D. I. Mendeleyev davriy qonuni



Yüklə 414,16 Kb.
səhifə21/23
tarix20.04.2022
ölçüsü414,16 Kb.
#85720
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
Документ Microsoft Word

Birikish reaksiyalarida. Ikki yoki undan ortiq moddadan bitta yangi modda olinadi: A+B+…=C;

2H2+O2=2H2O; CaO+CO2=CaCO3;

  1. Parchalanish reaksiyalarida bir moddadan bir necha yangi modda hosil bo’ladi: C=A+B+…;

2H2O=2H2+O2; CaCO3= CaO+CO2

  1. O’rin olish reaksiyalarida oddiy modda murakkab moddaning tarkibiy qismi o’rnini oladi, natijada yangi oddiy va murakkab moddalar hosil bo’ladi:

AB + C = AC + B;

Zn + 2HCl = ZnCl2 + H2; Fe + CuSO4 = FeSO4 + Cu

  1. Almashinish reaksiyalari. Murakkab moddalarning tarkibiy qismlari o’zaro o’rin almashinadi: AB + CD = AD + BC

NaOH + HCl = NaCl + H2O BaCl2 + Na2SO4 = BaSO4 + 2NaCl

Kimyoviy reaksiyalar davomida issiqlik (energiya) chiqishi yoki yutilishiga qarab ekzotermik va endotermik reaksiyalarni farqlash mumkin.

Kimyoviy reaksiyalarda ajralib chiqadigan energiya kimyoviy energiya deb ataladi.

Kimyoviy energiyani issiqlik, nur, mexanik, elektr energiyasiga aylantirish mumkin. Ko’pincha kimyoviy energiya issiqlik energiyasiga va aksincha issiqlik energiyasi kimyoviy reaksiyaga aylanadi.

Kimyoviy reaksiyada ajraladigan yoki yutiladigan energiya miqdori reaksiyaning issiqlik effekti (Q) deb ataladi.

Reaksiyaning issiqlik effekti hosil bo’layotgan va uzilayotgan bog’lar energiyasi farqi bilan aniqlanadi av kilojoullarda (kJ) ifodalanadi.

Issiqlik (energiya) chiqishi bilan boradigan reaksiyalar ekzotermik (ekzo – tashqi) reaksiyalar deb ataladi.

Bu reaksiyalarda issiqlik effekti «+» (plyus) ishora bilan ko’rsatiladi:

Fe + S = FeS + 96 kJ

S + O2 = SO2 + 297 kJ

Issiqlik (energiya) yutilishi bilan boradigan reaksiyalar endotermik

( endo – ichki) reaksiyalar deyiladi.

Bu reaksiyalarda issiqlik effekti « - » (minus) ishora bilan ko’rsatiladi

N2 + O2 = 2NO – 181 kJ;

3O2 = 2O3 – 289 kJ.


Yüklə 414,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə