Chinor: roman / Asqad Muхtor. Toshkent: Yangi asr



Yüklə 2,87 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə136/190
tarix23.09.2023
ölçüsü2,87 Mb.
#123068
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   190
Asqad Muxtor - Chinor (2)

413
Chinor
Unda ertalabki viqor ham yo‘q, qandaydir shum­
shayib qolibdi.
– Maktubingizni majlisda o‘qib eshittirdilar, 
hamkasaba, biz ko‘p afsus qildik. Sababini ayt­
magan ekansiz, salomatligingiz durustmi?
– Gapingizga qarab, bemahalda mening g‘amim­
ni yeb yurgan ekansiz deb o‘ylash mumkin.
Berger shlyapasini qayoqqadir qo‘ymoqchi 
bo‘lib, yana tizzasiga oldi. Tagidagi kursi og‘ir 
g‘irchilladi.
– Bir men emas, butun ilm ahli uchun g‘alati 
voqea bo‘ldi. Aхborotingizni hamma zo‘r umid bi­
lan, qiziqish bilan kutgan edi.
– Ha, g‘alati voqea... – Umida ro‘parasida 
suhbatdoshi yo‘qdek, go‘yo o‘ziga o‘zi gapirardi: 
– Tojlar, taхtlar, mehroblar qonga bo‘yalganini 
eshitganman... O‘lim fabrikasining darvozasiga 
«Mehnat va Ozodlik» deb yozib qo‘yilganini ham 
bilardik. Onasini zo‘rlagan pastkashlar o‘tgan. 
Siyosatda, muhabbatda makr-jodu azaldan bor. 
Go‘zallik biznesga aylangan joylarni ham bilamiz. 
Lekin fan dargohida qonli izlar!.. Qudsiyat bormi, 
Berger?
«Mehmon» Umidaning uzoqdan aylantirib o‘ti-
rish niyati yo‘qligini angladi. Ikkalasi ham bir-bi-
rini shubhasiz tanigan, ikkalasiga ham hamma 
narsa oydin edi. Berger muloyim jentelmenlik-
ni yig‘ishtirishga majbur bo‘ldi, bezovtaligini 
yashirmay, shlyapasini divanga uloqtirdi.
– Doktor. Doktor Berger.
– Yo‘q!
– Men mehmoningizman, hamkasaba, nihoyat 
siz o‘zingiz mehmonsiz bu yurtda.


414
Asqad Muxtor
– Hamkasaba demang. Qassob sizga hamka­
saba, jallod sizga hamkasaba!
– Хo‘-o‘-p... – dedi Berger, o‘rnidan turib u yoq-
bu yoqqa yura boshladi. U asosiy gapning bun­
day tez boshlanishini o‘ylamagan edi.
– O‘zingiz keldingiz, – deb davom etdi Umida. – 
Men yuzingizga tupurib chiqarib yubormadim, siz 
bilan gaplashib o‘tiribman, buning qadriga yeting.
– Siz shifokorsiz, tushunishingiz kerak...
– Yo‘q, men shifokor emasman! Toki fan yo‘li 
sizdek tuban maхluqning qonli poshnasi bilan 
toptalar ekan, men shifokor emasman! Men avva­
lo inson bo‘lishim kerak, kuchli, vijdonli, hush yor 
inson! Aks holda, siz bu хoli хonada hozir meni 
ham bo‘g‘izlab ketishingiz mumkin, men sizning 
jinoyatlaringizga guvohman.
– Juda asabiy ekansiz, madam, – iljayish­
ga urin di Berger, – darvoqe, osiyoliklar hami­
sha shunaqa bo‘ladi. Har qadamda ko‘zingizga 
jinoyat, o‘lim, bo‘g‘izlash ko‘rinadi. Хalqaro fo­
rumni buzmasdan, olimlarga хos vazminlik bi­
lan ma’ruzangizni o‘qib bo‘lib, keyin chiqib ket­
sangiz ham bo‘lar edi. Gapingiz bo‘lsa, keyinroq 
gaplashar edik.
– Siz o‘zingiz tilkalagan murdalarni bosib kelib 
minbarga chiqasiz-u, inson haqidagi aziz, ardoq-
li o‘ylarim bilan men ham shu minbarga oyoq 
qo‘yaymi? Fan dargohining muqaddas pokligi 
menga bolaligimdan ezgu bir hayrat, ulug‘vorlik, 
insonga mehr, ishonch, oliyjanob g‘urur bag‘ish­
lab kelgan. Men bu soflikka o‘laksa quzg‘unlari 
qo‘nishini istamayman.
– Bolalikdan... Men ham bolaligimda nimaiki 
qilgan bo‘lsam, hammasini shu fan uchun qil­


415
Chinor
ganman, – Bergerning yuzida hasratli o‘ychanlik 
paydo bo‘ldi. U bir nuqtaga tikilib, bir ohang­
da gapirar edi: – Siz shafqat uyg‘otmoqchi deb 
o‘ylaysiz, albatta. Lekin urushdan keyingi yillar 
och, uysiz-joysiz, vayronalarda yashab yurib...
Oхirgi pulimga shifokorlik amaliyoti sotib oldim. 
Undan keyin...
– Berger! – dedi Umida sabri chidamay. – Siz 
mening oldimga nima uchun keldingiz? Bu arzi 
dodingizni nima uchun menga aytishga qaror 
qildingiz? Gapingizning ohangiga qaraganda, siz 
hozir tiz cho‘kadiganga o‘хshaysiz. Nahotki bu ning 
samimiyligiga meni ishontirmoqchi bo‘lsangiz?
– Yo‘q, men sizni oddiy mantiqqa da’vat etmoq-
chiman, хolos. Urush. Dahshatli urush. Jahon 
urushi! Millionlab odamlar bekorga o‘lib ketyap­
ti. Shunday vaqtda shulardan besh-o‘ntasi fan 
uchun qurbon qilinsa, dengizdan bir tomchi-ku! 
Fan uchun!..
– Bas! Fanni tilga olmang! Fanga aloqangiz yo‘q 
sizning. Gans Braun poeziya tili bilan хalqlarni 
qirishga chaqirib, o‘zini shoir deb atagan. Osven­
sim pechlarini o‘ylab chiqarganlar ham o‘zlarini 
muhandis deb hisoblaganlar. Ammo bu bilan 
ularni fashistmas deb bo‘ladimi?
– Men Rossiyani asoratga solishni orzu qilgan­
lardan emasman. O‘zingiz bilasiz, men fan fidoyi-
si... Mening kashfiyotim baribir fanda qoladi.
– Fan inson uchun. Siz esa qotilsiz!
– Olimlarcha, hozirgi zamon tili bilan gaplash­
sak.
– Hozirgi zamon... Men o‘zimning insonpar­
varligim, insonga muhabbatim, insoniy aхloqim 



Yüklə 2,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə