Chet el adabiyoti



Yüklə 410,48 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/18
tarix26.11.2017
ölçüsü410,48 Kb.
#12439
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18

 

 

18 



 

minnezang  ("sevgi  qo'shig'i"  ma'nosida)lar  paydo  bo'ldi.  Trubadurlar  lirikasining 

asosiy xususiyatlaridan biri unda turmush, hayot quvonchlarini aks ettirish bo'lsa, 

minnezanglar  ijodida  esa  trubadurlarga  yaqinlik  bor,  lekin  ularning  o'ziga  xos 

xususiyati - axloqiy masalalar asosiy o'rinni egallaydi. 

 Ritsarlik lirikasida kuylangan sevgi, turmush quvonchlari ritsar romanlarida ham 

asosiy  mavzudir.  Ularda  qahramonlar  psixologiyasiga  alohida  urg'u  beriladi. 

Ritsar  romani  ham  dastlab  Fransiyada,  keyinchalik  boshqa  mamlakatlarda  paydo 

bo'ladi. Ritsar romanlari ichida "Tristan va Izolda" alohida ajralib turadi. Bu asar 

XII  asrlarda  ko'p  adiblar  tomonidan  ishlangan,  lekin  bizgacha  parchalar  yetib 

kelgan.  Unda  insoniy  muhabbat  va  dunyoviy  hodisalar  tasvirlanib,  muhabbat 

insonning tabiiy his-tuyg'ulari natijasi sifatida ko'rsatiladi. 

 XIII asrga kelib rivojlanib borayotgan shahar tabaqasining orzularini ifodalovchi 

yangi  adabiyot  -  shahar  adabiyoti  paydo  bo'ldi.  Unda  oddiy  turmush  manzaralari 

aks  etgan,  mehnatkash  ommaning  manfaati  himoya  qilingan,  kundalik  hayotdagi 

yoqimsiz holatlar tanqid qilingan. 

 Bu adabiyotning keng tarqalgan janri - fablio - kichik realistik hikoyadir. Ularda 

hajv  turlicha:  ba'zilarida  kulgi,  boshqalarida  tanqid  asosiy  o'rinni  egallaydi.  Ko'p 

hollarda  oddiy  dehqon  yoki  shahar  kishisining  donoligi  xususida  gapiriladi. 

Bunday  fabliolar  o'zbek  xalqi  hikoyalariga  o'xshab  ketadi.  Masalan,  "Zolim 

podsho", "Bo'ri bilan tulki" kabi. Bu o'xshashlik xalqning ijtimoiy manfaatlari va 

turmush sharoitlaridagi yaqinlikdan kelib chiqqan. 

 Germaniyada  fabliolar  ta'sirida  shvanklar  -  zamonaviy  hajviy  ruhdagi  realistik 

hikoyalar vujudga keldi. "Tulki haqida roman"da mehnatkash omma manfaatlarini 

himoya qilish, xalq donoligini ko'rsatish asosiy maqsad edi. 

 11- mavzu: 

 UYFONISh DAVRIGA UTISh 

 Reja: 


 1. Uygonish davrining asosiy xususiyatlari 

 2. Dante Aligeri xayoti va ijodi 

 3. "Iloxiy komediya"- Dante siyosiy falsafiy va adabiy          faoliyati   yakuni  

Davrning  muhim  xususiyatlari  inson  shaxsini  ulug'lash,  tabiat  va  jamiyatni  inson 

manfaatlariga bo'ysundirish bo'lgan. 

 Uyg'onish  davrining  yana  bir  xususiyati  antik  madaniyatga  munosabat 

masalasidir,  ulardan  o'rganadilar,  o'tmish  merosga  qiziqadilar.  O'rta  asrlar  xalq 

poeziyasi  va  antik  adabiyot  an'analari  bu  davrning  turli  yodgorliklariga  ta'sir 

qilgan.  Bu  davrning  yirik  gumanistlari  antik  davr  manbalaridan  tenglik  va  adolat 

uchun kurash g'oyalarini oladilar. 

 Uyg'onish  davri  adabiyotida  antiklikka  murojaat  qilib,  voqealarni  o'sha  holicha 

emas,  balki  real  obrazlarni  fantastik  bo'yoqlarda  tasvirlaydilar.  Xalq  og'zaki 

ijodiyoti,  hajviyadan  samarali  foydalanish  Uyg'onish  davri  adiblarining  ijodiga 

katta  yordam  bergan.  Xususan,  Shekspir  ijodida,  uning  fojealarida  ayrim 

personajlar qiyofasida oddiy xalqning ayanchli hayoti tasvirlanadi. 

 Ovro'po  Uyg'onish  davrining  ilk  vatani.  Uyg'onishning  dastlabki  belgilari  Dante 




 

 

19 



 

ijodida  ko'rinsa  ham,  lekin  Uyg'onish  davri  to'la  ma'noda  XIV  asrning  ikkinchi 

choragidan boshlanib, XVII asrgacha davom etadi. 

 Aligeri Dante - (1265-1321) - O'rta asrning so'nggi va yangi zamonning birinchi 

shoiri.  XIII  asrda  Dantening  vatani  -  Florensiyadagi  siyosiy  kurashning 

yozuvchiga  ta'siri.  Dante  adabiy  faoliyatining  boshlanishi  -  lirik  shoir  sifatida. 

"Yangi  hayot"  -  Dante  poeziyasining  eng  yuqori  cho'qqisi.  To'plamdagi  realistik 

g'oyalar. Beatriche obrazi, Asarning avtobiografik xarakteri. 

 Dantening  siyosiy-falsafiy  traktatlari.  "Ziyofat"da  O'rta  asrlar  falsafasi,  dini  va 

axloqi  tasvirlansa,  "Xalq  nutqi  haqida"  traktatida  esa  butun  Italiya  uchun  yagona 

til  -  milliy  til  yaratish  kerakligini,  uni  himoya  qilish  kerakligini  uqtiradi.  Bu 

birinchi ilmiy asar sifatida. 

 "Ilohiy komediya" - Dante ijodining cho'qqisi bo'lib, adibning siyosiy-falsafiy va 

adabiy faoliyatining yakunidir. Bu asar Danteni "O'rta asrning eng oxirgi va yangi 

zamonning eng avvalgi shoiri" sifatida tanitishi. 

 Dante  ko'p  jihatdan  hali  o'rta  asr  urf-odatlari  ta'sirida  bo'lsa  ham,  lekin  "Ilohiy 

komediya" asarida u zamonaviy masalalarni fantastik bo'yoqlarda aks ettirib, yangi 

tanqidiy fikrlar bilan chiqadi, butun o'rta asr madaniyatiga falsafiy - adabiy xulosa 

yasaydi.  Asar  kompozitsiyasi,  unda  Italiyaning  birligi  uchun  kurash,  shoir 

satirasining vatan xoinlariga qarshi qaratilishi. Asarning o'tkirligi, g'oyaviy boyligi 

va ahamiyati. Asardagi realistik holatlar. Dantening poetik mahorati. 

 Dantening "Ilohiy komediya"si o'zbek tilida Abdulla Oripov tarjimasi. 

 12- mavzu: 

 UYGONISh DAVRI ADABIYoTI 

 Reja: 

 1. Petrarka va Bokkachcho ijodi 



 2. Fransiyada ijtimoiy- siyosiy tuzum 

 3. Fransua Rable ijodi 

 Ijtimoiy  hayot  va  ijtimoiy  tushunchada  qator  yangiliklarning  kelib  chiqishi 

Uyg'onish  (Renessans)  davriga  asos  bo'ldi.  Shaxs  erkinligi  va  insonning  tabiiy 

intilishlarini himoya etuvchi gumanistik harakatning yuzaga kelishi. 

 Diniy  aqidalardan  holi,  realistik  mazmundagi  antik  madaniyatga  qiziqishning 

kuchayishi mohiyati bilan o'rta asrlar ideologiyasiga zid xarakterdagi bu hodisalar 

"eng buyuk o'zgarish" davri - Uyg'onish davrining muhim belgilari sifatida. 

 Petrarka (1304-1374) - Uyg'onish davri gumanistlaridan bo'lib. Dante kabi badiiy 

adabiyot orqali zamonasining siyosiy hayotiga ta'sir ko'rsatish, milliy birlik uchun 

kurashiga  harakat  qilgan. Petrarka ham qadimgi yunon-rim adabiyotidan o'rgandi 

va  ularga  taqlidan  asarlar  yozdi.  Jumladan,  Vergiliy  "Burkolikalar"iga  taqlidan 

yozgan  she'rlarida  ba'zan  hajviyot  bo'lsa,  ba'zan  shoirning  shaxsiy  his-tuyg'ulari 

aks  etgan.  Uning  nasriy  asarlari  ("Unutilmaydigan  narsalar  haqida",  "Mashhur 

kishilar haqida")da Rimning mashhur kishilari, jumladan, makedoniyalik Iskandar, 

Ganniballar xususida gapiriladi, kishilardagi vatanparvarlik ruhini ko'rsatadi. 

 Petrarka  ijodida  sevgi  lirikasi  asosiy  o'rinni  egallaydi.  Laura  nomi  bilan 

kuylangan  she'rlarida  shoirning  his-tuyg'ulari  berilgan.  Bu  uning  "Madonna 




Yüklə 410,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə