Chingiz Aytmatovning "Oq kema"



Yüklə 7,99 Kb.
tarix22.03.2024
ölçüsü7,99 Kb.
#168907
Taqriz Akramov Bobur


MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI

MAVZU: Chingiz Aytmatovning “Oq kema” qissasi uchun
yozilgan taqriz.


Bajardi: Akramov Bobur
Guruh: 0130-22


TOSHKENT 2023

Taqriz
“Insonni tug’ish va o’stirish qanchalar qiyin,o’ldirish esa oson” Chingiz Aytmatovning “Oq kema” asari samimiyligi bilan kitobxonni o’ziga tortadi. Uslub ham o‘ziga xos. Bolaning o‘y-fikrlari shunchalik hissiyotga boy tarzda tasvirlanadiki, beixtiyor o‘zimizni o‘sha vaziyatga tushib qolganday his qilamiz. Asarni necha martalab o‘qiganim sari obrazlar haqida o‘ylayveraman. Asarda oila masalasiga alohida e’tibor qaratilgan. (Bolaning yolg’izligi-yu, o‘z otasiga sog’inch bilan intilishi, O‘rozqulning farzandsizligi-yu, Mo‘min cholning iztiroblari) Mazkur asar butunlay hayotimni o‘zgartirib yuborgan asar. Oq kema asaridagi bola va uning atrofidagi obrazlarni insonga o‘xshataman. Bola obrazi qalbdir. U yomonliklar va qabihliklarni ko‘rsa, kirlanadi, o‘lib boradi. To‘g’ri, butunlay yo‘q bo‘lmasligi mumkin, ammo endi uni kimsasiz hovli joydan farqi yo‘q, hisob. Oq kema mehr-muhabbat ramzi. Bola shuning uchun ham doim Oq kemaga intiladi. Mo‘min chol – mehnatkash, aqlli inson tanasi. Unda oliyjanob fazilatlar mavjud, biroq har doim ham to‘g’ri yo‘ldan yura olmaydi. Bunga sabab esa O‘rozqul – dunyo tashvishlari. Bola (qalb) tabiatga oshufta, yaxshiliklar, mehr-oqibatga muhtoj. U O‘rozqulga yordam berishini so‘rab Ona bug’uga iltijo qiladi . Ona bug’u – e’tiqod. Insonning o‘z e’tiqodida sobit turolmasligi qalbning jarohatlanishiga sabab bo‘ldi. Ch.Aytmatov e‘tiqod masalasidagi sustkashlik juda katta fojiaga, insonning insoniyligini yo‘qotishiga sabab bo‘lishini ta‘kidlaydi. Asar hayotda har bir jabhada alohida e’tibor bilan yashashga o‘rgatadi. Birinchi masala: qalb pokligi; Ikkinchisi: halol rizq; Uchinchisi; e’tiqod sobitligi; Shu uch masala bir bola hayoti misolida ramziylashtirib berilgan. Ch.Aytmatov insonlarda qalbni asrab-avaylashga, unga g’oyatda ehtiyot bo‘lib muomala qilishga undayotganday, nazarimda… Ch.Aytmatov tavallud kuni ushbu taqrizimni yozayapman va buyuk adibning cheksiz mahoratiga qayta-qayta tan beryapman. Hamma o‘zi dunyoqarashidan kelib chiqib asarni tushunadi.Meni esa xulosam: qalbingizni o‘ldirib qo’ymang, uni pok saqlang!
Akramov Bobur 0130-guruh.
Yüklə 7,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə