D. A. Nabiyeva, H. R. Zokirova O‘zbek tili fonetikasi



Yüklə 1,31 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/88
tarix01.06.2023
ölçüsü1,31 Mb.
#114925
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   88
2.10. ozbek tili fonetikasi

tovush kuchi
deyiladi. Boshqacha 
aytganda, to‘lqinning paydo bo‘lgan o‘rni bilan uning pastga tushgan o‘rni o‘rtasidagi 
kenglik tovush kuchini ko‘rsatuvchi faktordir. Akustikada tovush to‘lqinining 
balandlik va kenglik ko‘lami amplituda (grekcha acustikos, eshitilish demakdir) 
deyiladi. Odatda amplitudaning ko‘lami qancha katta, keng va baland bo‘lsa, tovush 
kuchi shunchalik ko‘p bo‘ladi. Tovush kuchi nutqda nutq protsessining holati va 
urg‘u bilan bog‘liq bo‘ladi. Odatda, so‘zda urg‘u tushgan tovushlar kuchli, 
urg‘usizlar esa kuchsiz tovushlar hisoblanadi. 
Shu bilan birga, har bir tovushning kuchini belgilashda uning nutq jarayonida 
aytilish holati ahamiyatlidir. Lekin teng kuchga ega bo‘lgan tovushlarda ham shovqin 
har xil bo‘lishi mumkin. Bu tovushning balandligiga bog‘liq. Tovushning balandligi 
qancha yuqori bo‘lsa, uning shovqini shunchalik baland bo‘ladi. Lekin tovushning 
asosiy xususiyatini (intensivligini) uning kuchi belgilaydi. Og‘iz bo‘shlig‘ining 
maksimal shovqin chiqarish imkoniyatiga ko‘ra 
i
tovushi eng kuchli tovush 
hisoblanadi. 
A
tovushi esa bu jihatdan eng kuchsiz tovushdir. Chunki og‘iz bo‘shlig‘i 
a
ni talaffuz qilganda 
i
ga nisbatan keng ochiladi, havoning chiqish kuchi kamayadi. 
Lekin og‘iz bo‘shlig‘ining 
a
tovushi nutq protsessida qo‘llash imkoniyati 
i
tovushining imkoniyatiga nisbatan ancha qulay. Shunga ko‘ra odatdagi nutq 
protsessida 
a
tovushi 
i
tovushiga nisbatan ko‘proq kuch bilan qo‘llanadi. Lekin nutq 
protsessida tovushlar maksimal shovqin asosida emas, balki tabiiy nutq zarurati 
darajasida ifodalanadi. Chunki maksimal shovqin holatida nutq tovushlari asosiy 
xususiyatini yo‘qotadi. Bu jihatdan qaraganda ham 
a
tovushining talaffuzi 

Yüklə 1,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   88




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə