Chirchiq davlad pedagogika unverstiteti gumanitar fanlar fakulteti



Yüklə 28,32 Kb.
səhifə1/3
tarix21.05.2023
ölçüsü28,32 Kb.
#111741
  1   2   3
mohira boboraxmatova mustaqil ish


O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI
CHIRCHIQ DAVLAD PEDAGOGIKA UNVERSTITETI
GUMANITAR FANLAR FAKULTETI
O'ZBEK TILI VA ADABIYOT YO’NALISHI
19 /4 GURUH TALABASI
BOBORAHMATOVA MOHIRANING
O’ZBEK TILI TARIXI” FANIDAN
Kultegin bitiktoshi matnidagi so’z yasovchi afikkslar” mavzusidagi
MUSTAQIL ISHI

CHICHIQ-2023

Mavzu:Kultegin bitiktoshi matnidagi so’z yasovchi afikkslar.
Reja:

  1. Kultegin bitiktoshi haqida.

  2. Kultegin bitiktoshida so’z yasovchi affikslar.

  3. Qadimiy turkiy kelishiklardagi affikslar.

  4. Test topshiriqlari.


KULTEGIN BITIKTOSHI
Bu bitiktosh Eltarish o‘g‘li Bilga hoqonning inisi Kultegin sharafiga qo‘yilgan. Kultegin 731 yil 27 fevralda 47 yoshida vafot qiladi. Bitiktoshni Bilga xoqon bitiktoshi bilan birga 1889 yilda rus ziyolisi N.M.Yadrintsev (1842-1894) Mo‘g‘ulistonning Kosho Tsaydam vodiysida Ko‘kshin Oʻrxun daryosi qirg‘og‘ida topgan. Bu joy Ulan Batordan 400 km janubda Qorabalg‘asun shahrining xarobalaridan 40 km shimolda joylashgan. Kul tigin bitiktoshi Bilga xoqonnikidan 1 km shimoli-sharqda o‘rnatilgan. Bitiktoshlarni 1890 yilda A.Xeykel rahbarligidagi Fin-ugor jamiyati ekspeditsiyasi tekshiradi va 1892 yilda bitiktoshlarning 91 fotosuratini va estampajlarini nashr etadi. Bitiktoshlarni 1891 yilda V.V.Radlov boshchiligidagi rus ekspeditsiyasi ham shu yili topgan Ungin bitiktoshi bilan birga tekshiradi va natijada Peterburgda ham Oʻrxun bitiklari nashr etiladi. V.Tomsen urxun harflarini o‘qib aniqlangandan so‘ng V.V.Radlov mazkur bitiklarning transkriptsiyasi Bilan nemischa tarjimalarini nashr qiladi. 1896 yilda V.Tomsen o‘z ilmiy tadqiqotlarini bitiklarning franzutscha tarjimasi Bilan nashr qiladi. 1897 yilda shu tarjima va V.V.Radlovning to‘rtinchi tarjimasi asosida P.M.Melioranskiy bitiklarni ruschaga ham tarjima qilib (V.V.Radlovning iltimosi bilan) uning bitiktoshlariga bergan tavsifi, bitikning bosma nashri va transkriptsiyasi Bilan birgalikda nashr etadi. 1922 yilda V.Tomsen bitiklarning dancha nashrini amalga oshiradi. Buni nemischaga tarjima qilib 1924 yilda H.Sheder ham chop qiladi. 1923 yilda Najib Osim «Oʻrxun obidalari» (Istanbul, 1341 h.) nomli kitobida bitikni arab harflari bilan, 1936 yilda H.N.Urqun turkcha tarjimasi bilan, 1951 yilda S.E.Malov, 1971 yilda G.Aydarov ruscha tarjimasi bilan nashr etdi. T.Tekin o‘zining «Egramer ofo‘rxo‘n turkik» (Blumingto‘n, 1968) deb atalgan asariga mazkur bitiklarni inglizcha tarjimasi bilan kiritgan. Kultegin bitiktoshi marmardan taroshlangan, qalinligi 41 sm, balandligi 3 m 15 sm, kengligi tub qismida 1 m 24 sm bo‘lib, yuqoriga torayib borgan. Marmar taxta ustuni o‘rtasiga besh burchakli qalqon shaklida, balandligi 64 sm, kengligi 40 sm lavha o‘rnatilgan. Lavhaning yuz tomoniga arxar surati tasvirlangan xoqonlik tamg‘asi naqsh qilingan, orqa tomoniga xitoycha qilib, bitiktoshning o‘rnatilish tarixi (Ulug‘ Tan sulolasi, Kay-Yuanning yigirmanchi yili ettinchi oyning ettinchi kuni – 732 yil avgustining 14-kuni) va yana o‘n to‘rt satr xitoycha yozuv bitilgan. Bi bitikdagi olti belgi lavhadagi mazkur tarixning takroridan iborat. Xitoycha bitikning frantsuzcha, nemischa, inglizcha, ruscha va turkcha tarjimalari bor. Xitoycha bitikdan o‘ngroqda ikki satr turkcha bitik bor. Buni, xunukroq yozilganini hisobga olib, V.V.Radlov naqqoshdan oldin Bilga xoqonning o‘zi (ya’ni Kulteginning og‘asi) siyoh bilan yozib bergan bo‘lsa kerak deb taxmin qilgan. Bitiktoshning yuz tomoniga 40 satr, o‘ng tomonida 13 satr va chap tomoniga Yana 13 satr, taroshlangan to‘rtta yon qirrasiga to‘rtta turkiy yozuv bitilgan. Qirralarning bittasidagi bitik butunlay o‘chib ketgan, oldingi qirq satrning beshinchisidan boshlab, satr oxirlari bitiktoshning pastki qismining nurashi natijasida o‘chib ketgan (satrlar yuqoridan pastga va o‘ngdan chapga qarab yozilgan). Birining boshqa erlarida ham o‘chib ketgan erlari bor. V.V.Radlov dastlabki 40 satrni «K» deb, uning davomi deb hisoblangan 13 satrni Kb (lotincha) deb belgilangan. Bu ikkovi «ulug‘ bitik» (bolьshaya nadpisь) deb ataladi. Chap yondagi 13 satrdan iborat alohida kichik bitik (malaya nadpisь)ni esa «Ka» deb belgilangan. Hozirgi paytda olimlar ulug‘ bitikni «Ktb» va kichik bitikni «Ktm» deb ko‘rsatmoqdalar (chet el olimlari Xeykal sigllarini ishlatadilar). Qirra bitiklariga V.V.Radlov K 1, K 2, K 3 deb sigl qo‘ygan. Biz quyida Kultegin bitikining yuz tomonining fotonusxasini, bitikning S.E.Malov nashridagi bosma nusxasini, bitikning transkriptsiyasi va mazmunini tegishli izohlar bilan beramiz.
Qadimgi turkiy tilda ham otlar ko‘plik va birlik shakllarida qo‘llangan. Otlar birlikda qo‘llanganda maxsus ko‘rsatkich bo‘lmaydi. Otlarda ko‘plikni ifodalashning morfologik usuli sermahsuldir. Bular quyidagilardir: -lar/-lär affiksi: ağïlïqlar “boyliklar, xazinalar”, tapïğčïlar “xizmatchilar”, söŋüklär “suyaklar” (Oltun yorugʻ), beglär – “b e k l a r” ( Toʻn), qunčuylar “xonimlar” (KT). Bu shakl runik yodnomalarda faqat otlarga qo‘shilgan bo‘lsa, keyingi davrlarda, chunonchi, moniy, Turfon, uygʻur matnlarida fe’llarga ham qo‘shilib kela boshlagan: bardïlar “bordilar”, berdilär “berdilar”, ögläntürdilär - oʻziga keltirdilar. Bu qoʻshimcha qadimgi turkiy tilda erkalash, kuchaytiruv, taxmin ma’nolarini ifodalash uchun ham xizmat qilgan: ämräk öküklärim “sevimli bolalarim” (Oltun yorugʻ), yüräkläri – “yuraklari” (TT), qïrq yïllar – qirq yilcha (E). –t(d). Bu davrda n fonemasi bilan tugagan soʻzlarning koʻpchiligi t ga aylangan holda yasalganini körish mumkin: tarqan (To‘n) - tarqat “tarxonlar” (KT), tegin – tigit “shahzodalar” (Oltun yorugʻ), alpağu (E) – alpağut “botirlar” (Oltun yorugʻ) va h.k. Bu qo‘shimchani olgan so‘zlarga –lar (lär) shakli ham qo‘shilib kelgan. Bu hodisa «Oltun yoruq»da uchraydi: tegitlär, tarqatlar. Mazkur shakl hozirgi mogʻul tillarida bor, yoqut tilida ayrim oʻrinlarda saqlanib qolgan. -an /-än qo‘shimchasi bilan ham ko‘plik ma’nosi ifodalangan va -an varianti qalin, -än esa ingichka negizga qo‘shiladi: ärän “erlar”, oğlan “ bolalar, farzandlar” . Turkiy tillar tarixida ikkilik –z qo‘shimchasi bilan ham yasalgan: ağïz “oʻgiz”, köküz “koʻkrak”, äkiz “egiz”, köz “koʻz”, yüz “ yuz”, biz “biz”, tiz “tizza”, müyüz “shox”.
Qadimgi turkiy tilda quyidagi 7 ta kelishik mavjud bo‘lgan:

Yüklə 28,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə