Chet el adabiyoti



Yüklə 410,48 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/18
tarix26.11.2017
ölçüsü410,48 Kb.
#12439
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18

 

 

10 



 

tragediyasi  uchun  ahamiyati,  tragediyada  taqdir  va  inson  irodasi  erkinligi 

masalasining qo'yilishi. 

 "Antigona"  tragediyasi  Lay  ("Shoh  Edip"  qahramoni)  xonadonidagi  fojealarning 

xotimasini tasvirlaydi. Unda Antigona qismati ko'rsatiladi. Asarda davlat va shaxs, 

davlat  va  diniy  qonunlar  masalasining  yechilishi.  Sofokl  qahramonlarining 

realistik  xususiyatlari,  ularning  bir-biriga  qarama-qarshi  qo'yilishi.  Asarlarning 

tili. "Shoh Edip" o'zbek tilida. 

 Evripid  -  qadimgi  yunon  tragediyasining  uchinchi  vakili  bo'lib,  92  asaridan  17 

asari  yetib  kelgan.  Agar  avvalgi  ikki  buyuk  dramaturg  ijodida  ulug'vorlik  va 

qahramonlik  g'oyalari  ko'rsatilgan  bo'lsa,  Evripid  shu  abadiy  g'oyalarning  ustiga-

ustak,  san'atdagi  inson  tasvirini  hayotdagi  inson  tasviriga  yaqinlashtirdi, 

taqdirning  shafqatsiz  zarbalariga  bardosh  beruvchi  qahramon  qalbida  mardlik, 

olijanoblik,  samoviy  muhabbat  tuyg'ulari  bilan  birga  har  turli  tubanliklar  va 

yovuzliklar  ham  yashiringanligini  haqqoniy  ko'rsatishga  jur'at  etdi.  Inson  foniy 

dunyodagi  o'tkinchi  orzu-havaslarni  deb,  amal,  martaba,  molu  davlatni  deb 

jirkanch  jinoyatlardan  qaytmasligini  fosh  eta  bildi.  Agar  "Elektra"  tragediyasida 

qahramon  ayol  mutlaq  yovuz  sifatida  olinsa,  "Medeya"da  go'zallik  va  donolik, 

muhabbat  va  sadoqat  timsoli,  boshiga  ketma-ket  musibat,  baxtsizliklar  yog'ilgan 

ayol sifatida ko'rsatiladi. Asarda Medeya sevgan turmush o'rtog'i Yasonning unga 

nisbatan  qilgan  xoinligidan  Medeya  xo'ralanishi,  g'azabi  tasvirlanadi.  Medeya 

shaxsiy  baxtidan  ayrilganiga  bir  qayg'ursa,  yurtda  oriyat,  lafz,  insof,  diyonat 

qolmaganiga ming qayg'uradi. 

 Ammo  dunyoda  vijdon,  insof  qolmayapti,  degancha  taqdirga  tan  berib, 

yovuzlarning  aytganiga  itoat  etish  mard  insonlarga  yarashmaydi.  Medeya  esa 

murakkab insonlar toifasidan, Uning dilidagi kurashni oxiriga yetkazish ahdi tiliga 

ko'chadi. Medeya ushbu so'zlarni alam va g'urur bilan aytadi: 

 Osmon tiyra... Lekin bu bilan hali o'yin tugamadi... 

 Medeyaning  qalbida  yagona  qasos  o'ti  hukmron.  Lekin  u  cheksiz  g'azab  ustida 

ba'zilarday aqlini yo'qotib qo'ymaydi. U bir o'zi tojdorlarga qarshi kurashga tayyor. 

Ilgari u Yason uchun, sevgisi uchun qanday dadil kurashgan bo'lsa, endi Yasonga 

qarshi, qasos uchun shunday jasorat bilan kurashadi. 

 Mening azam hisobiga ushbu dunyoda hech bir banda ishrat to'yin qura olmagay, 

- deganida Medeyaning o'z kuch-qudratiga cheksiz ishonchi seziladi. 

 Yason  -  murakkab  obraz.  U  ko'rsatgan  qahramonliklari  bilan  tanilgan,  lekin 

shohga yaqin bo'lish uchun hamma narsadan kechishga qodir. Yason yangi nikoh 

bilan  taxtga  yaqinlashuv  niyatida  Medeyani  turli  yolg'on  va'dalar  bilan,  shirin 

gaplar  bilan  aldaydi.  Lekin asarda Medeyaning oqilligi ko'rsatilib, Yasonning tili 

va dili boshqa ekanligini uqtiradi. O'z sevgisi uchun Medeyaning Yasondan olgan 

o'chi tasvirlanadi. "Medeya" - xo'rlangan muhabbat va rashq tragediyasidir. 

 "Ippolit"  tragediyasida  his-tuyg'ular  va  ichki  nizolar  ko'rsatiladi.  Bu  asar 

qahramoni Ippolit va uning o'gay onasi o'rtasidagi kelishmovchiliklar tasvirlanadi. 

 O'z  davrining  ijtimoiy,  siyosiy,  falsafiy  va  axloqiy  masalalariga  qiziqish  va  uni 

zamondoshlari  hukmiga  havola  qilish  -  Evripid  dramaturgiyasining  asosiy 




 

 

11 



 

xususiyati ekanligi. Evripid tragediyalarida realizm. Asarlarining tili haqida. 

 5-mavzu: 

 YuNON KOMEDIYaSINING PAYDO BULIShI 

 Reja: 

 1. Komediyaning kelib chikishida xajviy kushiklarning roli 



 2. Arestofan ijodida urush va tinchlik 

 3. Arestofan asarlarida shakl va mazmun birligi 

  

 Komediya  tragediyaga  nisbatan  keyinroq  rivojlanadi,  Tragediya  Dionisga 



bag'ishlangan  kuzgi  bayramlardan,  komediya  esa  ko'klamdagi  shodiyonalardan 

kelib  chiqqan  va  adabiy  janr  holiga  kelgan.  Uning  eramizdan  avvalgi  V  asrning 

ikkinchi yarmiga kelib sahnaga qo'yila boshlagani ma'lum. 

 Yunon komediyasi qadimgi, o'rta va yangi davr komediyalariga bo'linib, qadimgi 

davr  komediyasidan  keyingilariga  nisbatan  ko'proq  yetib  kelgan.  O'rta  davr 

komediyasidan  hech  narsa  ma'lum  emas.  Yangi  davr  komediyasidan  Menandr 

asarlaridan parchalargina bizgacha yetib kelgan. 

 qadimgi Attika komediyasi o'ziga xos xususiyatlarga ega. Undan Dionis ko'klam 

bayramiga  xos  bo'lgan  satira  elementi,  masxarabozliklar  saqlangan.  Lekin  bular 

jamiyat oldida turgan ijtimoiy masalalar bilan bog'langan. Asar nomi xor kiyimiga 

qarab qo'yilgan. 

 Agar tragediya mazmuni mifdan olinib, unda xudolar ishtirok etsa, komediyaning 

mazmuni  xudolar,  qahramonlar,  mifologiyaga  tanqidiy  qarashdir.  qadimgi  Attika 

komediyasining  vakili  Epixarm  bo'lib,  u  komediyani  dramatik  janr  holiga 

keltirgan, uning shakllanishida nihoyatda xizmati katta. 

 Komediya so'zi yunoncha komoslar qo'shig'i degan ma'noni bildiradi. Komos deb 

esa,  to'y-tomoshalardan  keyin  ko'chalarda  to'da-to'da  bo'lib  xursandchilik  qilib 

yuruvchi  kishilarga  aytiladi.  Komediya  musobaqalari  faqat  488-486  yillardagina 

Dionis bayramlarida o'tkazila boshlandi. 

 Aristofan qadimgi komediyaning yagona vakili bo'lib, taxminan 447-385 yillarda 

yashagan.  U  uzluksiz  davom  etgan  urushlar  davrida  yashagan;  shu  sababli  ham 

urushga  qarshi  mavzuda  "Axarnaliklar",  "Tinchlik",  "Lisistrata"  komediyalari 

yozilgan. Ularda tinchlik mavzusi qo'yilgan. Ma'lumotlarga ko'ra Aristofanning 44 

komediyasi bo'lib, bizgacha 11 tasi yetib kelgan: "Axarnaliklar", "Chavandozlar", 

"qushlar",  "Lisistrata",  "Tinchlik",  "Bulutlar",  "Arilar",  "Xotinlar  Fesmoforiy 

bayramida", "Xotinlar Xalq majlisida", "qurbaqalar", "Boylik" komediyalaridir. 

  "Bulutlar"  komediyasida  sofistik  oqim  ustidan  kuladi.  Tarbiyaning  yangi  bir 

usulini,  uning  zararli  oqibatlarini  tanqidiy  tasvirlash  komediyaning  g'oyasini 

tashkil qiladi. 

 "qurbaqalar"  komediyasi  Afinaning  ikki  buyuk  tragik  shoiri  Evripid  va  Sofokl 

vafoti  munosabati  bilan  yozilgan.  Asar  san'at  masalasiga  bag'ishlanib,  adabiy-

tanqidiy asardir. 

 Aristofanning  "Lisistrata"  komediyasida  tinchlik  uchun  kurashuvchi  Lisistrata, 

shahar ayollari ishtirok etadilar. Nihoyat, ular urushni to'xtatib, ittifoq o'rnatishga 




Yüklə 410,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə