Chet el adabiyoti



Yüklə 410,48 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/18
tarix26.11.2017
ölçüsü410,48 Kb.
#12439
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18

 

 

14 



 

afsonaviy cho'ponlar kuylaydi. 

 Ellinizm  davri  yunon poeziyasining rivojlangan payti, asosan, eramizdan oldingi 

III asrning o'rtalariga to'g'ri keladi. 

 Eramizdan  oldingi  II  asrdan  boshlab  Yunon  davlati  Rim  imperiyasiga  taslim 

bo'ldi.  Turli  ziddiyatlar  kelib  chiqdi,  axloqiy  tushkunlikning  kelib  chiqishidagi 

asosiy omillar. Ilm-fanning jiddiy va chuqur tadqiqotchilik xususiyatini yo'qotishi. 

O'tmish  adabiyotga  tahsin  ko'zi  bilan  qarash,  shu  adabiyotning  an'analarini  qayta 

tiklashga intilish - davrning eng muhim vazifasi bo'lib qoldi. 

 Bu  davrda  yunon  xalqining  jahon  adabiyotiga  qo'shgan  boyligi  roman  janridir. 

Shu  vaqtgacha  yunon  badiiy  ijodida  poeziya  ustunlik  qilgan  bo'lsa,  endilikda 

yaratilgan  romanlarning  barchasida  ishqiy  mavzu  asosiy  o'rinni  egallaydi.  Yunon 

ishqiy  romanlaridan  Longning  "Dafnis  va  Xloya"  bo'lib,  ikki  yoshning  otashin 

sevgilari  haqida  gapiriladi.  Asar  cho'ponlar  hayotiga  bag'ishlanib,  qishloq 

hayotining  afzalliklarini,  dehqon  va  cho'ponlar  ma'naviyatining  ustunligini 

ko'rsatib, o'z qahramonlaridan o'rnak olishga da'vat qiladi. 

 Yunonlar yaratgan roman janri hozirgi kun romanchiligida ahamiyati katta.  

 8- mavzu: 

 RIM KOMEDIYaSI 

 Reja: 


 1. Plavt ijodining asosiy xususiyatlari 

 2. Rim tarixnavisligi. Yu. Sezar. 

 3. Lukresiy faylasuf shoir sifatida 

  

 Rim adabiyoti paydo bo'la boshlagan davrda Yunon xalqi o'zining mustaqilligini 



yo'qotib, adabiyot va madaniyatda inqirozga tushgan edi. Rim adabiyoti lotin tilida 

yaratiladi  Rimliklar  yunon  adabiyotiga  taqlidan  milliy  adabiyotlarini  yaratgan 

bo'lib,  bunda  Xomer,  Evripid,  Sofokl,  Demosfen  kabilarning  xizmati  katta.  Har 

ikki  mamlakat  har  xil  tarixiy  sharoitda  rivojlangan.  Rimliklar  yunonlar  ma'naviy 

merosini o'zlarining milliy ehtiyojlariga, g'oyaviy talablariga, tarixiy sharoitlariga 

moslashtirib  qabul  qilganlar  va  taraqqiy  ettirganlar.  Rim  adabiyoti  keyinchalik 

Ovro'po adabiyotiga katta ta'sir qilgan. Rimda yunonlar kirib kelgunga qadar ham 

o'z  milliy  adabiyotlari  bo'lgan.  U  xalq  og'zaki  ijodiyoti  namunalaridir.  Ulardan 

bizgacha juda kam yetib kelgan.  

 Liviy  Andronik  (284-204)  birinchi  rim  shoiri  bo'lib,  u  Xomerning  "Odisseya" 

dostonini  erkin tarjima qilgan; bu maktablarda asosiy o'quv darsligi bo'lgan. 

 Gney  Neviy  (270-200)  ijodida  dramatik  asarlar  -  tragediya  va  komediya  asosiy 

o'rinni  egallaydi.  U  asarlariga  mavzuni  yunonlardan,  shuningdek,  o'z  vatani 

hayotidan  olgan.  Uning  komediyalarida  o'tkir  siyosiy  satira,  Rim  xalqi  hayoti 

tasvirlanadi.  "Pun  urushi"  dostoni  Karfagen  urushiga  bag'ishlanib,  real  voqealar 

mifologik  afsonalar  bilan  birga  beriladi.  Asarda  adibning  Xomer  dostonlariga 

taqlidi sezilib turadi. 

 Plavt  Tit  Makk  (taxminan  250-184)  rimda  komediya  janriga  asos  solgan  bo'lib, 

teatr ishlariga yaqin bo'lgan. Ma'lumotlar turlicha, ya'ni uning 100 dan ortiq asari 



 

 

15 



 

borligi,  lekin  boshqa  manbalar  bu  fikrni  rad  etadi.  Plavt  yunon  komediyasini 

Rimga  moslashtirgan,  rim  hayotining  turli  sohalariga  xos  milliy  holatlarni  asar 

ruhiga  singdirib  yuborgan.  Bu  Plavt  ijodining  asosiy  yo'nalishidir.  U  yunon 

shoirlari  asarlarini  tanlar  ekan,  ularning  Rim  hayotiga  o'xshashiga,  zamona  bilan 

hamohangligiga  diqqat  qiladi;  shular  orqali  o'z  xalqi  muammolarini  ko'tarib 

chiqadi.  U  ham  kontaminatsiya  usulidan  foydalanadi,  ya'ni  mazmun  jihatdan  bir-

biriga yaqin bo'lgan ikkita asarni birlashtirib yuboradi, asarga qiziq iboralar, turli 

hodisalarni  kiritib  yuboradi.  Komediyalarida  muhim  masalalarni  ko'tarib, 

tomoshabinga yetkazish niyatida ular bilan oddiy tilda gaplashadi. Asarlarida xalq 

og'zaki  ijodidan  unumli  foydalanadi,  qahramonlari  nutqida  qochiriqlar,  hazil-

mutoyiba,  so'z  o'yinlari  ko'plab  uchraydi.  Uning  "Maqtanchoq  jangchi" 

komediyasining  asosiy  voqeasi  asarning  asosiy  qahramoni  Pirgopolinikning  - 

xotinbozning  ishqiy  sarguzashtlariga  bag'ishlangan  bo'lsa,  "Xumcha"  asari  esa 

o'sha davr Rim jamiyati uchun muhim ijodining gultoji hisoblanadi. Metamorfoza 

- turlanish. 

 Doston  afsonaviy  turlanishlar  -  parilarning,  ma'budalarning,  odamlarning 

jonivorlarga,  o'simliklarga,  tosh  va  tog'larga  aylanib  qolishlari  haqidagi 

rivoyatlardan  iborat.  Shuningdek,  "Metamorfozalar"  asarida  sevgi  mavzusi  ham 

bo'lib,  muhabbat  yo'lida  insonning  boshidan  kechirgan  nohaqliklar,  musibatlar, 

hatto fojealar ham tasvirlanadi. 

 "Metamorfozalar"ning  ba'zi  qismlari  Rimning  afsonaviy  o'tmishi  haqida  bo'lib, 

unda Eney sarguzashtlari bilan aloqador bir qancha turlarishlardan so'ng Rimning 

ulug' davlat ekanini, bunda Avgust bilan Yuliy Sezar xizmati kattaligini uqtiradi. 

Asarni  yozishdagi  shoirning  asosiy  maqsadi  -  rim  hayotini  keng  ma'noda  aks 

ettirish bo'lgan. Bu asar antik davrning beqiyos yodgorligidir. 

  

 SAVOLLAR: 



 1.  Mifologiya nima? Mifologiyaning mohiyati va ahamiyati nimadan iborat? 

 2.    Yunon  qahramonlik  eposi  bilan  turkiy  xalqlar  yaratgan  qahramonlik  eposlari 

o'rtasidagi o'xshashliklar nimalardan iborat? 

 3.    Xomerning  dostonlari  bilan  "Alpomish"  o'rtasidagi  o'xshashlik  nimada 

ko'rinadi? 

 4.  Shoira Sapfo lirikasining xalq qo'shiqlariga yaqinligi qanday izohlanadi? 

 5.  qadimgi Yunonistonda dramaning kelib chiqishi va turlari. 

 6.    Esxilning  tragediyalarida  mifologik  obrazlar  orqali  davrning  ijtimoiy 

hodisalari qanday ko'rsatilgan? 

 7.  Sofokl tragediyalarining asl mohiyati nimadan iborat? 

 8.    Yunon  komediyasining  o'ziga  xos  xususiyatlari  va  Aristofan  qanday 

mavzularda asarlar yaratdi? 

 9.  Ellin davri poeziyasining rivojlanishi va bukolikalarning paydo bo'lishi. 

 10.    Rim  adabiyotining  paydo  bo'lishida  Yunon  adabiyotining  ta'siri  nimada 

ko'rinadi? 

 11.  Avgust asri adabiyotining o'ziga xos xususiyatlari nimada? 




Yüklə 410,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə