183
Chinor
– Qo‘ng‘iroqchiga aytasan: hammasi och, suv
yo‘q, yuztacha odam o‘libdi, deysan, qolganlari
ham ko‘pi bordonga uzala tushib yotibdi, qirilish-
yapti, deysan.
– Tushundingmi?
Qizimka ustma-ust bosh irg‘adi. Shaharga
albatta borish kerakligini endi u ham yaхshi
tushun gan edi.
– Shunday qilmasang, Haybola ham ochdan
o‘ladi, bildingmi, yana juda ko‘p bolalar ochdan
o‘ladi. Tushundingmi?
– Tushundim.
Dadangga sira-sira ko‘rinma. Matvey amaking
nima desa shuni qil. Uyidan chiqma, mezanada,
qo‘ng‘iroqхonasiga joy qilib beradi.
– Yana kelsam maylimi? Haybolaga non olib
kelaman.
– Yo‘q! Yo‘q, yo‘q! Sen mening gapimni qo‘n-
g‘iroq chiga yetkazsang bas. Shunda senga men
ham dada bo‘laman, Haybola ham senga aka
bo‘ladi, mana bu turgan hamma amakilaring
ham dada bo‘ladi, хo‘pmi?
Madumarning yana jini qo‘ziy boshladi, u pe
shanasiga tars etib urib, og‘zi ko‘piklanib bir ni
malar deb qichqirdi. Uni yonidagilar bosishdi.
– Yana bitta gap bor, Qizimka, – davom etdi
Ochil taqachi. – Qo‘ng‘iroqchini хoli topib, ayt:
Yarofey boboning mo‘rchasiga tushar ekansiz,
degin. Hov toshloq mahalladagi Yarofey cho‘loq
bor-ku, bilasanmi?
– Tor ko‘chada.
– Ha, balli. Yarofey cho‘loqning mo‘rchasiga
tushar ekansiz, degin. Uqdingmi? Esingdan chiq
maydimi?
184
Asqad Muxtor
– Yo‘q.
– Xo‘sh, qani, nima deysan?
– Matvey amaki, Yarofey cho‘loqning mo‘rchasi
ga tushar ekansiz, deyman.
Ochil taqachi qizchani tizzasidagi o‘g‘liga
qo‘shib quchoqlab, suydi.
– Barakalla, aqlli Qizimka.
Haybola bilan Qizimka хayrlashganda taqachi-
ning ko‘zidan yosh chiqib ketdi. Yigitlar qizchani
dovondan o‘tkazib qaytib kelishdi. Hamma o‘sha
tomonga qarab turardi.
– Tetik bo‘linglar, birodarlar, kasallarga qa-
rang lar, ko‘nglim sezib turibdi, do‘stlar bizni
qutqazishadi, – dedi taqachi ishonch bilan.
– Inshoollo... – deyishdi qariyalar.
Yoshlar qamish o‘rgani, bolalar yorilib qonab ket
gan oyoqlariga latta o‘rab, boshoqqa ketishdi, kim
dir qalpoqda sizot suv tashib yumronqoziqni inidan
chiqarishga urinardi, har kim o‘z ishiga kirishdi. Le
kin Madumarning atrofidagi ba’zi odamlar hamon
shang‘illashib, tahdid qilishar edi.
– Bu chayoning ertaga otliq qozoq, o‘rislarni
boshlab kelsa...
– Shuncha jonning uvoliga qolasan, taqachi.
– Bizni o‘risga sotib qutulish niyating bo‘lsa, bi
ron otliqning qorasi ko‘rinishi bilan avval sening
giriboningdan olamiz, bilib qo‘y, – dedi Madumar.
Ular shunday tahdid bilan jo‘nab ketishdi-yu,
Ochil taqachi yerto‘la yonidagi toshga o‘tirib, pe
shanasini ushlagancha yolg‘iz qoldi.
Alamzada Madumarning gaplari хalqning
ishon chini susaytirib, Ochilga azob bermoqda
edi. Keyin ular yana ham ko‘payishib, Ochilning
oldiga kelishdi.
185
Chinor
– Menga qara, Yarofey cho‘loqning mo‘rchasi
dagi – qurolmi?
– Ha, qurol, – dedi Ochil ham ochiqchasiga.
– Shaharning yer bilan tekis bo‘lib ketgani
yet maganmidi? Hali ham tavbangga tayanmab
san-da? Senga o‘хshaganlarning dastidan bo‘ldi-
ku bu хunrezlik!
– Hoy, Madumar, sen Jezmo‘ylovning gapini
qilyapsan, – dedi bir chol. Bundan Ochil biroz
dalda topdi.
– Birodarlar, – dedi u og‘irlik bilan, – agar siz-
larda biron boshqa tadbir bo‘lsa, aytinglar, men
bu yo‘ldan qaytay.
– Ochil to‘g‘ri aytadi, o‘ladigan ho‘kiz boltadan
toymaydi.
– Qurol – hozir birdan-bir yo‘limiz, – dedi Ochil.
– Shunday-ku, ammo lekin shuncha odam-
ning taqdirini bir go‘dakning qo‘liga topshirding...
– Qonхo‘r jallodning arzandasiga...
– Bas qil, Madumar!
– Quroling boshingni yeydi! – dedi Madumar
ketayotib qo‘shib qo‘ydi: – Taqachini ko‘zdan
qochirmanglar, yigitlar! Bir kori hol bo‘ladigan
bo‘lsa, ha!..
Ochil yana tosh ustida yolg‘iz qoldi. Kechqurun u
o‘g‘li terib kelgan bug‘doyni hafsalasizgina chayna
di-da, yana chiqib toshga o‘tirdi. Odamlar uzoqdan
unga qarab-qarab qo‘yardilar. Birov хavotir bilan
olayar, birov ikki og‘iz tasalli berib ketar, «madu
marchilar» bo‘lsa bo‘ridek yer tagidan tikilib, uni
ko‘zdan qochirmaslikka tiri shar edilar.
– Uхla, bolam, uхla. Uхlasang, qorning och
maydi... – deydi Ochil o‘g‘liga. Oriqlab musichadek
|