Dars ishlanmasi darsni boshqarish modeli



Yüklə 3,63 Mb.
səhifə3/3
tarix23.05.2022
ölçüsü3,63 Mb.
#87745
1   2   3
1-sinf Sher va sichqon dars ishlanma

R




E

Ch

K

I




R

U

Ch

K

A

S

U

V




I

K

K

I







Ch

O

Y

N

A

K

Q

A

R

M

O

Q

O

N

A




N

O

N

-Demak, bugun “Sher va sichqon” ertagi bilan tanishamiz.
Oqko’ngil sher bir kuni sichqonga yaxshilik qilgan edi. Oradan bir necha kunlar o’tib, sher tasodifan tuzoqqa tushib qoldi. Sherning yaxshiligini sichqon sedan chiqarmagan edi. U o’tkir tishlari bilan tuzoqni qirqib, o’z najotkorini qutqardi.
-Qani ayting-chi, siz ingliz tili darsida qaysi hayvonlar bilan tanishgansiz? Unda sher va sichqon so’zlarini ingliz tiliga tarjima qilib bering-chi?
(Dars ingliz tiliga bog’lanadi)
Sher – lion Sichqon – mouse
“Sher va sichqon” ertagi ekran orqali namoyish qilinadi.
Savollar :

  1. Ertak nima haqida ekan?

  2. Ertakdan qanday ibrat oldingiz?

Lug’at ishi: (Ekranda ko’rsatiladi)
( Ona tili faniga bog’lanib, ona tilimizning boy va sermazmun ekanligi o’quvchilarga aytib o’tiladi)
Oq ko’ngil - mehribon
tasodifan – to’satdan
najotkor – ko’mak beruvchi
O’qituvchi ertakni ifodali o’qib beradi, o’quvchilar kuzatib boradi.
Darslikdagi maqol, hikmatli so’z, tez aytish bilan ishlash.
(Darsda xalq og’zaki ijodidan unumli foydalaniladi)
Hikmatli gap
Yaxshining yaxshiligi tegar tor yerda,
Yomonnning yomonligi tegar har yerda.
Maqol
Yaxshilik qilsang-yaxshilik ko’rasan.
Topishmoq
Toping-chi uning nomin,
Sichqonning berar dodin?
Tez aytish
Qobil qozonda qovurdoq qovurdi,
Qodir qag’allagan qarg’aga qaradi.
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash.
Davom ettir” o’yini. (Ona tili faniga bog’lanadi). O’quvchilarga ertakni so’z birikmasi tarzida o’qitiladi. Barcha o’quvchilar diqqat bilan kuzatib borishlari aytiladi.
Hamkorlikda qayta hikoyalash” mashqi.
O’quvchilar to’rt kishilik kichik guruhga bo’linadi. Har bir o’quvchi bitta gapdan ichida takrorlab turadi. Tayyor guruh o’zlari tayyorlagan gapni ketma-ketlikda aytib, ertakni to’liq qayta hikoyalab beradilar.
Oqko’ngil sher bir kuni sichqonga yaxshilik qilgan edi. Oradan bir necha kunlar o’tib, sher tasodifan tuzoqqa tushib qoldi. Sherning yaxshiligini sichqon esdan chiqarmagan edi. U o’tkir tishlari bilan tuzoqni qirqib, o’z najotkorini qutqardi.
Dam olish daqiqasi “Pantomima” o’yini.
Atrofimizdagi olam faniga bog’lanadi. Hayvonlarni parvarish qilish, ularni asrashni o’rgatish, kasbga yo’naltirish)
O’quvchilar juftlikda bir-birlariga qarab, biri hayvonlarning harakatini ko’rsatganda, ikkinchisi uning nomini topishi kerak.
V. Darsni yakunlash va baholash.
Test topshiriqlari:

  1. Sher nimani qutqardi?

a) sichqonni b) chumolini d) bo’rini e) olmaxonni
2. Sher nimaga ilindi?
a) qarmoqqa b) qopqonga d) tuzoqqa e) to’rga
3. Nima yordamga keldi?
a) bo’ri b) tulki d) sichqon e) olmaxon
4. Sichqon nima bilan to’rdan qutqardi?
a) o’tkir tishlari bilan b) pichoq bilan
d) qo’li bilan e) qaychi bilan





O’qituvchi:
-Aziz bolajonlar, mana bugun biz siz bilan “Sher va sichqon” ertagini o’rganib oldik. Demak, har birimiz hayvonlarni asrab-avaylashimiz,ularga g’amxo’rlik qilishimiz kerakligini tushundik. Ertakdan xulosa chiqarib, o’rtoqlarimizga qiynalib qolgan paytda yordamimizni ayamaslikni, yaxshilik hech qachon yerda qolmasligini, yaxshilikka yaxshilik qaytishini guvohi bo’ldik. Shunday ekan, biz har doim tabiatga nisbatan mehrli,
bir-birimizga oqibatli bo’lishimiz kerak.
Darsda faol ishtirok etgan o’quvchilar rag’batlantiriladi va baholanad. ”Oqish fanining eng faol o’quvchisi” nominatsiyasi
bo’yicha e’tirof etiladi.
VI. Uyga vazifa.

“Sher va sichqon” ertagini o’qib so’zlash, hikmatli gap, maqolni yod olish, ertak asosida rasm chizish.




Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:

  1. Internet saytlari:www.uzedu.uz,www,rtm.uz. : www. ziyonet.uz, www. arxiv.uz, www. google.com

  2. Darslik va 1-sinflar uchun metodik qo’llanma

  3. O’zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi

  4. I.Karimov “Yuksak ma’navyat yengilmas kuch”.

  5. www.ziyonet.uz

Yüklə 3,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə
Psixologiya