Chizmachilik



Yüklə 1,05 Mb.
səhifə26/76
tarix22.03.2024
ölçüsü1,05 Mb.
#182142
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   76
cxhizmachilik asoslari

87-rasm.



88-rasm.



89-rasm.

Bunda MN to‘g‘ri chiziqning barcha nuqtalari W profil tekislikdan baravar uzoqlikda yotadi (89-a,rasm). MN to‘g‘ri chiziqning frontal M''N'' proyeksiyasi OZ o‘qiga, gorizontal M'N' proyeksiyasi esa OY o‘qiga parallel (89-b,rasm). Profil proyeksiyasi haqiqiy kattaligida proyeksiyalanadi.


Agar berilgan to‘g‘ri chiziq kesmasi proyeksiya tekisliklaridan biriga perpendikulyar bo‘lsa, proyeksiyalovchi to‘g‘ri chiziq deyiladi. Berilgan AV to‘g‘ri chiziq gorizontal tekislikka perpendikulyar bo‘lsa, gorizontal - proyeksiyalovchi to‘g‘ri chiziq deyiladi (90-a,rasm).

90-rasm.

Bunday to‘g‘ri chiziqning frontal AV proyeksiyasi OX o‘qiga perpendikulyar bo‘ladi, gorizontal AV proyeksiyasi esa nuqta bo‘lib proyeksiyalanadi (90-b,rasm).


Xuddi shu kabi frantal tekislikka perpendikulyar bo‘lsa, frontal proyeksiyalovchi (91-rasm), profilga perpendikulyar bo‘lsa, profil proyeksiyalovchi to‘g‘ri chiziqlar deyiladi (92-rasm).



91-rasm.



92-rasm.


3.4. Tekislikning ortogonal proyeksiyasi


Fazoda tekislikni cheksiz deb hisoblash mumkin, lekin uni epyurda tasvirlash uchun uning bir bo‘lagi (uchburchak, to‘rt­burchak, aylana va h.k) yetarli hisoblanadi. Demak tekisliklar epyurda quyidagicha berilishi mumkin:


1. Bir to‘g‘ri chiziqda yotmagan uchta nuqta (A, V, S) orqali (93-a,rasm).
2. Bir to‘g‘ri chiziq va unda yotmagan nuqta orqali (93-b, rasm)
3. Ikki parallel to‘g‘ri chiziqlar orqali (93-v,rasm).
4. Kesishgan ikki to‘g‘ri chiziqlar orqali (93-g,rasm).
Bundan tashqari tekislik izlari bilan berilishi mumkin (94-a,rasm).
Tekislikning izi deb, fazoda berilgan (P) tekislikning proyeksiyasi (H, V, W) tekisliklari bilan kesishgan chizig‘iga aytiladi (94-b,rasm).
Bunda: PHR tekislikning gorizontal izi; PVP tekislikning frontal izi; PW – P tekislikning profil izi.




Yüklə 1,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   76




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə