ijtimoiy,  falsafiy,  siyosiy  qarashlarini  unchalik  yashirmagan. 

qadimgi zamon olimlarining guvohlik berishlaricha, Esxilning 90 ta dramatik asari 

bo'lib, undan bizgacha 70 tasi yetib kelgan. 

 Esxilning  ilk  asarlaridan  biri  "Iltijogo'ylar"da  shoh  Danayning  50  qizi  haqidagi 

rivoyatga  murojaat  qilgan.  "Forslar"da  Eron-Yunon  urushlari  tasvirlanib, 

Kayxusravning  zolimligini  Yunonistonning  erkin,  demokratik  tuzumiga  qarshi 




 

 



 

qo'yadi. Asarda shoir Eron bilan sulh tarafdori sifatida ko'rinadi. 

 Bizgacha  to'la  yetib  kelgan  "Oresteya"  trilogiyasi  Troya  urushlar  turkumiga 

kiradi. 


 Esxilning  "Zanjirband  Prometey"  tragediyasi  shoir  ijodining  cho'qqisi 

hisoblanadi.  Haqiqatan  asar  badiiy  -  g'oyaviy  teranligi,  hur  fikrlarga,  falsafiy 

mushohadalarga  boyligi,  inson  ruhiy  olamining  sirli  qatlamlarini  dadil  ko'rsatishi 

jihatidan  jahon  adabiyoti  xazinasining  mislsiz  durdonasi  bo'lib  qolgan.  Shoir 

Asqar  qosimov  bu  mangu  obidani  tarjima  qilarkan,  asarning  xuddi  shu  ma'naviy 

jihatlarini saqlashga intildi. 

 Asarda Zevs tomonidan jazoga mahkum qilingan Prometey dahshatli qiynoqlarga 

mag'rur  bardosh  berib,  kelajakda  Zevsdan  g'olib  chiqishga  intiladi.  Mana  shu 

ishonch  Prometeyga  cheksiz  kuch-qudrat  ato  etadi.  Kavkaz  tog'laridagi  qoyaga 

mixlangan  Prometey  insonlarga  bilim,  olov,  yorug'lik  keltirgani  bilan  fahrlanadi 

va  azoblarga  mardona  bardosh  beradi.  Ma'lumotlarga  ko'ra  bu  asar  trilogiya 

tarkibiga  kirgan.  Asarning  "Ozod  etilgan  Prometey",  "Prometey  olovbardor"  deb 

nomlangan boshqa qismlari to'la yetib kelmagan. 

 Asarda  Prometey  obrazi  orqali  Inson  mag'rurligi,  sabot  va  matonati  ulug'lanadi. 

Prometey  insonlarga  insonlik  yo'lini  ko'rsatganligi  bilan  faxrlanadi.  Bu  yo'l 

insonlarga yaxshilik qilishdan boshlanadi. 

 Esxilning badiiy mahorati. Yunon tragediyasining shakllanishida Esxilning tutgan 

o'rni  va  ijodining  butun  antik  dunyo  adabiyotiga  ko'rsatgan  ta'siri.  Esxil 

tragediyalari  realizmining  o'ziga  xosligi  va  cheklanganligi;  mifologik  obrazlar 

orqali  davrning  ijtimoiy  hodisalarini  ko'rsatishi.  Esxil  tragediyalari  shakl  va 

mazmunining birligi, g'oyasining teranligi, obrazlarining buyukligi va keskinligi. 

 Sofokl  -  talantli  lashkarboshi  Perikl  hukmronlik  qilgan  yoki  Yunoniston 

tarixining oltin asrida yashab ijod etgan shoiridir. 60 yillik umrida 120 dan ziyod 

asar  yozgan,  dramatik  shoirlar  musobaqasida  24  marta  g'olib  bo'lgan.  Shohona 

asarlari bilan dunyoni qoyil qoldirganiga qaramay, juda kamtar bo'lgan va qayg'u 

alamlarini, shodligini xalq bilan baham ko'rgan. 

 Sofokl  o'zining  durdona  asarlarini  mardlik  va  rostgo'ylik bilan "Xomerning noz-

ne'matlarga  boy  to'kin-sochin  dasturxonidan  to'kilib  qolgan  ushoqlar  xolos" 

deganida  haq  edi.  Uning  "Shoh  Edip"  asari  Asqad  Muxtor  tomonidan  tarjima 

qilingan. Tragediyaning g'oyasi. qahramon taqdirida ro'y bergan o'zgarishlar orqali 

yozuvchi  insonning  haqiqatga  erishish  yo'llarini  ko'rsatadi.  Edipning  qusurlari 

"Shoh Edip"da Sofokl rivoyatga asoslangan va uning oxirgi qismini tasvirlab, juda 

katta  axloqiy,  falsafiy,  ma'naviy  muammolarni  o'rtaga  tashlaydi.  Asarda  vijdonli 

kishining cheksiz qiynoqlarga duchor bo'lishi, shunga qaramay, inson o'z vijdonini 

oxirigacha saqlab qolishi tarannum etiladi. 

 Insonning  qadr-qimmati,  martabasining  g'oyat  ortishi,  uyg'onib  kelayotgan 

insonning  qudrati,  go'zalligi,  uning  ichki  va  tashqi  dunyosini  ta'riflash  Sofokl 

tragediyalarining asl mohiyatidir. Nihoyat darajada mifologik afsonalardan muhim 

voqealarni ajrata bilish, uni o'z maqsadlariga moslashtirib, undan hayotning aynan 

o'ziga  o'xshash  dramatik  asarlar  yaratishga  qodir  bo'lgan  Sofoklning  jahon 




Yüklə 410,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə