Chizmachilik fani vositasida o'quvchilarni texnikaviy qobiliyatlarini rivojlantirish



Yüklə 40,54 Kb.
tarix15.04.2022
ölçüsü40,54 Kb.
#85505
CHIZMACHILIK FANI VOSITASIDA O


CHIZMACHILIK FANI VOSITASIDA O'QUVCHILARNI TEXNIKAVIY QOBILIYATLARINI RIVOJLANTIRISH

Hozirgi  fan  va texnikaning  taraqqiy etgan  davrida  chizmachilik  fanisiz  

biror    bir    narsani    yasash      yoki    loyihalash    mumkin  emas.    Chunki    ishchi  

chizmani  o‘qir ekan,  konstruktor  chizgan  narsani  ko‘z  oliga  keltiradi  va har 

bir  detalni  to‘g`ri, aniq  yasashda  chizmadan  foydalanadi. Chizmalar  zavoddan 

– zavodga,  korxonadan-korxonaga,  bir  davlatdan  ikkinchi  davlatga  yuborilishi  

mumkin,    Chunki    texnikaning    tili    butun    dunyoda    yagona,    u  ham    bo‘lsa  – 

chizmadir. 

Ishlab    chiqarishda    biror    buyumni    masalan,    mashina    va 

mexanizmlarning  detallarini  yasash  hamda  ularni  yig`ish,  shuningdek  bino va 

inshoatlar    yoki    bir  buyumni    yasash    uchun    ularning    chizmalari    bo‘lishi  

zarurdir.  Chunki  chizmalarsiz  buyumlarni  aniq  yasab  bo‘lmaydi. Buyumning  

shakli  va o‘lchamlarini  tekislikda  aniq  ko‘rsatadigan  tasvir  kompleks  chizma  

yoki  qisqacha  qilib  chizma  deyiladi. 

Texnikaviy    chizmalarni    to‘g`ri  tuzish    usullari,    shuningdek    chizma  

xo‘jaligining    barcha    sohalarini    to‘g`ri    tashkil    qilish  haqidagi    fan  

chizmachilikdir.   Chizmachilikda    tutashmalarga    alohida    e`tibor    berib    o‘tilgan  

va   uning  chizmachilikda  yoki  hayotda  tutgan  o‘rnini  keng  yoritib  berishga  

harakat    qilingan.    Chunki    mashina    stanok,    apparatura    o‘lchov    asboblari,  

kompyuter,    elektr    buyumlari    kabi    buyumlarni    ishlash    printsipini,    sozlash,  

ularning  yig`ish  chizmalari  yoki  yaqqol  tasvirlari  asosida  o‘rganish  nihoyatda  

murakkab    bo‘lganligi    uchun    ko‘p    hollarda    oddiyroq    grafik    tasvirlardan 

foydalaniladi.    Ularni    yasashda    va  ixtirolarda    tutashmalardan    bevosita  

qo‘llaniladi. 

Turli   mashina  va  mexanizmlarning  detallarini  yasash  uchun  tuzilgan  

fanning    mashinasozlik    chizmalarni    chizish    usullarini    o‘rgatadigan    qism  

mashinasozlik    chizmachilik    deb    ataladi.    Bino    va  inshoatlarni    qurishda  

ishlatiladigan  chizmalar  injenerlik  qurilish  chizmalari  deb  ataladi  va hokazo. 

Chizmada    buyum    to‘liq    va  yaqqol    aks    ettirilishi    uchun    u  chizma  

geometriyaning    qonun    qoidalariga    asosan    bajarilgan    bo‘lishi    kerak,    bundan  

tashqari  chizmalarni  tuzishda davlat  standartlari  GOST  larda  bayon  qilingan  

qoida hamda  normallarga  qat`iy  rioya  qilish  va ularni  so‘zsiz  bajarish  zarur  

bo‘lib  hisoblanadi. 

Yuqorida    aytib    o‘tilganidek    tutashma    talabalarning  fazoviy  tasavvurini  

qo‘zg`aluvchanligini    rivojlantirish    va  o‘stirish    vositasi    sifatida    tutgan    o‘rni  

muhim    hisoblanadi.    Chunki    bu    mavzuni    psixologik  va  pedagogik    taraflama  

yoritib    tushuntiradigan    bo‘lsak    uning    qanchalik    ahamiyatga    ega    ekanligi  

yaqqol    namoyon    bo‘ladi.    Chizmachilik    va  chizma    geometriya    fanlari  

o‘qo‘vchilarni    fazoviy    tasavvurini    o‘stirishni    va  rivojlantirishni    asosiy    bosh  

maqsad    deb  uni    rivojlantirish    uchun    harakat    qilinadi.    Fazoviy    tasavvursiz  

chizmachilik  va chizma  geometriyani  tushinish, chizish  yoki  o‘qish  juda  og`ir  

kechadi, xuddi  jilovsiz  otga o‘xshaydi.  Shuning uchun  chizmachilik  va chizma  

geometriyada    avvalida    fazoviy    tasavvurlar    keng    ma`lumotlar    beriladi,    unga  

doir  masalalar  bilan  mustahkamlanadi. 

Yuqori  sinf  o‘qo‘vchisi  davrida  vujudga  kela  boshlagan  tafakkurning  

mustaqillik,    teranlik,    ixchamlilik,    tashabbuskorlik,    tanqidiylik    sifatlari    kun  

sayin    takomillashib,    yangi-yangi    belgi  va  alomatlar    bilan    boyib    boradi. 

Talabalarda  o‘z-o‘zini  nazorat  qilish,  o‘z-o‘zini  anglash,  o‘z-o‘zini  boshqarish  

kabi  aql-zakovatning  muhim  jihatlari  taraqqiyotining yangi  yuksak  bosqichiga  

ko‘tariladi.    Talabalarda    tafakkurining      rivojlanishida,    ilmiy    dunyoqarashning  

shakllanishida    umumta`lim    va  ijtimoiy    fanlar,    jumladan    chizmachilik    va  

chizma  geometriya  kabi  o‘quv  predmetlari  muhim  rol  o‘ynaydi. 

Tutashma    vositasi    sifatida    talabalarning    tafakkuri,    asosan,    o‘qish,  

amaliy    mashg`ulot    va  mustaqil    bilim    olish    faoliyatlarida    jadal    va  uzluksiz  

ravishda    rivojlanadi.    Goho    ma`ruza    jarayoni    ulardan    reproduktiv 

(o‘zlashtirilgan    bilimlarga    asoslanuvchi)    tafakkurni    taqozo    etsa  ham,    lekin  

seminar    mashg`ulotlari,    mustaqil    topshiriqlar,    laboratoriya    praktikumi  

produktiv (ijodiy) fikr  yuritish  faoliyatini  talab  qiladi. 

Har  xil    ta`lim    shakli    ham    talabalar    aqliy    mehnati,  maqsadga  

yo‘naltirilgan  va  muvofiqlashtirilgan  diqqati  yordami  bilan  amalga  oshadi. 

Ta`lim    jarayonida    fikr    yuritish    operatsiyalaridan    unumli    foydalanish  

evasiga  har  qanday  murakkab  bilimlarni  egallash  imkoniyati  vujudga  keladi.  

Talabalar    tafakkur    shakllari    (tushuncha,    hukm,    xulosa    chiqarishning)  

funktsional    va    operatsional    jihatlari    bilan  yaqindan    tanishadilar,    shuningdek  

ulardan    mustaqil    foydalanish    uchun    barcha    intellektual    rezervlarni    (aqliy  

zahiralarni)    ishga    solishga    harakat    qiladilar.    Hukm    chiqarishning    barcha 

(yakka,  xususiy,  umumiy,  ziddiyatli,  faraziy,  inkor)  ko‘rinishlarda  o‘qo‘v  va 

mustaqil    bilim    olish    faoliyatlarida    foydalanish    shart-sharoitlari    tug`iladi.  

Xulosa    chiqarishning    induktiv  (fikrning   xususiydan    umumiyga    yo‘nalganligi)  

va  deduktiv  (fikrning  umumiydan    xususiy    hollarga    qaratilganligi)    yo‘llaridan  

muayyan  tarzda  bilish  faoliyatida  qo‘llashga  intiladilar.  Tushunchalar  (yakka,  

xususiy,    umumiy,    yaqqol,    mavhum,    to‘planma)    mohiyatini    anglagan    holda  

ma`lumotlarni  egallash  bilimlarning  barqarorligini  ta`minlaydi.  Bu  narsalarning    

barchasi    tafakkurning    rivojlanishiga    o‘z    ta`sirini    o‘tkazadi.  ¤quv    insonning  

axborotlarni      qabul    qilish,    eslab    qolish    va  xotirada    saqlash    qobiliyatini  

bildiradi.    Keyinchalik    insonda    psixik    funktsiyalarning    dinamikasi,    uquvlilik  

imkoniyatlari  sira  pasaymaydi. 

Hozirgi    zamon    elektr    hisoblash    mashinalari,    avtomatik    boshqaruv  

sistemalari,    mashina,    stanok,    apparatura    o‘lchov    asboblari,    mexanizm    va 

boshqa  buyumlarni  ishlash  printsiplarini  o‘rganishda,  ularni  sozlash,  rostlash  

va  tuzatish,    yangi    turlarini    ixtiro    qilishda    bevosita    tutashmalardan    keng  

foydalaniladi.    Bularni    ya`ni    buyumlarni    yaqqol    tasvirda    o‘rganish,    sozlash,  

ishlash    printsipi    bilan    tanishish    murakkab    bo‘lganligi    uchun    ularni  

soddalashtirilgan  holda  tutashmalari  chiziladi.  Tutashmalar  ko‘p  hollarda  ko‘z  

bilan    chamalangan    holda    to‘g`ri  burchakli    yoki    aksionometrik    proektsiyada  

chiziladi.   

Tutashmalar  qonun-qoida  belgilar  bilan  ajralmas  holda  bog`liqdir,  bu  

bog`liqlik    qonun-qoida    belgilarni    mukammal    o‘zlashtirmasdan    tutashmalarni  

o‘qib  bo‘lmaydi.  Tutashmalar  vositasi  sifatida talabalarda  fazoviy  tasavvurni  

rivojlantirish    va  qo‘zg`aluvchanligini    hosil    qilish    nafaqat    tutashmalarga    doir  

bilimlar,  ko‘nikmalar,  malakalar,  balki  boshqa  bo‘limlarni  o‘zlashtirishga  va 

qo‘zg`aluvchanlikni  rivojlantirishga  ta`siri  kattadir.  Chunki  fazoviy  tasavvurni  

o‘stirish,    qo‘zg`aluvchanligini    oshirish,    rivojlantirish    chizmachilik    fanining  

asosiy    negizi    bo‘lib    xizmat    qiladi.    Shuning  uchun    biz    tutashma    chizmalar  

talabalarning  fazoviy  tasavvurining  qo‘zg`aluvchanligini  rivojlantirish  vositasi  

sifatida  tutashmalar  orqali  amalga  oshirmoqchimiz. 

Kasb-hunar kollejlarida chizmachilik fanining fanlararo aloqadorligi. 
Tasviriy san`at va chizmachilik ta`limining maqsad-vazifalari, ahamiyati. 

Tasviriy  san`at  va  chizmachilik  fani.  Rasm  ishlash,  rasmlarni  tushunish 

qoidalari. Tasviriy san`at va chizmachilik fanining inson hayotidagi ahamiyati. 

Maqsad:  kurs  tinglovchilariga  tasviriy  san`at  va  chizmachilik  fanining 

maqsad-  vazifalarini  rasm  ishlash,  tushunish  qoidalarini  hamda  fanning  inson 

hayotidagi  muhim  jihatlarini  qayta  yodga  tushirish  va  zamonaviy  talablar  haqida 

qisqacha ma`lumot berish. 

Dolzarbligi:    Mustaqillik  tufayli  barcha  sohada  o‘zgarishlar  bo‘lgani  kabi 

tasviriy  san`at  va  chizmachilik  fanini  o‘qitishda  ham  talablar  o‘zgardi.malaka 

oshirishning  kurslari  talabi  bo‘yicha  olib  boriladigan  darslar  yangi  qonun,  DGS 

talablari  asosida  olib  borilishi  talabidan  kelib  chiqib  o‘quvchilarni  kasb-hunarga 

yo‘naltirish  asosini  egallagan  tasviriy  san`at-chizmachilik  fanini  ahamiyatining 

oshganligini  tushuntirish.  Tasviriy  san`at  va  chizmachilik  fani  kontseptsiyasi 

talablarining o‘zgarganligi. Tasviriy san`at fani nafosat tarbiyasiga, bolalarni komil 

inson  qilib  tarbiyalashdagi  rolini  anglatish,  chizmachilikning,  rasmning  dizayn 

san`ati  bilan  aloqadorligi.  Badiy  mehnatga  oid  va  kerakli  fan  materiallarini 

anglatish.bunga  fanda  uchraydigan  fazo,  rang,  kompozitsiya  kabi  terminlar 

xususida  ma`lumotlar  berish  masalalari  mavzuning  bugungi  kunda  muximligini 

bildiradi. 

Vazifasi:  Fanning  mohiyatini  yaratish,  tasviriy  san`at  va  chizmachilik 

darslaridagi  asosiy  qoidalarni  qayta  yodga  tushurish,  fanning  hayotdagi 

ahamiyatini yoritib berish.   

 Mavzu:  Tasviriy  san`at  va  chizmachilik  o‘quv  predmetini  o‘quvchilarda 

badiy,  estetik  va  ahloqiy  texnik  madaniyatini  shakllantirish  asosi.  Tasviriy  san`at 

va  chizmachilik  o‘quv  predmeti  maqsadi,  vazifalari.  Borliqdagi  barcha 

narsalarning  chizma asosida bajarilishi. Tasviriy, dekorativ- amaliy, memorchilik 

kabi san`at turlarini o‘ziga xos xususiyatlari. Texnika taraqiyotini jadallashtirishda 

chizmachilikning tutgan o‘rni. Chizmachilik tabiat va texnikani ko‘rgazmali idrok 

etishga,  predmedlarni  tuzilishini,  fazoviy  holatini,  ko‘zga  ko‘rish  murakkab 

bo‘lgan jihatlarini bilishga yordam berish. Shuninigdek t/s ham chizmachilik fani 

ham  chizmalarni  o‘qish,  mantiqiy  tafakkurni,  texnik  ijod,  bunyodkorlik  ishlariga  

ilhomlantiruvchi ekanligi. 

Borliqdagi,  san`atdagi,  go‘zalliklarni  ao‘ra  bilishga  o‘rgatish.  Turli 

geometrik yasashlar, proektsiyalashlarni tushunish. O‘quvchilarda rasviriy malaka, 

badiy-  fikr,  tashabbuskorlik,  milliy  g`ururni  shakllantirish.Chizmalardagi  kesim, 

qirqim,  shartliliklar,  soddalashtirishlar,  birikmalar  xususida.  O‘quvchilarda  kasb-

xunarga  yo‘naltirish  masalasi.  T/s  va  chizmachilik  ta`limining  asosiy  bo‘g`inini 

uzluksiz kasbiy ta`lim ekanligi. 

Chizmachilik-grafik  ta`limning  mazmuni,  mohiyati.  Chizma  geometriya, 

muxandislik  grafikasi.  Tasviriy  san`atning  umumiy  jihatlari.  Tasviriy  san`at  va 

chizmachilik fanlarida ma`lumotnoma adabiyotlardan foydalana olish va belgilash. 

Zamonaviy  texnologiyalarning  tasviriy  san`at  va  chizmachilik  fanlaridagi 

ahamiyati.  chizmachilik  fani  orqali  bolalarning  fazoviy  tasavvurlari  oshadi  va 

texnika  estetikasi  (dizayn)  shakllanishidagi  ahamiyati.  Chizma,  perspektiva, 

proektsiyalash,  sxemalar  haqida  o‘quvchilarning  tasavvurlarini  kengaytiradi. 

Yozuv  shriftlari,  formatlar,  qiyaliklar,  tutashuvlarning  ba`zi  tomonlari  bilan 

tanishishda katta vazifalarni nazarda tutadi. 

Tasviriy  san`at,  chizmachilik  orliqdagi  narsa,  hodisalar  va  ro‘y  berayotgan 

voqealarni  ko‘ra  bilish,  idrok  etish,  estetik  va  emotsional  sezgirlikni  o‘stirish, 

chizish  malakalarini  hosil  qilish,  fazrviy  fikrlash,  rang  sezish,  kompozitsion 

madaniyatni,  ko‘rish  orqali  tasavvur  qilishda,  kombinatsilashdagi  xususiyatlari 

ahamiti. 

Tasviriy  san`at  baliy  mehnat,  chizmachilik  faning  bir  tsikl  ekanligi.  Bu 

fanlar  tarixiy,  madaniy  yodgorliklarni,  atrof  muhitni  asrash,  narsalarga  nisbatan 

badiy did bilan qarash va estetik jihatdan baho berish malakasini o‘stirishga xizmat 

qiladi. 


Tasviriy  san`at  mashg`ulotlari  uchun  kerakli  anjomlar,  bo‘yoqlar,  qurollar, 

qog`ozlar.  Mashg`ulotlarni  olib  borishda  boshlang`ich  ma`lumotlar.  Chizmalarni 

joylashtirish,  hoshiyalash,  rang  berish.  Chizmachilik  asboblari  gatovolnik, 

chizg`ich, lipola, nutromer, krontsirkul, bulardan foydalanishning ahamiyati. 

Bugungi  kunda  DTS  talablari  asosida  tasviriy  san`at  va  chizmachilik 

fanlariga qo‘yilgan talablarning bajarilishi. 

1.malaka  oshirishga  kelgan  tasviriy  san`at  va  chizmachilik  fani 

o‘qutuvchilarini  qayta  tayyorlash,  malakasini  oshirishda  tasviriy  san`at  va 

chizmachilik fani metodikasini o‘qitish alohida o‘rin egallaydi. Chunki, tinglovchi 

kursantlar  o‘qitish  va  tarbiyalash  metodikalarini  takomillashtirib  bermasdan  turib 

darslarni  zamon  talablari  asosida  olib  bora  olmaydi.  Shuningdek,  kurs 

tinglovchilari o‘rganishi uchun kerakli manba, adabiyotlar nihoyatda kam va etarli 

emas.  Ayniqsa,  tinglovchilar  tamonidan  dars  mashg`ulotlarini  olib  borishlariga 

yordam  beradigan  manbalarni  o‘zlashtirib  oladilar.  Shuning  bilan  barcha  fan 

yangiliklari o‘rni qoplanadi. 

 

2.  «  Ta`lim  to‘g`risida»,  shu  qonun  va  «  Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturi 



to‘g`risida»gi O‘z. Res. Qonunlari hamda Vazirlar Mahkamasining « O‘zbekiston 

Respublikasida  umumiy  o‘rta  ta`limni  tashkil  etish  to‘g`risida»  1998  yil  13 

maydagi  203-  son  qarorini  bajarilishini  ta`minlash  yuzasidan  ko‘rilgan  tadbirlar, 

tasviriy  san`at  va  chizmachilik  fanlari  o‘qitilishini  ham  tubdan  yaxshilash,  isloh 

qilishni vazifa qilib qo‘ydi.1 

Tasviriy san`at va chizmachilik fani ya`ni ta`limning maqsadi o‘quvchilarda 

badiy , ahloqiy, texnik madaniyatni shakllantirishga yordam qiladi. Fan mazmunan 

tasviriy, dekorativ amaliy, memorchilik kabi san`at turlarini o‘z ichiga oladi. 

Chizmachilikdan  o‘quvchilarga  murakkab  bo‘lmagan  texnik  chizmalarni 

bajarishga,  o‘qishga  va  o‘z  fikrini  grafik  tasvirlar  vositasida  ifoda  etishga, 

kompyuter yordamida oddiy chizmalarni yasashga o‘rgatishdan iborat.2 

Tasviriy  san`at  va  chizmachilik  fani  ta`lim  va  tarbiya  birligi  muhim,  bu 

fanning  jihati  hisoblanadi.  Bugungi  kunda  hayotimiz  turli  jabhalarda  o‘zgarib                      

bormoqda.  Hozirgi  zamonoviy  ilg`or  ijtimoiy-siyosiy,  iqtisodiy,      madaniy-

ma`naviy  hayotimizda  aniqlikka  intilish,  yangilik  lardan  xabardaor  bo‘lish, 

tariximizni,  o‘tmishimizni,  buyuk  ajdodlarimizni,  ularning  fikr-  g`oyalarini 

bilmog`imiz lozim.3 

 

Viloyar 


Kollejdalaridan 

keladigan 

tasviriy 

san`atva 

chizmachilik 

o‘qutuvchilari  fanning  maqsadini  ham  vazifalarini  ham  DTSda  ko‘rsatilganidek 

ajrata  oladi.  ammo  o‘quvchilarga  shu  fanlarni  yanada  chuqurroq  bilim  berishga, 

grafik  savodxonligini  oshirishga  doimo  ham  kerakli  e`tibor  beravermaydilar. 

SHuning natijasida o‘quvchilarning bilim darajasi, grafik savodi DTS talablaridan 

doimo orqada qolib, ta`lim va tarbiya birligi saqlanmay qolmoqda. 

Tasviriy 

san`at 

fanidan 
o‘quvchilar  savodxonligi  bugun  jahon 

madaniyarining  eng yuksak  namunalarini  ilg`ay  oladigan bo‘lishlari lozim,  bunga 

avvalo  o‘qutuvchining  o‘zi  tayyor  bo‘lmog`i  kerak.  Chizmachilik  fanida  ham 

ilg`or  keyingi  terminologiyalarning  kirib  kelishi  ko‘proq  yangi  materiallardan 

xabardor bo‘lishni ta`lab etadi. 

Tasviriy  san`at  va  chizmachilik  fanlari  deyarli  Kollejdada  o‘qitiladigan 

barcha  fanlar  bilan  bog`langan  holda  olib  boriladi.  Bu  fanni  o‘zlashtirishga  agar 

o‘qutuvchi to‘g`ri metodikadan foydalansa samarali ta`sir ko‘rsatadi. 

 

Har  qanday  fan  ta`lim-tarbiya  birligini  ta`minlab  berilishini  talab  etadi. 



Dunyoda biron bir predmet yo‘qki bir-birisiz yolg`iz rivojlana olsa. Tasviriy san`at 

fikr doirasini, chamalashni, hajmni, rangni o‘rgatsa; Chizmachilik aniq o‘lchamlar 

asosida  o‘quvchi  fazoviy  tasavvurini  kengaytiradi,  o‘quvchilarda  ahloqiy,  estetik, 

mehnat, ekologik va jismoniy tarbiyani amalga oshirishga muhim rol o‘ynaydi. 

 

Kollejda  dasturidagi  tasviriy  san`at  faning  ta`limiy  xarakterdagi  vazifalari 



qatoriga quydagilarni kiritish mumkin. 

O‘quvchilarga realistik rasm chizish asoslari haqida bilim berish; 

O‘quvchilarga idrok etish (san`atni idrok etish); (borliqni idrok etish) 

Narsaning o‘ziga qarab rasmni chizish; 

4. Kompozitsion faoliyat;                                                          

А. Жалалов ва Қ. Ҳоназаров умумий таҳририда /.-Т.: «Шарқ», 1998-320 б.   

Haykaltaroshlik  asoslari  bilan  tanishtirish,  tasviriy  san`atning  barcha  o‘quv 

mashg`ulotlarini  bolalarda  ijodiy  qobiliyat,  estetik  did,  tasavvurlarini  o‘stirishga 

qaratish; 

O‘quvchilarni  tasviriy  va  dekorativ-amaliy  san`at  namunalari  bilan 

tanishtirib  borib,  ularda  bu  san`atning  o‘ziga  xos  xususiyatlari  to‘g`risidagi 

tushunchalarning o‘sishiga yordam berish; 

O‘quvchilarda asarlarni emotsional idrok etish xissini o‘stirish; 

San`atga, fanga qiziqish va muhabbat ruhida tarbiyalash; 

Turli-tuman  ijtimoiy-foydali  faoliyatlarda  estetik  talablarni  hisobga  olgan 

holda ijodiy yondoshish ko‘nikmasini hosil qilish; 

Boshqa o‘quv fanlari qatori texnik ijodiyotda ham rasmlardan foydalanishga 

o‘rgatib borish; 

Chizmachilik  fani  DTS1  talablari  bo‘yicha  maqsad-vazifalarga  erishishda 

ta`lim-tarbiya  nazariyalari  kontseptsiyasi  bo‘yicha  ko‘rilgan  masalalarga  ijodiy 

yondoshuvni o‘rganib o‘z ish faolitida qo‘llab borishdan iborat. 

Chunki,  chizmachilik  fanida  fazoviy  tasavvur,  proektsiyalash  metodlari, 

o‘lcham  qo‘yish,  tutashmalar,aksonometrik  proektsiyalar,  yaqqol  tasvirlar, 

eskizlar,topografik  va  pnematik  sxemalar,  reja,  fasad  kabi  qurilish  chizmalari 

haqida ham tushunchalarni chuqurlashtirishlari lozim. 

Chizmachilik  fani  nafaqat  dizayn  san`atini  balki  u  estetik  tarbiya 

masalalarini,  milliy  mafkura,  g`oyaviy  dunyoqarashni  ham  o‘zlashtirib  olishga 

yordam beradi. 

Fanning mazmuni kengayib bormoqda, tashqi informatsiyalar ko‘paymoqda, 

o‘quvchilarning  ham  dunyoqarashi  kengayib,  axborotlar  zapasi  oshmoqda. 

SHunday  bo‘lsada  tasviriy  san`at  va  chizmachilik  fanlari  bo‘yicha  ta`lim-tarbiya 

jarayonning  u  yoki  bu  tamonini  takomillashtirish  sohasida  ilg`or  o‘qituvchilar 

ishini  ma`lum  darajada  oshirish  talablari  rivojlvnib  zamonoviy  talablarga  to‘g`ri 

keladigan qilib shakllantirishdavr talabidir. 

Rasm  o‘z  nomi  bilan  qo‘lda  bajarilgan  turli  shakllarning  qog`ozdagi  tasviriga 

aytamiz.  Jismning  shaklini  va  o‘lchamlarini  ko‘rsatadigan  tekislikdagi  tasvir 

chizma deyiladi! Rasm ishlashda narsa qo‘yilishi, tasavvurdan chizilishi mumkin. 

Hozir yangi DTSda va dasturida 5ta bo‘limga bo‘lgan holda rasm darsi o‘rganilishi 

kerakligi aytiladi, ya`ni: 

Borliqni idrok etish (1-4 sinflar); 

Badiy ko‘rish-yasash (1-4 sinflarda); 

San`atshunoslik asoslari; 

Naturaga qarab tasvirlash; 

Kompozitsion faoliyat; 

Shuni ham aytish kerakki, rasmlarning bugungi kundagi olami yanada rang-

baranglashdi,  turli  realistik  san`at  oqimlariga  endi  ko‘pgina  yangi-yangi  avval 

bizga yot bo‘lgan yo‘nalishlar ham o‘z ta`sirini ko‘rsatmoqda. Rasmlarni rushunish 

endi,  fikrlash  bilan  ham  to‘la  almashinmoqda  deyish  mumkin.  Bolalar  chizgan 

rasmida  uning  olami  aks  etishi  hammamizga  ma`lum  narsa,  lekin  shu  rasmni 

o‘qituvchi  tushunib  etmasa-chi?  Uni  to‘g`ri  baholay  olmasa  nima  bo‘ladi.  O‘z-

o‘zidan  ko‘rinib  turibdiki  bolalarni  qalban  majruh  bo‘lib  qolishiga  olib  kelinadi. 

Aslida  tasviriy  san`at  «...  o‘tgan  davr  bilan  hozirga  davr  o‘rtasidagi  to‘siqni  olib 

tashlash  orqali  ta`sir  ko‘rsatsa,  ikkinchidan  kishilarni  tasviriy  san`at  orqali 

olayorgan  tajribalari  rassom  tamonidan  anglab  etilgan  va  baholab  bo‘lingan 

bo‘ladi, uchinchidan rassom tamonidan tamoshabinga berilayotgan shaxsiy tajriba 

muallif tamonidan tabaqalashtirilgan va umumlashtirilgan bo‘ladi.»1. Chunki bola 

olami ham fikridagini rasmda ifoda etishidir. 

Shunday ekan rasm ishlash qoidalarini bilish muhim ahamiyatga ega, avvalo 

chizilayorgan narsani yoki kompozitsiyani daftar varag`ida to‘g`ri joylashtira olish. 

Barcha  o‘quv  qurollarini  maqsadga  muvofiq  tarzda  ishga  tayyorlash.  bu  qalamni 

ushlashdan  tortib  planshetda  ishni  yakuniga  etkazgunga  qadar  bo‘lgan  vaqrlarni 

o‘z ichiga oladi. 

O‘quv  materiallaridan  tashqari  endi  rasm  chizish  qoidalari  alohida  o‘rin 

tutadi.  Rang,  soya,  yorug`,  perspektiva,  koloriti  va  hokazolarni  ham  bajarilish                                                         

qoidasiga amal qilinmasa natija kutilgandek bo‘lmaydi. 

Chizma  chizish  qoidasi  ham  rasm  qoidalari  kabi  bir-birini  doimo  to‘ldirib 

boradi.  Proektsiyalar,  eskizlar,  texnik  rasmlar  hammasi  chizma  rasm  qurollarida 

ishlanadi.  Chizma  asboblari  o‘z  ish  usullari  bilan  rasmnikidan  biroz  farqlanadi 

ya`ni, chizg`ich, qalam chiqarilishi, gotovalnik, reysshina va hokazolar. 

Barcha  rasm  va  chizma  qoidalariga  amal  qilinishi  keyingi  ishning  bir 

maromda borishini to‘la ta`minlaydi. 

Tasviriy  san`at  va  chizmachilik  ta`limining  inson  hayotidagi  ahamiyati 

nihoyatda  ulkandir.  Chunki  tasviriy  san`at  ham  chizmachilik  fani  ham  kishilar 

fazoviy tasavvurini kengaytirishda muhim rol o‘ynaydi. 

Chizmalarni  bajarish,  o‘qish  jarayonida  bolalarning  fazoviy  tasavvuri  va 

mantiqiy  tafakkurini,  texnikaviy  ijodkorlikni,  dizayn,  loyihalash,  bunyodkorlik 

sohasidagi bilimlarini rivojlantirib muhim bilimlar olishni shakllantiradi. 

Kollejda  chizmachilik  ta`limining  maqsadi  o‘quvchilarni  murakkab 

bo‘lmagan  texnik  chizmalarni  bajarishga,  o‘qishga  va  o‘z  fikrini  grafik  tasvirlar 

vositasida ifoda etishga o‘rgatishdan iborat. Agar o‘quvchi grafik savodxon bo‘lsa 

hayotda  barcha  chizmaga  oid  ishlarni  tezda  tushunish  va  bajarib  berish 

imkoniyarlariga  ega  bo‘ladi.  Chunki  biz  texnikaviy  axborotlar  jarayonida 

rivojlanishdamiz.  Har  yili  minglab  texnik  terminlar  hayotimizga  kirib  kelmoqda. 

Faqatgina 

keyingi 

mustaqilligimiz 

yillarida 

O‘zbekiston  Respublikasida 

qanchadan-qancha  zavod  va  fabrikalar  qurilib  yangi-yangi  mashinalar  ishlab 

chiqarilmoqda. Bularni anglash va tushunib olishda tasviriy san`at va chizmachilik 

ta`limining ahamiyati kattadir. 

Rasm  solish  ham  o‘qish,  matematika,  ona  tili  kabi  o‘qitiladigan  mamlakag 

tez orada rivojlanib, eng oldindr boradigan bo‘lar edi,- deb yozgan edi Deni Didro. 

Haqiqatdan ham tasviriy san`at va chizmachilik faninig inson hayotidagi ahamiyati 

juda  katta.  Chunki  bola  avvalo  dunyoni  rasmlardagi  kabi  idrok  qiladi,  ko‘rgan 

narsasini  qaytaradi  ya`ni,  psixologiyada  amaliy  tafakkur  tushunchasi  bo‘yicha 

ushlab  ko‘rib,  o‘zi  ijro  etib  o‘rganadi.  Hali  yaratayotgan  obrazlari  abstrakt-

mavhum  holatda  bo‘lsada  u  qilgan  ishdan  estetik  zavq  oladi.  borliqni  o‘zida  aks 

ettiradi. 

Tasviriy  san`at  va  chizmachilik  fani  ma`naviy-madaniyatning  ham  asosiy 

qismidir.  U  bolalarda,  inson  hayotida  badiy  madaniyarni  uyg`un  shakllanishiga 

xizmat  qiladi.  SHaxs  uchun  muhim  bulgan  sifatlarning  rivojlanishiga  samarali 

ta`sir  ko‘rsatadi.  Borliq,  go‘zallik,  dizayn  estetikasi  bu  fanlarning  asosini  tashkil 

qiladi. 

Tasviriy  san`at  darslarini  bunday  beshta  guruhga  bo‘linishi  uni  tushunishni 

biroz  engillashtiradi.  Kollejda  tasviriy  san`at  va  chizmachilik  darslarida 

o‘quvchilar chizgan rasmlarni to‘g`ri taxlil qila bilmaslik, bolalar ishiga noto‘g`ri 

yondoshish  bolalarning  keyinchalik  fandan  sovub  ketishiga  olib  keladi.  Natijada 

keyinchalik umuman bu fanlar hayot faoliyatidan butunlay uzulib qoladi va san`at 

orqali  ochilishi  lozim  bo‘lishi,  eng  asosiy  bilimlar  ochilmay  muzlaydi.  Shuning 

uchun ham rasmni estetik idrok qilish bilan birga uni mazmunan tushunib etishga 

hamharakat  qilinmog`i  kerak  bo‘ladi.  Rasmlarni  avvalo  qanday  shakllardan, 

qanaqa  rangda,  kompozitsion  echimi,  hajmi,  qadr-qimmati  o‘rganiladi.  Keyin  esa 

unga xulosa chiqarish uchun harakat qilinadi. O‘qituvchi bola ishini o‘rganar ekan 

eng  kam  bo‘lsada  uning  yutug`ini  topishga  harakat  qilmog`i  kerak  bo‘ladi. 

«Muhim vazifa- O‘zbekistondagi har bir insonni millati, tili, dinidan qat`iy nazar 

vatanparvarlik  ruhida,  qadimiy  moddiy,  ma`naviy  madaniyatning  maskanlaridan 

biri bo‘lmish bu maskanning haqiqiy jonkuyarlari etib tarbiyalashdir.» Haqiqatdan 

ham  buning  uchun  kishi  barcha  bo‘layotgan  voqealarni  to‘g`ri  anglab  etmog`i 

lozim. Ya`ni ma`naviy, ahloqiy jihatdan komil inson bo‘lib, hur fikrlay olsin. 

Tasviriy  san`atni  tushunish  uning  estetik  tarbiya  bilan  uzviy  big`liqligini 

san`atshunoslar  Rempil,  n.  Abdullaev,  T.  Mahmudov  va  boshqalar  bir  necha  bor 

asarlarida aytib o‘tganlar. Uslubiy jihatdan R. Xasanov, Q.Qosimov, S. Bulatov, A. 

Sulaymonov,  B.  Oripov,  H.  Egamov  va  boshqalar  ham  o‘z  kitoblarida  keltirib 

o‘tadilar. 

Har  buyumlarning  loyihasini  chizish,  tuzish  davrida  rasmlar,  eskizlar, 

sxemalar,  chizmalar  chiziladi.  Umuman  jamiyat  ishlab  chiqarish  kuchlarining 

taraqqiy  etishi  bilan  chizmalarning  rasmiylashishi  o‘zgarib  borgan.turli  xildagi 

buyumlarni  tasvirlash,  rasmini  chizish  kishilarning  uzviy  aloqa  vositasi  sifatida 

hatto  yozuv  paydo  bo‘lishidan  ham  oldinroq  vujudga  kelgan.  Shuningdek  vaqt 

o‘tishi  bilan  oddiy  rasmlar  o‘rnini  sxemalar,  plan  (rejalar)  kabi  chizmalar  paydo 

bo‘ldi  va  inson  hayotini  turli  jihatlardan  yaxshilash  uchun  xizmat  qila  boshladi. 

Demak, kishilik jamiyatiga san`at, go‘zallik, dizayn kirib keldi. 

Inson doimo o‘z hayotini biron-bir tarzda go‘zal qilishga intiladi – deyiladi 

manbalarda.  Haqiqardan  ham  inson  hamisha  go‘zallikka  intilib  yashagan  va  bu 

intilish  hayot  bor  ekan  davom  etaveradi.  Shuning  atrofida  tasviriy  san`at  umri 

boqiydir.  O‘zimizni  chiroyli,  go‘zal  qilish  emas  balki  barcha  narsalarimiz  ham 

go‘zal bo‘lishini hohlaymiz. Bu hohish bizga juda katta ma`suliyat yuklaydi. O‘z 

navbatida  ta`lim-tarbiya  shunday  ma`suliyatning  eng  nodir,  mustahkam 

himoyachisi  va  asosiy  o‘zagi  bo‘lib  xizmat  qiladi.  Borliqdagi  barcha  narsalar 

uzviylikda  rivojlanadi.  Bunda  tasviriy  san`at  va  chizmachilik  fanining  ahamiyati 

kattadir. 

Bir savol tug`iladi, nima tasviriy san`at va chizmachilik darslari o‘tilmagan 

oldingi  davrlarda  ham  odamlar  yashagan-ku?  Ha,  yashagan!  Lekin  yangi  davr, 

tsvilizatsiya kutib turishni hohlamaydi, doimo etuklik sari intilish bo‘laveradi. Bu 

hayotda hamma o‘ziga keraklisini qabul qiladi va o‘z ma`naviy dunyosi, olamidan 

tashqarida ortiqchasini o‘ziga sig`dira olmaydi. Shuning uchun ham odamlar orasi 

turlicha,  ma`naviyatda  ham,  jamiyat-hayot  yo‘lidagi  harakatida  ham.  Doimo, 

doimo olg`a intilish shudir rivojlanish, shudir hayot ma`nosi, shudir ma`naviyat va 

ma`rifat. 

Prezidentimiz,  akademik  I.A.Karimov  shunday  yozgan  edi:  «O‘zbekistonni 

yangilash va rivojlantirishning o‘z yo‘li to‘rtta asosiy negizga asoslanadi.  

Bu negizlar: 

umumiy insoniy qadriyatlarga sodiqliq; 

halqimizning ma`naviy merosini mustahkamlash va rivojlantirish; 

insonning o‘z imkoniyatlarini erkin namoyon qilishi; 

vatanparvarlik;» 

tasviriy  san`at  va  chizmachilik  fanini  o‘qitish  orqali  umuminsoniy  qadriyatlar 

ya`ni, ahloqiy, mehnat, ekologik, jismoniy tarbiya masalalarini ham qamrab estetik 

didni, tarbiyani amalga oshirishga xizmat qiladi. 

Kasb-hunar  kllejlarida  hozir  amalga  oshirilayotgan  islohatlar  badiy  va 

dizayn  ta`lim-tarbiya  jarayoning  oldingi  holatiga  nisbatan  rivojlanayotgan, 

yaxshilanayotgan  bo‘lsada  uni  yanada  rivojlantirish  zaruriyatini  ham  keltirib 

chiqarmoqda. 

Bu  masalada  tasviriy  san`at  va  chizmachilik  o‘qituvchisining  roli  katta.  U 

chuqur  bilimga  ega  bo‘lishi  uchun  tinmay  o‘z  ustida  muntazam  mashq  qilib 

borishi,  o‘zining  ilmiy-nazariy,  amaliy  bilim  saviyasini  takomillashtirib,  ilg`or 

tajribalarni o‘rganishi unga tayanishi lozimdir. 

Har bir tasviriy san`at va chizmachilik darsini kerakli ko‘rgazmali vositalar 

bilan boyitib, undan foydalanishi lozim. Chunki bu fanda ko‘rgazmalar yordamchi 

emas balki ular dars uchun asosiy materiallardan biri bo‘lib hisoblanadi. 

Borliqni  texnikani  o‘rganish  uchun  o‘quvchilani  komil  shaxs  qilib  tarbiyalash 

uchun  ularning  o‘quv  faoliyatini  faollashtirish  davr  talabidir,  bu  shundagina 

o‘quvchi hayotiga samarali ta`sir ko‘rsatadi.     





Yüklə 40,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə