Chirchiq davlat pedagogika universiteti



Yüklə 75,75 Kb.
səhifə3/15
tarix22.05.2023
ölçüsü75,75 Kb.
#112133
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
1 2 SINF O\'QUVCHILARINING O\'QISH MALAKALARINI TAKOMILLASHTIRISH

____________________________________________________________________________________________________________________________________


Ilmiy rahbari:

_______________________________ ___________________


(ilmiy darajasi, unvoni F.I.SH.) (imzo)
“___” ___________ 2022-y.

MAVZU:“ 1-2 SINF O‘QUVCHILARINING O‘QISH MALAKALARINI TAKOMILLASHTIRISH”


MUNDARIJA:


KIRISH……………………………………………………………………...5
I BOB. BOSHLANG‘ICH SINFLARDA O‘QISH DARSLARINI TASHKIL ETISH VA ULARDA DTS TALABLARI
1.2 O‘qish darslarining maqsad va vazifalari. …………………………………9
1.2 .O‘qish darslarida qo‘llaniladigan metodlar………………………………15
1-bob bo‘yicha xulosa………………………………………………………....20
II BOB. BOSHLANGICH SINF OQUVCHILARINI TOG’RI OQISHGA O‘RGATISHNING O‘QUVCHILAR NUTQINI RIVOJLANTIRISHDAGI AXAMIYATI
2.1. Nutq va uni o‘stirish tushunchasi…………………………………………21
2.2. Ifodali o‘qish va uning turlari haqida ma'lumot………………………….26
2-bob bo‘yicha xulosa…………………………………………………………33
XULOSA …………………………………………………………………….34
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI……………………..37
KIRISH
Kurs ishining dolzarbligi. O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligiga erishib, iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishning o‘ziga xos yo‘lini tanlash kadrlar tayyorlash tuzilmasi va mazmunini qayta tashkil etishni zarur qilib qo‘ydi va qator chora-tadbirlar ko‘rishni: «Ta’lim to‘g‘risi»dagi Qonunni joriy etishni; yangi o‘quv rejalari, dasturlari, darsliklarni hayotga joriy etishni, zamonaviy didaktik ta’limotni ishlab chiqishni; o‘quv yurtlarini attestasiyadan o‘tkazishni va akkreditasiyalashni; yangi tipdagi ta’lim muassasalarini tashkil etishni taqozo etdi.
"Sayyoramizning ertangi kuni, farovonligi farzandlarimiz qanday inson bo‘lib kamolga yetishi bilan bog‘liq. Bizning asosiy vazifamiz – yoshlarning o‘z salohiyatini namoyon qilishi uchun zarur sharoitlar yaratishdan iborat..."1
Yurtboshimiz ta'lim tizmiga e'tibor qaratarkan, eng avvalo , kelajak yosh avlodni keng fikrlaydigan, zukko va dono hamda, buyuk ajdodlarimizga munosib farzand qilib tarbiyalashni ustuvvor yo‘nalish qilib oladi.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sifatida birinchi imzolagan qonun hujjati – 2016-yil 14- sentabrdagi «Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida»gi Qonun ekanida ham ramziy mazmun-mohiyat mujassam.
Ta'lim tizimini isloh qilish esa ,birinchi navbatda, maktabgacha ta'lim va boshlang‘ich talim sohalarini tubdan isloh qilishni taqozo etadi.Chunki poydevori mustahkam bino uzoq vaqt xizmat qilgani kabi, yoshligidan yaxshi ta'lim-tarbiya olgan, ilm tamal toshini mustahkam qo‘ygan yosh avlodning kelajagi ham, albatta, porloq bo‘ladi.
Boshlang‘ich sinflarda to‘g‘ri o‘qishni tashkil etish kelajak avlodning bilim va ko‘nikmalar hosil qilishida katta ahamiyatga ega. Chunki to‘g‘ri o‘qish o‘quvchilarning nutqiga, o‘qigan ma'lumotlarini ongli ravshda idrok etishga xizmat qiladi.Bundan tashqari, to‘g‘ri o‘qishga faqatgina ona tili va adabiyot bilan chegaralanib qolmaydi.U boshqa darslarga ham o‘zining ta'sirini ko‘rsatadi.Shu jihatdan boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini to‘g‘ri o‘qishga o‘rgatish muhim va dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.
Ta'limga bo‘lgan e'tibor kelajakka bo‘lgan e'tibordir.Shu sababdan ham bizning yurtimizda ta'lim sohasini rivojlantirishga doir chora-tadbirlarko‘rilmoqda.Rivojlangan davlatlar tajribasini ko‘zdan kechiradigan bo‘lsak ham, mamlakat taraqqiyoti asosida ta'lim-tarbiya sohasi muhim omil bo‘lib xizmat qilganining guvohi bo‘lishimiz mumkin. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida 2022-yil 28-yanvar kuni maktab ta’limini rivojlantirish masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Mamlakat kelajagi, barcha sohalar va loyihalar muvaffaqiyati bilimli insonlarga bog‘liq
Shu bois oxirgi to‘rt yilda ta’lim sifatini yaxshilash, o‘qituvchilar mavqeini yuksaltirish bo‘yicha ko‘p ishlar qilindi. Endi mamlakatimiz yangi davrga qadam qo‘ymoqda. O‘zbekistonning 2022-2026-yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasida to‘rtinchi ustuvor yo‘nalish aynan ta’lim sohasini, inson kapitalini rivojlantirishga qaratilgan.Davlatimiz rahbari bu hayot-mamot masalasi ekanini ta’kidladi.Bu sohadagi islohotlarni kechiktirishga haqqimiz yo‘q. Maktab ta’limida poydevorni bugundan mustahkam qo‘yishimiz kerak. Bunga barcha e’tiborimiz va resurslarimizni safarbar qilamiz. Qiyin yo‘lni tanlayapmiz, lekin shu yo‘l muammolarni yechadi, – dedi Shavkat Mirziyoyev.
Pedagog kadrlarni tayyorlash tizimi ham tubdan takomillashtiriladi. Buning uchun Toshkent shahridagi 5 ta hamda hududlardagi 17 ta oliy ta’lim muassasalari doimiy tarzda maktablarga biriktiriladi. Talabalar 1-kursdanoq maktablar bilan bog‘liq tarzda o‘qiydi. Bu orqali ham talabaning, ham maktab o‘qituvchisining, ham oliygoh muallimining kasbiy mahorati oshadi.
Maktablarda o‘quv yuklamasi va darslar sonini qayta ko‘rib chiqish, bolalarni fikrlashga chorlaydigan metodikalarni joriy qilish, darsliklarni ilg‘or tajribalar asosida to‘liq yangilash bo‘yicha topshiriqlar berildi.
O‘quvchilarining bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, sport va san’at to‘garaklarini faollashtirish masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi.
Davlatimiz rahbari maktab ta’limi sohasidagi islohotlar juda muhim ekanini ta’kidlab, mutasaddilarga xalqaro tashkilotlar bilan birgalikda strategiya ishlab chiqish vazifasini qo‘ydi. Shu asosda, Maktab ta’limini rivojlantirish dasturi qabul qilinishi belgilandi.
Mamlakatimizda o‘tkazilayotgan har bir islohot xalqimiz manfaatlariga xizmat qilish, yutimiz farovonligi va kelajak avlodning bilimli, zukko va dono, shu bilan birga zamonaviy bilimlarni egallagan,har tomonlama mukammal avlodni tarbiyalashga qaratilgan.Chunki yoshlar yurtimiz kelajagi hisoblanadi.
Bizning yurtimizda ta'lim sohasi bevosita tarbiya bilan qo‘shib olib boriladi.Chunki tarbiya yo‘q joyda ta'lim ham yaxshi samara bermaydi.
Taʼlim-tarbiya haqida soʻz ketganda, Abdulla Avloniyning “Tarbiya biz uchun yo hayot — yo mamot, yo najot — yo halokat, yo saodat — yo falokat masalasidir”, degan chuqur maʼnoli fikri yodimizga tushaveradi. Buyuk maʼrifatparvar bobomizning bu soʻzlari asrimiz boshida millatimiz uchun qanchalar muhim boʻlgan boʻlsa, hozirgi vaqtda ham shunchalik, balki undan ham koʻproq dolzarb ahamiyatga ega.
Tarbiya borasida Prezidentimiz ham o‘zining chuqur ma'noga ega fikrlarini bildirgan: " Bizni hamisha o‘ylantirib keladigan yana bir muhim masala – bu yoshlarimizning odob-axloqi, yurish-turishi, bir so‘z bilan aytganda, dunyoqarashi bilan bog‘liq. Bugun zamon shiddat bilan o‘zgaryapti. Bu o‘zgarishlarni hammadan ham ko‘proq his etadigan kim – yoshlar. Mayli, yoshlar o‘z davrining talablari bilan uyg‘un bo‘lsin. Lekin ayni paytda o‘zligini ham unutmasin. Biz kimmiz, qanday ulug‘ zotlarning avlodimiz, degan da’vat ularning qalbida doimo aks-sado berib, o‘zligiga sodiq qolishga undab tursin. Bunga nimaning hisobidan erishamiz? Tarbiya, tarbiya va faqat tarbiya hisobidan.
Kurs ishining maqsad va vazifalari .Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini to‘g‘ri o‘qishga o‘rgatish va to‘g‘ri o‘qish darslarini tashkil etish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarni hosil qilishdan iborat. Kurs ishida bolalarni to‘g‘ri o‘qishga o‘rgatish, ularning nutqini ravon va chiroyli bo‘lishini ta'minlash hamda o‘qib o‘rganilayotgan matnlarni ongli ravishda idrok etishga o‘rgatish borasidagi masalalar yoritib berilgan.Chunki faqatgina to‘g‘ri o‘qish bilan natijaga erishish mushkul.Bu o‘rinda matnni to‘g‘ri o‘qish bilan bir qatorda ularning ma'no va mazmuniga e'tibor qaratish katta ahamiyatga ega.

Yüklə 75,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə