Chiqindilarni boshqarish bo`yicha xorijiy tajribalar



Yüklə 3,3 Mb.
səhifə1/6
tarix21.06.2022
ölçüsü3,3 Mb.
#89870
  1   2   3   4   5   6
Chiqindilarni boshqarish bo`yicha xorijiy tajribalar

  • 21.06.22
  • Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoev tomonidan taklif qilingan 2017-2021 yillarda mamlakatimizni rivojlantirishning 5 ustivor yo‘nalishi Harakatlar strategiyasida ko‘rsatilgan atrof-tabiiy muhit muhofazasi, genofondga va aholi salomatligiga ziyon yetkazadigan ekologik muammolarning oldini olishga oid chora-tadbirlarni o‘z vaqtida so‘zsiz amalga oshirish muhim vazifalardan hisoblanadi.Shahar aholisining o‘sishi, cheklangan hududda sanoatning to‘planishi aholi istiqomat qiladigan hududlarda, ayniqsa yirik shaharlarda ekologik sharoitlarning yomonlashuviga sabab bo‘lmoqda. Shaharlarda qattiq maishiy chiqindilar va katta o‘lchamdagi axlatlar yig‘ilmoqdaki, ular o‘z vaqtida va to‘g‘ri olib chiqilmasa hamda zararsizlantirilmasa, atrof tabiiy muhitni jiddiy ifloslantirishi mumkin. Shaharlarning har yerlarida paydo bo‘ladigan, yomon tashkil etilgan, ba'zan esa betartib ravishda hosil bo‘lgan axlatxonalar atrof-muhit ifloslanishining jiddiy manbai bo‘lib qolmoqda . Rivojlangan mamlakatlarda qattiq maishiy chiqindilarga bo‘lgan munosabat tahlillari shuni ko‘rsatmoqdaki, mazkur sohada qattiq maishiy chiqindilarni ko‘mish poligonlarining kamayish tendensiyalari kuzatilmoqda va chiqindilarning ko‘p qismi ikkilamchi xom ashyo sifatida qayta ishlashi sanoati uchun foydalaniladi.
  • 21.06.22
  • 21.06.22
  • Atrof muhitni ishlab chiqarish va iste'mol chiqindilardan muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona va kompleks foydalanish hamda ekologik toza texnologiyalarni amaliyotga tadbiq etish muammolari bilan uzviy bog‘liqdir. Inson dunyo yuzini ko‘rgandan boshlab atrof muhitni o‘zi iste'mol qilgan mahsulotlar chiqindilari bilan ifloslantirib tabiatga qanchalik zarar keltirayotganini his qilgan holda bu vaziyatni muvofiqlashtirish maqsadida ko‘p urinishlar, loyihalarni hayotga joriy qildi, lekin XXI asrning bo‘sag‘asida bu muammolarni to‘lig‘icha hal qila olmadi.Hozirda jahonning ko‘pgina regionlarida maishiy va qattiq chiqindilar muammosi ekomuhitni saqlash ustida olib borilayotgan ishlar bilan chambarchas bog‘lanib, insonning faoliyati natijasida hosil bo‘lgan nomutonosiblikni oldini olish uchun qaratilgan. Ekosistemaning kundan kunga buzilishiga olib keluvchi maishiy va qattiq chiqindilar muammosi yosh mustaqil O‘zbekiston Respublikasi uchun ham aktualdir.
  • 21.06.22
  • 21.06.22
  • Iste'mol chiqindilari – ma'naviy va fizik jihatdan chegaralanganligi natijasida o‘zining iste'mol xususiyatini yo‘qotgan materiallar va mahsulotlar. Ishlab chiqarish chiqindilari – mahsulot, energiya, ish bajarishda (xizmat ko‘rsatishda) hosil bo‘lgan xom ashyo, materiallar, yarim mahsulotlar, shuningdek to‘liq yoki qisman iste'mol xususiyatini yo‘qotgan, ishlab chiqarish jarayonida yo‘l yo‘lakay hosil bo‘lgan qo‘llanmaydigan qoldiqlar, qishloq xo‘jaligi chiqindilari, qo‘shimcha mahsulotlar, foydali qazilmalar olinayotganda hosil bo‘ladigan yaroqsiz moddalar.“Chiqindisiz texnologiya” atamasi birinchi marotaba akad. N.N.Semyonov va I.V. Petryanovlar tomonidan fanga kiritilgan edi. Ushbu atama bizda va xorijiy mamlakatlarda keng tarqalib ketdi. Lekin ba'zan “kam chiqindili va chiqindisiz texnologiyalar” atamasi o‘rnida “toza” yoki “birmuncha toza texnologiya” atamalari ham qo‘llaniladi. Chunki “chiqindisiz texnologiya” atamasi shartlidir.
  • 21.06.22
  • 21.06.22
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə